Qoidalar Jarimalar Yuklab olish Foydali Avtoraqamlar




Download 369,18 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2023
Hajmi369,18 Kb.
#116972
Bog'liq
Oʻzbekiston yoʻl harakati qoidalari (YHQ). 29 boʻlim. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini ta



Qoidalar Jarimalar Yuklab olish Foydali Avtoraqamlar
UzPDD.uz
РУС
ЎЗБЕК
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati qoidalari
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA
29. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash, transport vositalarini yo‘lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini
o‘rnatish bo‘yicha majburiyatlari
174. Yo‘l harakatida ishtirok etadigan transport vositalarining texnik holati va jihozlari “Yo‘l
harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Transport vositalarini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi
kerak.
175. Mexanik transport vositalarining (tramvaylardan, trolleybuslardan tashqari) va
tirkamalarning ko‘zda tutilgan joylarida tegishli namunadagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam
belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va
avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi
va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr,
chizig‘ining yo‘g‘onligi 30 millimetrdan kam bo‘lmasligi, harflar balandligi esa raqam
o‘lchamlarining 2/3 qismiga teng bo‘lishi kerak.
Tramvaylarga va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan ro‘yxatga olingan raqamlar
yoziladi.


176. Transport vositalariga taniqlik belgilari o‘rnatilishi kerak:
“Avtopoyezd” — yuk avtomobillari va g‘ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama
bo‘lganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi
o‘rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko‘ndalang joylashgan uchta
zarg‘aldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr bo‘lgan
sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
“Turumlangan” (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositalarining orqasida
— ichiga qora rangda “T” harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchi yuqoriga yo‘naltirilgan
teng tomonli uchburchak ko‘rinishida. Uchburchakning tomonlari 200 millimetrdan kam
bo‘lmasligi, hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
“Bolalar guruhini tashish” — bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va
orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo‘l belgisidagi bolalar timsolining tasviri
tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng bo‘lgan to‘rtburchak (kvadrat) ko‘rinishidagi belgi.
To‘rtburchakning tomonlari 250 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to‘rtburchak
tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
“Kar haydovchi” — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va
orqa tomonlarida — ichiga uchi pastga yo‘nalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning
burchaklari bo‘yicha diametri 40 millimetr bo‘lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160
millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira ko‘rinishida;
“Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositasi” — boshqarishni
o‘rgatishda foydalaniladigan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — ichiga qora
rangda “O‘” harfi tushirilgan, tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha bo‘lgan qizil
hoshiyali, oq rangli, uchi yuqoriga yo‘nalgan teng tomonli uchburchak ko‘rinishida. Belgi
hoshiyasining kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
“Tezlik cheklangan” — bolalar guruhini tashkiliy tashishni amalga oshirayotgan, og‘ir vaznli,
xavfli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik
tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida
belgilangan tezlikdan kam bo‘lgan hollarda, mexanik transport vositalari kuzovi orqa
devorining chap tomoniga 3.24 — “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgisining kichraytirilgan,
rangli tasviri tushirilgan ko‘rinishidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam
bo‘lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo‘lishi kerak;
“Xavfli yuk” — xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o‘rnatilgan
o‘lchami 690 x 300 millimetr, o‘ng qismi 400 x 300 millimetr bo‘lgan zarg‘aldoq rangli, chap
qismi esa yukning xavfli xususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi
15 millimetr) oq rangdagi to‘rtburchak shaklidagi belgi (ushbu Qoidalarga 4-ilova);
“Katta o‘lchamli yuk” — ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo‘yicha navbatma-navbat qizil


va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali, o‘lchami 400 x 400 millimetrli
to‘rtburchak shaklidagi belgi;
“Uzun o‘lchamli transport vositasi” — yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport
vositasining, ikki yoki undan ko‘proq tirkamali avtopoyezdlarning orqasida — kengligi 40
millimetr bo‘lgan qizil hoshiyali, o‘lchami 1200x200 millimetr bo‘lgan, sariq rangli, nur
qaytaruvchi to‘rtburchak shaklidagi belgi.
Ko‘rsatilgan o‘lchamli belgini joylashtirishning imkoniyati bo‘lmasa, bir xil ikkita 600x200
millimetr o‘lchamdagi belgini transport vositasining o‘qiga simmetrik ravishda o‘rnatishga yo‘l
qo‘yiladi;
“Avariya sababli to‘xtash” — davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi;
Haydovchining xohishiga ko‘ra taniqlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin:
“Shifokor” — shifokor-haydovchilar boshqarayotgan transport vositalarining old va orqa
tomonlarida — tomonlari 140 millimetr bo‘lgan, ko‘k rangli, ichida diametri 125 millimetrli oq
doiraga balandligi 90 millimetr, chizig‘ining kengligi 25 millimetr bo‘lgan qizil xoch tushirilgan
kvadrat ko‘rinishidagi belgi;
“Nogironligi bo‘lgan shaxs” — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs
boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni yoki nogironligi bo‘lgan bolalarni
tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150
millimetrdan bo‘lgan va ichiga 7.17 yo‘l belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli
kvadrat ko‘rinishidagi belgi;
“Haydovchilikni endi boshlagan” — “Haydovchilik malakasi yetarli bo‘lmagan” haydovchilik staji
2 yildan kam bo‘lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarining (traktorlar,
o‘ziyurar mashinalar va mototsikllardan tashqari) orqasida — ichiga qora rangli 110 millimetr
balandlikdagi “!” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo‘lgan
kvadrat ko‘rinishidagi belgi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan taniqlik belgilardan boshqa taniqlik belgilarini o‘rnatish,
shuningdek, transport vositasining kuzovi va oynalariga turli xil yozuvlar kiritish taqiqlanadi,
transport vositasining kuzoviga reklama maqsadlarida belgilangan tartibda yozuvlar kiritish
bundan mustasno.
177. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko‘rsatadigan
ogohlantiruvchi, o‘lchami 200x200 millimetr bo‘lgan, diagonali bo‘yicha ketma-ket joylashgan,
kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorug‘lik qaytaradigan yuzali
bayroqchalar yoki kvadrat ko‘rinishidagi belgi o‘rnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqli belgisi o‘rnatiladi.


178. Qattiq ulagichli qurilmaning konstruksiyasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlarning talablariga mos bo‘lishi kerak.
179. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, velosipedlar,
traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalarning texnik holati va jihozlanishi transport
vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan nosozliklar va shartlar ro‘yxatining talablariga (3-
ilovaga muvofiq) javob bermasa;
trolleybuslarda va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida ko‘zda tutilgan
nosozliklardan birortasi bo‘lsa;
transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik ko‘rigidan o‘tmagan bo‘lsa;
tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan bo‘lsa (avtomototransport vositalarini qayta jihozlash
uchun ruxsatnoma talab etilgan hollarda);
transport vositalari DYHXX ruxsatisiz yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus
tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon yuzalariga DYHXX bilan kelishilmasdan rangli
bo‘yoq chizmalar, qiya oq chiziqlar tortilgan, ko‘zda tutilgan joylarga tegishli davlat raqam
belgilari o‘rnatilmagan, agregat va qismlarining raqamlari yoki tegishli namunadagi ro‘yxatdan
o‘tkazish davlat raqam belgilari ko‘rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o‘zgartirilgan bo‘lsa;
kuzovining yon yuzalariga yo‘nalishsiz taksining rangli rasmlar chizmasiga va (yoki) tomida
taksi chirog‘iga ega bo‘lgan transport vositalaridan, agar bunday transport vositasining
haydovchisida belgilangan tartibda berilgan yo‘lovchilar tashishni amalga oshirish bo‘yicha
ruxsatnoma bo‘lmasa;
sariq yoki zarg‘aldoq rangli chiroq-mayoqcha bilan jihozlangan, DYHXXda qayd etilmagan
transport vositalaridan (katta o‘lchamli yuklarni, portlovchi, oson alangalanadigan, radioaktiv
va yuqori darajali xavfga ega bo‘lgan moddalarni tashiyotgan transport vositalaridan tashqari).
180. Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo‘lgan
mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan va davlat
texnik ko‘rigidan o‘tkazilmagan yoki tegishli hujjatlarsiz transport vositalarini yo‘lga chiqarish;
mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni
susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik
yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi
bo‘lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni transport vositasini
boshqarishga qo‘yish;
zanjirli traktorlarni va boshqa o‘ziyurar uskunalarni harakatlanish uchun asfalt yoki sement-
beton qoplamali yo‘llarga chiqarish.
181. Yo‘llar, temir yo‘l kesishmalari va boshqa yo‘l inshootlarining holatiga javobgar bo‘lgan
mansabdor va boshqa shaxslar:
yo‘llar, temir yo‘l kesishmalari va boshqa yo‘l inshootlarini texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq harakatlanish uchun xavfsiz holatda
saqlashga;
ommaviy axborot vositalari yordamida yo‘l harakatiga kiritilgan cheklovlar va o‘zgartirishlar


haqida yo‘l harakati qatnashchilarini xabardor qilishga;
yo‘l harakatiga xalaqit beradigan har qanday to‘sqinlik vujudga kelsa, ularni o‘z vaqtida bartaraf
etish, yo‘lning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan
hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini ko‘rishga majbur.
182. Yo‘llarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar bo‘lgan mansabdor va boshqa shaxslar
ishlar olib borilayotgan joylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga majbur. Bunday joylar,
shuningdek, yo‘ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo‘lmagan ish bajarmayotgan yo‘l
mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o‘xshashlar tegishli yo‘l belgilari,
yo‘naltiruvchi va to‘suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha
ko‘rinmaydigan sharoitda esa qo‘shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi
kerak.
Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
183. Qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar
tomonidan DYHXX bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishilishi shart:
shaharlarda va avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini tashkil etishni loyihalash, yo‘llarni
harakatlanishni tashkil etuvchi texnik vositalar bilan jihozlash va qayta jihozlash;
ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari kontruksiyasiga yo‘l harakati xavfsizligi
ta’minlanishiga ta’sir qiladigan o‘zgartirishlar kiritish;
yo‘nalishli transport vositalari yo‘nalishlari va bekatlarining joylashishi;
yo‘llarda ommaviy sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maxsus yorug‘lik va tovush ishoralarini o‘rnatish,
transport vositalari kuzovi yuzalariga rangli rasmlar, yozuvlar va sxemalar, qiya oq chiziqlar
tortish;
ta’mirlash ishlari olib boriladigan yo‘l uchastkalarida harakatni tashkil etish chizmasi;
yo‘llarni, yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalari;
yo‘l va uning hududlarida har qanday obyektlarning loyihalarini;
boshqarishni o‘rgatish ruxsat etilgan yo‘llar ro‘yxati va chizmasi;
harakat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni, avtomototransport vositalari yoki shahar elektr
transporti vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori va
haydovchilarni tayyorlash dasturlari;
tezlikning belgilangan me’yordan oshirilishi yoki kamaytirilishi yuzasidan qarorlarni;
yo‘llarda sun’iy notekislik va shlagbaumni o‘rnatish.
184. Zarg‘aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha quyidagilarga o‘rnatiladi:
yo‘lda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlarini, shikastlangan, nosoz transport vositalarini
ortish va tashish ishlarini bajarayotgan transport vositalariga;
katta hajmli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalariga;
katta hajmli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarini


kuzatib borayotgan transport vositalariga;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida mashq qilish tadbirlarini o‘tkazishda
velosipedchilarning tashkiliy guruhlarini kuzatib borishni amalga oshirayotgan transport
vositalariga.
185. Ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar tezkor va maxsus
xizmatlarning transport vositalari tomiga, ustiga, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sharti
bilan old yoki orqa tomoniga ham o‘rnatilishi mumkin.
Mahkamlash usullari transport vositasi har xil sharoitlarda harakatlanganda ham o‘rnatilgan
chiroq-mayoqchalarning mustahkamligini ta’minlashi kerak.
186. Transport vositalarining barcha rangdagi chiroq-mayoqcha va maxsus tovushli ishoralar
bilan jihozlanganligi haqidagi ma’lumotlar avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish
haqidagi guvohnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
← OLDINGI
Yoʻl harakati qoidalariga ilovalar / Yoʻl harakati qoidalarining belgilari
Комментарии: 0
Сортировка
Сначала новые
Плагин комментариев Facebook
Добавьте комментарий...


Yoʻl harakati qoidalariga 1-ILOVA | Yoʻl belgilari
Yoʻl harakati qoidalariga 2-ILOVA | Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar


Yoʻl harakati qoidalariga 3-ILOVA | Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi
shartlar


UzPdd.uz ©
Reklama
 
Aloqa
 
Sayt qoidalari
Yoʻl harakati qoidalariga 4-ILOVA | Xavflilik belgilari

Download 369,18 Kb.




Download 369,18 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qoidalar Jarimalar Yuklab olish Foydali Avtoraqamlar

Download 369,18 Kb.
Pdf ko'rish