32
Biznes jarayoni modelni yaratishda shu jarayonlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni
o‘rnatish ham kerak. Biznes jarayonlarni shakllantirish ma'lum bir ketma-ketlikda amalga
oshiriladi. Ular quyidagilar:
1.
Tayyorgarlik:
loyihani amalga oshirish vaqtini, shuningdek, ishtirokchilar tarkibini
aniqlash.
2.
Rivojlanish:
boshlangan voqealarni tahlil qilish, taxminiy natijalarni va mumkin bo‘lgan
xavflarni baholash.
3.
Tekshirish:
olingan natijalarni kutilgan natijalar bilan solishtirish. Kompaniyaning
biznes jarayonlarini qurish zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta'minotdan
foydalangan holda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda pedagogika, biznesda ham, matematik,
fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni o‘rganish tatqiq etishda ham modellasahtirishning
o‘rni juda yuqori bo‘lib, turli tuman modellarni kompyuterli loyihalashtirish va uni ijtimoiy,
iqtisodiy sohalarga tadbiq etish tadqiqotchilarni tinimsiz mehnat qilishini talab etadi.