|
Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti
|
bet | 11/16 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 141,69 Kb. | | #241912 |
Bog'liq Latofat777int[,] table = new int[10, 20];
Ushbu massivning e’loniga e’tibor bering. Uning ikkala o‘lchami ham vergul bilan ajratilgan. Ushbu e’lonning birinchi qismi sintaksisi: [ , ]
ikki o‘lchovli massivga o‘zgaruvchi murojaat qilishni anglatadi. Agar new operator yordamida massiv uchun xotira ajratilgan bo‘lsa, unda quyidagi sintaksis qo‘llaniladi.
int[10, 20]
Ushbu e’lon 10x20 o‘lchovli massivni yaratadi, ammo bu holda uning o‘lchamlari vergul bilan ajratiladi.
Ikki o‘lchovli massiv elementiga kirish uchun ikkala indeksni ham vergul bilan ajratib qo‘yish zarur. Masalan, quyidagi satrda indekslari (3,5) bo‘lgan jadval massivining elementi 10 ga qiymatlanadi.
table[3, 5] = 10;
Quyida 3 ta satr va 4 ta ustundan iborat bo‘lgan ikki o‘lchovli massiv birinchi bo‘lib 1 dan 12 gacha bo‘lgan raqamlar bilan to‘ldiriladi va keyin uning elementlari ekranga chiqariladi.
using System; class TwoD
{
static void Main()
{
int i, j;
int[,] table = new int[3, 4];
for (i = 0; i < 3; ++i)
{
for (j = 0; j < 4; ++j)
{
table[i,j] = (i * 4) + j + 1; Console.Write(table[i, j] + " ");
}
Console.WriteLine();
}
Console.ReadKey();
}
}
Ushbu misolda, massiv elementi table[0, 0] = 1 qiymatga ega bo‘ladi, massiv elementi table [0,1] = 2 qiymatga ega, massiv elementi table[0, 2] = 3 va hokazo qiymatga ega bo‘ladi. Massiv elementi table[2,3] = 12 ga qiymatga teng bo‘ladi. 4.1.1-rasmda ushbu massiv elementlarining sxematik joylashuvi va ularning qiymatlari ko‘rsatilgan.
4.1.1-rasm. Massiv elementlarining sxematik joylashuvi
Odatda ikki o‘lchovli massivlar matematikadagi matritsa elementlari shaklida bo‘lganligi uchun ularni matritsalar deb ham atashadi.
2×3×4 oʻlchamli butun sonli uch oʻlchovli massivni ishga tushirishga misol:
|
| |