|
Qiz bolalar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish maketlarini tayyorlash,texnologik xarita yaratish
|
bet | 2/8 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 124,5 Kb. | | #145039 |
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi. Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi. Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda modeler-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi. Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq. Modellash bu turli shakl va bichimdagi kiyim modelining konstruktsiyasini ishlab chiqaradigan murakkab ijodiy jarayondir. Turli shakl va bichimdagi modalar konstruktsiyasini tuzilmoqchi bo’lgan asosiy konstruktsiya bazasidan olish mumkin. Bu jarayon amaliy modellash yoki odatda, aytilishiga binoan texnik modellash deb ataladi. Texnik modellash tipovoy konstruktsiya asosini yangi model konstruktsiyasiga aylantirishdan iborat. Modelning fasoni modellar jurnalidan olinadi yoki ijrochining rasm chizib ko’rsatgan taklifiga ko’ra tanlanadi. Model chiziqlarining hammasini konstruktsiya asosining chizmasida xuddi model rasmidagidek joylashtirish kerak. Bunda ayolning gavda tuzilishining xususiyati, uning prportsiyasi albatta hisobga olinishi kerak. Bu konstruktsiya asosining chizmasiga tushirilgan fason chiziqlari gavdaning haqiqiy proportsiyasini buzib qo’ymasligi uchun kerak
Kurs ishining maqsadi: Qizlar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish , maketlarini tayyorlash ,texnologik xarita yaratish’’ mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o’qitishning ilmiy-uslibiy asoslarini ishlab chiqish va amalyotda sinab ko’rish
Kurs ishining vazifalari:
Qizlar yubkasini modellashtirish va konstruksiyalash;
Texnologiya fanida o’quchchilarga ‘’Qizlar yubkasi asos chizmasini modellashtirish va konstruksiyalash ,maketini tayyorlash ‘’mazvusini o’qitish metodikasini ishlash
Qizlar yubkasi asos chizmasini chizish maketini yasash va tikish texnikasini tadbiq qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qiz bolalar yubkasi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish maketlarini tayyorlash,texnologik xarita yaratish
|