|
Qibray tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 137/163 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 5,16 Mb. | | #273594 |
Bog'liq SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KORSATISHMMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor
matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta’minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi. Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi. Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”. Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko`p tarqalayotganligiga ajablanmasa ham bo`ladi.
Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, Videova boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni, xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va
kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto‘Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini paydo‘bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi. Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga Videoma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali bog`langan bo`ladi. Shunday qilib, oddiy so`z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo`lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo`lishi kompyuterlar ta’mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish imkoniyatini beradi.
Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi. Hozirda shinalarning
PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash mumkin. Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1- COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyymli SVGA (SUPER VideoGrafic Adapter-katta Videografik adapter) monitorlarda nurlarning ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800×600, 15 dyymli monitorda 1024×768, 17 dyymli monitorda 1280×1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600×1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo`llari ham mavjud.
Mavzu_№-_31_: Kompyuter dasturini yangilash
Reja:
Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o‘chirish usullari
Kompyuter bilan ishlash davomida, kompyuter yordamida uzoq vaqt bajariladigan ishlarga duch kelib qolamiz. Bu vazifalarni bajarishni kechqurunga qo‘yib, keyin uxlashga yotamiz. Misol uchun, katta hajmdagi fayllarni internetdan ko‘chirish, disklarni defragmentatsiya qilish, katta hajmdagi fayllarni arxivlash,…
.Bu vazifalar kechaning biror qismida yakunlanadi, lekin kompyuter ishlashda davom etadi. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng, kompyuterni o‘chirasiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, kompyuter kechaning bir qismida hech qanday vazifa bajarmaydi va bekor yoqilib turadi. Bu esa elektr energiyani zoya ketishiga olib keladi.
Yuqoridagiga o‘xshagan muammolarni yechish uchun, operatsion tizimlarda, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasi ishlab chiqilgan. Bu maqolamda Windows 7 operatsion tizimida tekshirib ko‘rilgan, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasini ishlatishni ko‘rsataman. Qanday qilib kompyuterni avtomat o‘chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman. Birinchisi «komandnaya stroka» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli Windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi, grafik usuli esa Windows’ning boshqa versiyalarida boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Windows operatsion tizimida kompyuterni o‘chirishga, «shutdown» komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham berish mumkin. Demak boshladik.
usul: PUSK -> Programmi -> Standartnie -> Komandnaya stroka, yoki PUSK -> Vipolnit -> cmd
Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha kalit harflarini ko‘rib olishimiz mumkin.
C:\> shutdown /?
Biz uchun eng muhim 3 ta kalit harf mavjud, bular:
S — kompyuterni o‘chirish(aktiv dasturlar bo‘lsa ham). T — nechi soniyadan so‘ng o‘chirish kerakligini berish A— o‘chirishni bekor qilish
davom etamiz, kompyuterni avtomat o‘chirish uchun, quyidagi komandani qora ekran(cmd)ga yozamiz.
C:\> shutdown -s -t 3600
Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‘ng kompyuterini o‘chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‘zgartirishimiz mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‘ng hisoblagich ishga tushadi va
1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi komanda beriladi.
C:\> shutdown -a
usul: Bu usul yuqoridagi komandalarni grafik orqali bajaradi. Eng avvalo‘biror
«vazifa» yaratiladi va bu «vazifa»ni ishga tushirish vaqti o‘rnatiladi.
PUSK -> Panel upravleniya -> Administrirovaniye -> Planirovщik zadaniye Shundan so‘ng «vazifa» hosil qilinadi(Menyu orqali).
Deystviye -> Sozdat prostuyu zadachu
Ism beriladi, bizning holda «OFF». Daleye
Quyidagi oyna orqali bu yaratilgan vazifa nechi marotaba ishga tushish kerakligi belgilanadi(bir marotaba, har kuni, har hafta,..), biz bir marotaba(odnokratno) bandini tanlaymiz. Daleye
Kerakli kun va vaqt o‘rnatiladi. Daleye
Dasturni ishga tushirish funksiyasi belgilanadi(Zapustit programmu, chunki shutdown ishga tushuvchi fayldir).
Shundan so‘ng C:\Windows\System32\shutdown.exe adresi orqali ishgu tushuvchi fayl(shutdown) tanlanadi va argumentga «-s» «-t» yoziladi. Daleye va Gotovo.
Vazifa hosil qilindi va ishga tushish vaqtlari o‘rnatildi. Ana endi vaqtni o‘rnatib, bemalol uhlashingiz ham mumkin bo‘ladi.
Mavzu_№-_32_: Printerning vazifasi, printerlarning asosiy tiplari, printerlarning boshqa tiplari, printerlarning ishlash prinsiplari.
Reja:
Printer vazifasi
Asosiy tiplari
Ishlash prinsipi
|
| |