|
Qo’qon universiteti maktabgacha ta’lim(sirtqi) yo’nalishi 3-kurs talabasi ashiraliyeva gulhayoning inklyuziv ta’lim fanidan mustaqil ishi
|
Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 33,39 Kb. | | #250220 |
Bog'liq ink.guli
QO’QON UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM(SIRTQI)
YO’NALISHI 3-KURS TALABASI
ASHIRALIYEVA GULHAYONING INKLYUZIV TA’LIM FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
1.“Assesment” texnikasi yordamida berilgan topshiriq, vazifalarni mavjud bilim va amaliy tajribangizga asoslanib bajaring.
Test
1.Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun nima asos bo‘ladi?
A. yo‘llanma
B. komissiyabayonnomasi
V. komissiya xulosasi
G. tekshiruv natijalari
2. Bolaning inklyuziv guruhda bo‘lish davri, korreksion ish muddati kim tomonidan belgilanadi?
A) kuzatuv kengashi
B) tibbiy-psixologik-pedagogik kengash
C) tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya
D) pedagogik kengash
3. Har bir bolaning o‘z qiziqishiga ko‘ra shug‘ullanishini ta'minlashi - predmetli-rivojlantiruvchi muhitga qo‘yiladigan qanday talabga mos?
A) oqilona
B) shaxsga yo‘naltirilgan
C)o‘zgartuvchan
D) polifunksional
4. Inklyuziv ta’limning ishtirokchilari kimlar?
A) alohidata’limolishehtiyojibo’lgan bola, ota-ona, jamoatchilik
B) alohidata’limolishehtiyojibo’lgan bola, me’yordarivojlanayotgan bola, jamoatchilik
C)alohidata’limolishehtiyojibo’lgan bola, nodavlatta’limtashkiloti, ota-ona
D) alohida ta’lim olish ehtiyoji bo’lgan bola, pedagog, ota-ona, jamoatchilik
“1” ball
|
Muammoli vaziyat
Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda she’rni o‘qish navbati Botirga kelganida, u qanchalik to‘g‘ri va ifodali aytib berishga harakat qilmasin, she’rni tutilib yod olib berdi. Tadbir yakunlangach tarbiyachi Botirga “She’rni yod olmabsan! Tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganing qachon edi. Hozir oying bilan gaplashaman! Sening ta’ziringni berishim kerakka o‘xshaydi”, - dedi. Buni eshitib turgan Botirning o‘rtoqlari kulib yuborishdi.
Tarbiyachi Botirni o‘rinli koyidimi?- yo’q tarbiyachi bolaga tug’ri tushuncha berishi kerak
Siz tarbiyachining harakatini qanday baholaysiz?- tarbiyachining harakati bolaning ruhiyatiga juda ham qattiq tasir ko’rsatadi, ko’pchilikni oldida gapirishi qiyin bo’ladi.
“4” ball
|
1.Belgi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” tushunchasiga ta’rif bering. - bolani kompleks tekshirish va tashxis qo`yish, o`qishga layoqatini aniqlash, kerak bo`lganda maxsus muassasalarga yoki umumta`lim maktablariga yo`llanma berish bilan shug`ullanadigan turli mutaxassislar tarkibidan iborat komissiya.
2.“Individual ta’lim xaritasi” tushunchasiga ta’rif bering- bu tarbiyalanuvchining qiziqishlari va ta’lim talablari asosida tuzilgan, uning barcha qobiliyatlari va iste'dodlarini ochish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydigan o‘quv faoliyati dasturi.
3.Predmetli rivojlantiruvchi muhit faqat guruxlar bilan birga, logoped xonasida ham vujudga keltirsa, bolalar yanada rag’batlanadi. Ular mustaqil ravishda stellaj, devorda osilgan cho`ntakchali gilam – uycha, daraxt va boshqa xohlagan o`yinchoqlar yordamida “Kuz”, “Oila”, “Maktab” mavzularida o`yin uyushtiradilar, kiyimlarini modellashtirib, turli gullardan guldastalar tuzadilar. Ijod muhitini kuchaytirish maqsadida esa har xil, jumladan, “Kim ko`p “m” tovushiga predmetli rasm chizadi? ” mavzusida tanlov o`tkaziladi hamda unda qatnashuvchilar uchun zarur shart – sharoitlar yaratib beriladi.
4. Inklyuziv ta'lim rasmiy ta'lim tushunchasidan ancha kengroq. Bu ta'limda ko'proq o'qishda, o'rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi.Inklyuziv maktab o'qituvchisi va inklyuziv bog'chada tarbiyachi qanday sifatlarga ega bo'lish kerak? Inklyuziv ta'limda o'qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo O'qituvchi inklyuziv tafakkurga ega bo'lishi va ta'lim sifati mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi shart.Inklyuziv ta'lim berish o'qituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari - o'qituvchi o'quvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi.Yana bir sifat -hamkorlikni yo'lga qo'yish. Chunki o'qituvchilar uchun hamkorlik va o'zaro fikr almashish muhimdir.O'qituvchi o'z faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalar aro guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qo'llash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamrovli maktab hamkorligini yo'lga qo'yish kabi xislatlarga ega bo'lish kerak.
“2” ball
|
Amaliy kо‘nikma
Meyorda rivojlanayotgan va alohida ehtiyojli bolalar о‘rtasida dо‘stona va о‘zaro yordamga asoslangan munosabatlarni shakllantirish maqsadida tarbiyachi sifatida ota-onalar bilan amalga oshiriladigan suhbatlarning taxminiy mavzularini ishlab chiqing.
Men va farzandim.
Do’stimizga yordam.
Ahil jamoamiz
Atrof olam mening nigohimda
MTT va oilaning bog’liq tuqtalari.
“3” ball
|
Mavzu: “Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish”
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maydoni, binosi va guruhdagi sharoitlarni moslashtirishga doir;
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida bolalarning rivojlanish holati va imkoniyatlarini e’tiborga olishga doir;
Me’yorda rivojlanayotgan bolalar jamoasi bilan ishlashga doir;
Ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga doir amalga oshirilishi talab etiladigan ishlar.
1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya1 barcha bolalarning huquqlarini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi. “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” barcha bolalarning huquqlarini himoya qiladi. Mazkur Konvensiyaning 23-moddasida “Jismonan yoki aqlan nogiron bola ishonch bilan jamiyatda qatnashishini kafolatlaydigan to‘liq va yaxshi hayot kechirishi shart” - deb qat’iy belgilangan. Konvensiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo‘lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo‘lish kafolatlanadi. “Ta’lim - hamma uchun”Deklarasiyasi maqsadlarini amalga oshirish va maxsus ta’limga muhtoj bolalarning to‘laqonli mukammal ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida 1994 yilda Ispaniyaning Salamanka shahrida “Salamanka bayonoti” qabul qilingan bo‘lib, unda “Ta’lim hamma uchun” shiori ilgari surilgan.Deklarasiyada hammaga quyidagicha da’vat qilingan: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta’lim tamoyilini qonun yoki islohot, deb qabul qiling”. “Salamanka bayonoti”da maxsus ehtiyojli bolalarga umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o‘xshamagan o‘z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek, har bir bola yashash joyiga yaqin bo‘lgan maktabga borish huquqiga egaligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bunday ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi barcha bolalarga samarali ta’lim beribgina qolmay , Insonga xos bo‘lgan qadr-qimmatni, uning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish; kamsitmaslik; jamiyatga to‘la va samarali jalb etish va qo‘shish; nogironlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish; imkoniyatlarning tengligi; to‘siqsiz foydalanish; erkaklar va ayollarning tengligi; nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning o‘z shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish masalalari mazkur Konvensiyaning tamoyillari sifatida belgilandi. Konvensiyaning 24-moddasiga muvofiq “Nogironligi bor insonlar kamsitilmasdan ta’lim olish huquqiga, imkoniyatlar tengligiga, barcha darajadagi inklyuziv ta’limga va umr davomida ta’lim olish huquqiga egadirlar”.
Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan ajratilgan alohida maydoncha bo’lishi kerak. Maydonchada bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy (tekis maydoncha), qum, suv, qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar uchun joy. ijodiy o’yinlar va turli o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar uchun joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar: tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, to’rt va olti burchakli), muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo’lishi kerak. Bularning hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo’lishi zarur. Bog’cha maydonchasida bolalarning velosipedda yurishlari uchun yo’laklar bo’lishi kerak. Yomg’ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo’ladi. Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo’lishi zarur. Bog’cha maydonchasi skameykalar, o’ynash uchun zarur bo’lgan o’yinchoqlar, qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan jihozlangan bo’ladi. Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo’lchalar, qor inshootlari, qurish lozim. Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovaqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart- sharoit hosil bo’ladi. YAxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigieiik malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarinn tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi — bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo’lishini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir. Ba'zi bolalar keragidan ortiq, ba'zilari keragidan kam ovqat eyishlari mumkin. SHuning uchun bolaga ovqat normasnni ularning yoshiga qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha eyishga majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan oladigan lazzatlaiishni kamaytiradi, uni hazm qilishni kiyinlashtiradi, ba'zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to’g’ri ovqatlanayotganning asosiy mezoni uning jismoniy jihatdai uyg’un rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil eyishga o’rgatish ularda ozqatni ishtaha bilan eyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg’otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan qoshikdan foydalanishga o’rgatish, to’rtinchi yoshdan sanchqidan, beshinchi yoshda — pichoqdan foydalaiish malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat eyishdan oldin qo’lini yuvish, tartibli eb-ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to’g’ri o’tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og’izin chayqash kabi madaniy-gigienik malakalarni ham tarbiyalab boriladi. Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam beradi, buning asosida roli uning bilish, ko‘rgazmali, o‘yin, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, SHu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bolaning faoliyatdagi faol mavqei uni faqat tarbiya ob’ek-tiga emas, shu bilan birga tarbiya sub’ektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning etakchilik rolini belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiya-lanishining yosh bilan bog‘lik davrlarida faoliyatning turli xil-lari yonma-yon bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning etakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshi-riladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog‘chasidagi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘lik, bo‘ladi. (A. N. Leontev va boshqalar). Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng od-diy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va at-rofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisob-lanadi. Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (hissiy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvurlarini shakllantiradi. YAngi xarakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan zamin-ga, taqlid kilishga ham borliq bo‘ladi. Hayotning dastlabki yil-larida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o‘z ichiga oladigan yo‘l-yo‘riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo‘ladi. Tarbiyachilar bola-lar bilan muomalada bo‘lar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. SHunday yo‘l bilan bolalar o‘ziga xos buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.
Buyumlar bilan bog‘lik faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha tarbiya muassasasida ham bir va ikki eshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulk-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan kilinadigan harakatlar to‘g‘risida dastlabki bilimlarni o‘zlashtiradilar. Bola ikki yarim yoshga to‘lganda buyumlar bilan bog‘lik fao-liyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga erishadi, o‘yin va tasviriy faoliyatga o‘tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o‘ziii atrof-dagi odamlardan ajratadigan, o‘z imkoniyatlarini anglab etadi^ gan bo‘la boshlaydi. Mustakillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O‘zini-o‘zi anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo‘ladi.
Oila va MTT o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etishga zamonaviy yondashuvlar
Bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ularning ota-onalarining ta’lim jarayonida faol ishtirokisiz erishib bo’lmaydi.
Ota-onalarning MTTni oilalar bilan hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha. Bugungi kunda MTT faoliyati, undagi sharoitlardan ota-onalarning qoniqish jihatlari o’zgarib bormoqda. Ba’zi oilalarda ota-onalarning o’z farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanishi masalalarini hal qilishdan voz kechish (chetlashish) tendentsiyasi kuchaygan. Ba’zi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan qiziqishadi, ayrimlari MTT ota-onalar ishda bo’lgan paytda faqat bolalarni boqadigan joy deb hisoblashadi. Boshqalar MTT ularning farzandlarini tarbiyalashlari zarur deb hisoblashadi. Pedagoglarning maslahatlarini e’tiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi. Ba’zi ota-onalar, ularning yagona vazifasi bolani ovqatlantirish va kiyintirishdan iborat deb hisoblaydilar.
MTT bilan oilaning o’zaro hamkorligini tashkil etish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
Pedagoglar va ota-onalar o’rtasidagi do’stona muloqot.Ushbu tamoyil muloqotga ijobiy yondashishni nazarda tutadi va shu bilan MTT pedagoglarini ota-onalar bilan barcha ishlarini quradigan mustahkam poydevordir. Pedagoglarning ota-onaar bilan muloqatida qat’iy, talabchan ohangga gapirishlariga yo’l qo’yilmaydi. Pedagoglar har kuni ota-onalar bilan muloqotda bo’ladilar va bu umuman olganda, oilaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga munosabati qanday bo’lishini belgilaydi. Pedagoglar va ota-onalar o’rtasidagi har kungi do’stona muloqot va munosabat yaxshi o’tkazilgan tadbirdan ko’ra ko’proq narsani anglatadi. Individual yondashuv. Hamkorlikning ushbu tamoyili nafaqat bolalar bilan ishlashda, balki ota-onalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar bilan muloqotda bo’lgan pedagoglar vaziyatni, ota-onalarning kayfiyatini his qilishlari kerak. Bu yerda pedagoglarning insoniy munosabatlari va pedagogik mahorati ota-onalarni tinchlantirish, hamdardlik va birgalikda ushbu vaziyatda bolaga qanday yordam berishini o’ylashda asqotadi. Murabbiylik emas, hamkorlik. Aksariyat zamonaviy onalar va otalar ziyoli, bilimli va albatta, o’z farzandlarini qanday tarbiyalash kerakligini yaxshi bilishadi. SHuninguchun bugungi kunda pedagogik bilimlarni o’rgatish va oddiy targ’ib qilish pozitsiyasi ijobiy natijalarga olib kelishi mushkul. Muammoli pedagogik vaziyatlarda oilaga o’zaro yordam va qo’llab-quvvatlash muhitini yaratish, oilaviy muammolarni tushunish va yechimini topishda MTT jamoasining oila muoammalarini hal qilishda samimiy yordam bermoqchiligini e’tirof qilishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qo’qon universiteti maktabgacha ta’lim(sirtqi) yo’nalishi 3-kurs talabasi ashiraliyeva gulhayoning inklyuziv ta’lim fanidan mustaqil ishi
|