Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Blokcheyn tizimi va blokcheyn 
texnologiyalari
buni amalga oshirish uchun moʻljallangan (Sifrovizatsiya: chto eto, 
seli, vidi, otrasli, etapi razvitiya (rosinfostat.ru)).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston ma’muriy 
islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2022-yil 24-dekabrdagi 
PF-269-son Farmoni bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilgan. 
Vazirlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari quyidagilardan 
iborat: 

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, “elektron 
hukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, 
axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda 
milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan 
kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 

telekommunikatsiya 
infratuzilmasini 
yanada 
rivojlantirish 
va 
modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmogʻiga keng polosali ulanishni 
kengaytirish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirishning raqamli tizimlariga 
toʻliq oʻtishni ta’minlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, 
shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yoʻli bilan boshqarish, 
litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish; 

“elektron hukumat”ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va 
uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va 
interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo 
muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish boʻyicha davlat 
dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, davlat axborot resurslari 
hamda ma’lumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona 
tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish; 

Internet tarmogʻining milliy segmenti yanada shakllantirilishini 
ta’minlash, mamlakatimizning turli yoʻnalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, 
shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual 
talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun 
zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

raqobatdosh 
dasturiy 
mahsulotlarning 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga koʻrsatiladigan xizmatlarni 
rivojlantirishga koʻmaklashish va uning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, 


27 
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarda zamonaviy dasturiy 
mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish; 

axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy 
mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy 
texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini 
himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish; 

zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va 
ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni 
tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini 
ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil 
etish; 
aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro 
hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotalik 
spektrdan samarali foydalanish uchun hamda vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi 
boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy investitsiyalarni jalb etish. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish