• Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinspi.
  •  Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinspi.  2




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet100/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

    1. Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinspi. 
    2. Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyasining tuzilishi. 
    3. Elektrolit tayyorlash va akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash. 
    4. Akkumulyatorlar batareyasiga texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ularda 
    uchraydigan nuqsonlar. 
    5. Ishqorli akkumulyatorlar batareyasi. 
    Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinspi. 
    Oddiy qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyatorning sxemasi 2-rasm, a da 
    ko‘rsatilgan. Akkumulyator elektr o‘tkazmaydigan materialdan yasalgan bak 3 
    ga joylashtirilgan ikkita qo‘rg‘oshin plastina 2 dan tuzilgan. Bakka elektrolit 
    quyilgan bo‘lib, u sulfat kislotaning distillangan suvdagi eritmasidan iborat. 
    Plastinalar elektrolitda oksidlana boshlaydi va uning yuzasida qo‘rg‘oshin oksidi 
    PbO hosil bo‘ladi. Agar bunday akkumulyator o‘zgarmas tok generatori 5 ga 
    ulansa, unda sulfat kislota H
    2
    SO
    4
    tok ta’sirida vodorod H
    2
    ga va kislota qoldig‘i 


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    SO
    4
    ga ajraladi. Vodorodning musbat ionlari (kationlar) katodga, ya’ni 
    generatorning manfiy cho‘tkasiga ulangan plastinaga tomon harakatlana 
    boshlaydi. Bunda vodorod qo‘rg‘oshin oksidning kislorodi bilan birikib, sof 
    qo‘rg‘oshin va suv hosil bo‘ladi: PbO+H
    2
    =Pb+H
    2
    O. Plastina yuzasi yumshoq 
    qilinadi yoki unda kovakli qo‘rg‘oshin hosil qilinadi. 
    Kislota qoldig‘i SO
    4
    anod, ya’ni generatorning musbat cho‘tkasiga ulangan 
    plastinaga tomon siljiydi. Kislota qoldig‘i yo‘l-yo‘lakay kislorod O ga va kislota 
    qoldig‘i SO
    3
    ga ajraladi. Suv kislota qoldig‘i bilan birikib, sulfat kislota hosil 
    qiladi: H
    2
    O+SO
    3
    =H
    2
    SO
    4
    , kislorodning manfiy ionlari (anionlar) esa musbat 
    plastinadagi qo‘rg‘oshin oksidi bilan birikib, qo‘rg‘oshin (IV)-oksid PbO ni hosil 
    qiladi. Akkumulyator plastinalarida elektr potentsiallar hosil bo‘ladi. Bir vaqtda 
    elektrolit kontsentratsiyasi ko‘payadi, chunki unda sulfat kislotaning yangi 
    molekulalari paydo bo‘ladi. Bunday jarayon akkumulyatorni zaryadlash deb 
    ataladi. Zaryadlangandan so‘ng musbat plastina to‘q jigar rang, manfiy plastina 
    esa to‘q kul rangga aylanadi. 
    Sig‘im deb akkumulyatorning yo‘l qo‘yiladigan kuchlanishni hisobga olgan holda 
    zaryadsizlanish vaqtida bera oladigan elektr miqdoriga aytiladi. Sig‘im amper-
    soatda (A soat) o‘lchanadi. Agar ish plastinasining yuzasi kattalashtirilsa yoki 
    zaryadsizlash toki kamaytirilsa (bunda elektrolit temperaturasi 15-30S bo‘lishi 
    kerak), akkumulyator sig‘imi ortadi. 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyatorning ishlash prinspi.  2

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish