Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/147
Sana24.01.2024
Hajmi4,02 Mb.
#144566
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147
Bog'liq
Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

3 – bosqich 
Yakuniy (10 
daqiqa)
Mashg’ulot yakuni: 
3.1. O’tilgan mavzu yuzasidan yakuniy xulosa 
chiqaliladi. 
 Uy vazifani berilishi: 
3.2. Mavzu yuzasidan mustaqil o’rganish 
uchun savollar beriladi 
Tinglaydilar, 
o’z fikrlarini 
bayon etadilar 
Tinglaydilar va 
yozib oladilar
 
 
 
 
 


160 
19 - Mavzu: Tijorat banklari va ularning funksiyalari
Reja: 
4. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilinishi. 
5. Tijorat banklari faoliyatining asosiy tamoyillari. 
6. Tijorat banklari faoliyatining asosiy funksiyalari. 
Tayanch so’z iboralar: Bank, operatsiya, yuridik va jismoniy 
shaxslar, norezident, sho’ba banki . 
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi 
qonunining birinchi moddasida ta’kidlanganidek “Bank - bu tijorat muassasasi 
bo’lib jismoniy va huquqiy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish 
va ularni o’z nomidan to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berish sharti asosida 
joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi”. 
Bank yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh pul mablag’larini depozit 
va omonatlarga ma’lum foiz to’lovlarini to’lash sharti bilan qabul qilib, ushbu 
mablag’larni Jamiyat ning faol qatlamlariga ma’lum foiz to’lovlarini olish 
maqsadida yo’naltiradigan va bu ikki turdagi foiz to’lovlari o’rtasidagi farq 
hisobiga asosiy daromadi shakllanadigan muassasadir. 
O’zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya 
imperiyasi davlat bankning filiali bo’lgan. 19-asrning oxirida Turkistonda rus 
kapitali ishtirokidagi O’rta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volgakama banki 
(1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), 
Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901)ning filial, bo’lim 
va agentliklari faoliyat olib bordi.
Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina emas, 
balki omonatchilar va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib 
topshirgan mablag’lar bilan, y’ani keng jamoatchilik bilan ish ko’radi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari tizimlaridan 
biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul 
taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan 
majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. 
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo’g’ini bo’lib kredit resurslarining asosiy 
qismi shu banklarda yig’iladi va bu banklar xuquqiy va jismoniy shaxslarga 
xizmatlarni ko’rsatadi.O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining 
Markaziy bankdan keyingi pog’onasi hisoblanadi. 
Respublika hududida tijorat banklari o’z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan 
berilgan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga 
litsenziya 
berish 
O’zbekiston 
Respublikasining 
“O’zbekiston 
Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati 


161 
to’g’risida”gi, “Aksionerlik jamiyat lari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish 
to’g’risida”gi va boshqa qonunlari hamda banklar bo’yicha tegishli me’yoriy 
hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunga asosan 
bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa 
birlashmalari, jamoa fondi mablag’lari, shuningdek kreditga va garovga olingan 
mablag’lardan foydalanish man etiladi. 
“Banklarni ro’yxaga olish va ularga lisenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga 
asosan har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ulushi 2002 yilning 1 yanvaridan 
boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 7 foizidan oshmasligi kerak. 
Shuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat 
etilmaydi. (shu’ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Har bir bank o’z ustavi 
asosida faoliyat ko’rsatadi. 
Banklar ustav kapitalini shakllantirish nuqtai nazariga ko’ra quyidagicha 
tasnihlanadi: 
―Bank - yuridik shaxs bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul 
qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan o’z xatari va tavakkalchiligi asosida 
kreditlash yoki investitsiyalashda foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish uchun 
Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat tashkilotidir. 

Download 4,02 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147




Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish