Norezident bank - xorijiy davlatlar hududida ro’yxatga olingan bank.
Chet el kapitali ishtirokidagi bank - chet ellik investorlarning ishtiroki ustav
kapitali umumiy summasining kamida 30 foizini tashkil etadigan bank. Bunda,
chet ellik investorlaridan biri yuridik shaxs bo’lishi lozim. Bunday bankning ustav
kapitalini shakllantirishda rezidentlar va norezidentlar, jismoniy va yuridik
shaxslar, shuningdek norezident banklar ishtirok etishi mumkin.
Xususiy bank - ustav kapitalida muassis-jismoniy shaxslarning ulushi kamida 50
foizni tashkil etadigan bank, ustav kapitalining qolgan qismi nodavlat yuridik
shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin.
Sho’ba banki - ustav kapitali to’laligicha norezident bank tomonidan to’lanadigan
bank.
Bank aksiyadori- bank aksiyalariga ega bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Tijorat banklarini mulkining asosiga ko’ra guruhlanishi:
(2022yil aprel oyi holatiga ko’ra)
162
TIJORAT BANKLARINING MULK SHAKLIGA KO’RA TURLARI
Davlat banklari
Aktsioner tijorat
banklari
Xususiy
banklar
Chet el kapitali
ishtirokidagi
banklar
1.
Agrobank
2.
Aloqabank
3.Asaka bank
4.
Aziya Alyans bank
5.
Ipotekabank
6.
Xalq banki
7.
Turonbank
8.
Uzagroeksportbank
9.O’z.sanoatqurilishbank
10.O’R TIA Milliybanki
11.
Qishloqqurilishbank
12.
Poytaxt bank
9.
Uzagroeksportbank
9.O’z.sanoatqurilishbank
10.O’R TIA Milliybanki
13.
Qishloqqurilishbank
14.
Poytaxt bank
15.Mikrokreditbank
1.Kapitalbank
2.Madadinvestbank
3.Ravnaqbank
4.TBCbank
5.Anorbank
6.Universalbank
1.Trastbank
2.Turkistonbank
3.Davrbank
4.He Tech bank
5.Oriyent
finansbank
1.Ziraatbank 2.Soderat Eronbank
3.Investfinansbank4.Savdogarban
k 5.Hamkorbank 6.KDB bank
7.Tengebank
163
Tijorat banklari hozirgi paytda korxonalar va aholi o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarni amalga oshirishda muhim vositachi bo’lib hisoblanadi.Tijorat
banklarining faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Kredit resurslarini tashkil etishda chetdan jalb qilingan resurslarga
taYanishi.
2. Mavjud mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatish. Bu bankning nafaqat
o’z resurs va kredit quyilmalarining mutonosibligi, balki bankning aktivlari
bilan uning jalb qilingan mablag’lari o’rtasidagi mutonosibligini ta’minlashini
bildiradi.
3. Bank faoliyatining to’la iqtisodiy mustaqilligi. Bunda bank o’z va jalb
etilgan mablag’lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatlarni o’zi
mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga
oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o’rnatishi va o’zgartirishi, daromadlarni
mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini bajarishi
mumkinligi ko’zda tutiladi.
4. Banklar faoliyatini tijoratlashuvi. Bu tamoyil banklarni kamroq xarajat
qilib ko’proq foyda bilan faoliyat ko’rsatishga asoslanadi. Bank faoliyatining
xavfsizligi (kam xatarliligi) ham bank tijoratining asoslaridan biri hisoblanadi.
5. Mijozlar manfaatini himoyalash. Bank o’zining kapitali, daromadi bilan
risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi
mumkin emas. Bu tamoyil “hamma narsa mijoz uchun” ma’nosini anglatib u
bank mijoz uchun to’laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uni
daromadini ta’minlaydi.
6. Banklar faoliyatining universallashuvi va diversifikasiyasi (lotincha
deilersiteatro - o’zgarish, xilma - xillik) banklar faoliyatini turli tarmoq va
sohalarni qamrab olishini bildiradi.
7. O’zaro manfaatdorlik. Bankning va mijozning bir - biriga bo’lgan
ishonchi o’zaro hamkorlikni mustaxkamlaydi. Mijoz bankga nafaqat pul yoki
kredit uchun emas, balki moliyaviy malakaviy yordam, malakali xizmat,
maslahat olish uchun boradi. Mijoz bankdan o’z mablag’ini nimaga va
qanday sarflash, o’z foydasini qanday oshirish yoki yo’qotishlarga qanday
barham berishlikni o’rganadi. Tijorat banklari faoliyati quyidagi funksiyalarga
asoslanadi:
1. Huquqiy va jismoniy shaxslarning bo’sh pul mablag’larini yig’ish.
2. Xalq xo’jaligida hisob - kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish
3.Xo’jalik subyektlarini kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik oborotiga
kredit - moliya xizmati ko’rsatish
4.Moliyaviy va moddiy qiymatlar saqlanishini ta’minlash
5.Mijozlar mulkini ishonchli boshqarish (faktoring,trast va boshqa
operasiyalar)
6.Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish, ya’ni qimmatli
qog’ozlar chiqarish, ularni joylashtirish, sotib olish va boshqalar
164
Banklarning o’ziga xos xususiyatlari ularning faoliyatigi bevosita bog’liqdir.
Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va
uni quyidagilarga bo’lish mumkin:
1. To’lov vositasini amalga oshirish. 2.Xizmatlar ko’rsatish.
Bozor xo’jaligida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish uchun
umumiy to’lov vositasi sifatida pul zarur bo’ladi. Chunki usiz tovar ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida bo’ladigan almashinuv amalga oshirilmasligi
mumkin. Shuning uchun ham Markaziy bank muomala va moddiy boyliklarni
sotib olish va ularni iste’mol va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
jarayonining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul
massasini chiqarishi zarur.
Bank mahsulotining tarkibiy qismi hisoblangan har xil xizmatlar ko’rsatishni
qiyidagicha turkumlash mumkin :
Ko’rsatiladigan xizmatlarning tiplari
1. Bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlariga qarab:
a. O’z faoliyatiga mos xizmatlar.
b. O’z faoliyatiga mos bo’lmagan xizmatlar
2. Xizmatlarni oluvchi subyektlarga qarab:
a. Huquqiy shaxslar
b. Jismoniy shaxslar
3. Bank resurslarini shakllanishi va joylashish usuliga qarab:
a. Aktiv operatsiyalar
b. Passiv operatsiyalar
4. Ko’rsatilgan xizmat uchun to’lanishiga qarab:
a. Pulli xizmat.
b. Bepul xizmat
5. Moddiy ne’matlarning xarakatiga bog’liqligiga qarab:
a. Moddiy ne’matlarning xarakatiga bog’liq bo’lgan xizmatlar.
b. sof xizmatlar.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, bank ko’rsatgan xizmatlarni eng avvalo
o’z faoliyatiga mos xizmatlar va o’z faoliyatiga mos bo’lmagan xizmatlarga
bo’linadi.
O’z faoliyatiga mos xizmatlar bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqib ko’rsatiladigan xizmatlar tushuniladi va ularga bank bajaradigan
quyidagi 3 ta operatsiyani kiritish mumkin:
1. Depozitlar bo’yicha operatsiyalar.
2. Kredit operatsiyalari.
3. Hisob-kitob operatsiyalari.
1.Depozit operatsiyalari bank mijozlarining omonatlarini joylashtirish bilan
bog’liq. Tarixdan ma’lumki kishilar o’z mablaglarini har xil talon-tarojlardan
asrash maqsadida banklarga qo’yishgan. Keyinchalik esa pul mablag’larining
qadrsizlanishining oldini olish uchun banklarga qo’yishgan bo’lsa, hozirgi
165
paytda esa daromad olish uchun bankka qo’yishadi. Ular buning uchun ssuda
foizlarini oladilar.
2.Kredit muomalalari bankning asosiy muomalasi hisoblanadi. Shuning uchun
ham bankni kredit muassasasi deb ataladi. Bank o’z daromadlarining asosiy
qismini kredit berish evaziga oladi. Ammo xozir iqtisodiyot barqaror
bo’lmaganligi uchun banklar ko’proq daromad keltiradigan va unchalik xavfli
bo’lmagan muomalalar bilan shugullanishni afzal ko’rishadi. (Masalan, valyuta
operatsiyalari)
3.Hisob-kitob muomalalari naqd pul bilan va naqd pulsiz shakllarda amalga
oshiriladi. Mijozlarning topshirig’iga muvofiq bank ularga har xil schotlar
ochishi mumkin va ular orqali oldi-sotdi va to’lov muomalalarini amalga
oshiradi. Hisob- kitoblarda bank vositachi vazifasini bajaradi.
Yuqorida ko’rsatilgan uchta xizmat turini ba’zan traditsion bank operatsiyasi
deb ham atashadi va uchalasini bir vaqtda bajarmagan bankni, bank deb atash
mumkin emas. Chunki uchta xizmat turining birini boshqa kredit muassasalari
ham bajarishi mumkin. Masalan, pochta (pulni o’tkazish mumkin), har qanday
tashkilot bo’sh pul mablag’lari evaziga kredit berishi mumkin, har xil fondlar
omonatlarini olish evaziga foiz to’lash mumkin.
Banklar ko’rsatadigan depozit, kredit va hisob-kitob muomalalaridan tashqari
banklar kassa muomalalarini ham amalga oshiradi. Ammo hozirgi qonunchilik
hujjatlarida bu maxsus ko’rsatib o’tilmaydi.
O’z faoliyatiga mos bo’lmagan yoki noananaviy xizmat turlariga qo’shimcha
operatsiyalarni, ya’ni quyidagi muomalalarni kiritish mumkin: valyuta,
qimmatli qog’ozlar, oltin, qimmatbaho metallar va qo’yilmalar bo’yicha
oshiriladigan
muomalalar.Bank
xizmatlaridan
huquqiy
va
jismoniy
shaxslarning barchasi birday foydalanish huquqiga ega.
Banklar ko’rsatayotgan xizmatlarning to’lanishiga qarab pulli va bepul xizmat
turlariga bo’linadi. Ammo bu bankdagi xizmat turlarining ba’zilari bepul yoki
pulli degan ma’noni bildirmaydi. Bank o’zi ba’zi tomonlarni hisobga olib
hisob-kitob, depozit va kredit operatsiyalarining tarkibidagi ba’zi xizmat
turlariga xaq to’lashni belgilamasligi mumkin.
|