|
TA’LIM MAZMUNINING YAXLIT STRUKTURAGA ALOQADORLIGI
|
bet | 2/4 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 141,91 Kb. | | #107169 |
Bog'liq PEDAGOGIKA (1) TA’LIM MAZMUNINING YAXLIT STRUKTURAGA ALOQADORLIGI - TA’LIM MAZMUNINI INSONPARVAR- LASHTIRISH TAMOYILI
- TA’LIM MAZMUNINI FUNDAMENTALLASH- TIRISH TAMOYILI
- TA’LIM MAZMUNINI KETMA-KETLIK TAMOYILI
- TA’LIM MAZMUNINI MUNTAZAMLIGI TAMOYILI
- TA’LIM MAZMUNINING O’QUVCHILAR YOSH HUSUSUYATLARIGA MOSLIGI TAMOYILI
3. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI - Davlat ta’lim standartlari (inglizcha “standart” – me’yor, namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar ta’minoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan me’yor va talablar sanaladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: - umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
|
| |