|
Atmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi
|
bet | 6/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 67,74 Kb. | | #249468 |
Bog'liq Meva va sabzavotAtmosferasi boshqarilib turiladigan sharoitda meva va sabzavotlarni saqlash rejimi
Mahsulot turi
|
Harorat, °S
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
Miqdori, %
|
Saklash davo-miyligi, sutka
|
SO
|
O
|
Uzum
|
0
|
90-92
|
5-8
|
5
|
120-180
|
Nok
|
0
|
90-95
|
4-5
|
3
|
210-240
|
Olma
|
2-3
|
90-93
|
3-5
|
3-5
|
210-240
|
MGM bo‘lmalarining germetikliligiga alohida e’tibor beriladi. Bo‘lmalardagi gaz bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gaz almashinuvi normal gaz aralashmasi uchun sutkasiga 0,05 –0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02–0,03 hajmdan oshmasligi lozim. Bo‘lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning germetikligi albatta tekshirilib ko‘riladi. Yaxshi germetizatsiya qilinganda bo‘lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0 ga tushadi. Agar bosim 10 minut mobaynida 25 mm suv ustunidan 10 mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi. Bo‘lmadagi bosim manometr bilan o‘lchanadi.
Bo‘lmaning germetikligini tekshirish uchun bo‘lma SO2 gazi bilan to‘ldiriladi (10% kontsentratsiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning kontsentratsiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3–4 kun mobaynida gaz muhiti o‘lchab turiladi.
Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aniqlanadi:
bunda: E – germetik yopish samaradorligi;
Dc – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘zgarishi, %;
St – bo‘lmada 24 soat mobaynida SO2 kontsentratsiyasining o‘rtacha miqdori, %.
Germetik yopish samaradorligi yaxshi izolyatsiya qilingan bo‘lmalar uchun Eq0,87–0,98, ya’ni bunda sutkasiga diffuziyali gaz almashinuv bo‘lma hajmiga ko‘ra 0,02–0,03 dan oshmasligi lozim.
MGM bo‘lmalarida meva va sabzavotlar 7–8 oy va undan ko‘proq muddatga saqlanadi.
Mevalarda mexanik ta’sirlar va ortiqcha narsalar (tuproq) miqdori bo‘lmasligi uchun yig‘im - terimni to‘g‘ri tashkil etish kerak. Mevalarni navlarga ajratib, shikastlangan va kasallanganlari olib tashlanadi, sog‘lomlari esa katta-kichikligiga qarab kalibrovka qilinadi. Bu ishlarni ommaviy terim paytida dalada yoki shu maqsad uchun ajratilgan joylarda, ya’ni moslama-uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida mevani saqlash uchun vaqtinchalik omborlar-xandak va uyumlardan foydalanish mumkin. Bu usulda ba’zi xo‘jaliklarda 60-70 foizgacha urug‘lik kartoshka saqlanadi.
Faol shamollatiladigan omborlarda kartoshka devorli xirmonlarda 3,5-5m balandlikda saqlanadi, ularda har xil navlar uchun turli rejimlar belgilash mumkin. Qatlamlardagi harorat bir tekis bo‘lishi uchun vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi. Agar ombor yaxshi yopilgan bo‘lsa, terlash bo‘lmaydi. Mevalar idishlarda-yashik va konteynerlarda joylanib saqlanadi. Bunda harorat +1+20S atrofida bo‘lishi sababli kurtaklarning jonlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va kartoshka iyunning oxirigacha, ba’zida undan ham uzoq muddatgacha ham saqlash mumkin.
O‘zbekistonda yaxshi, sifatli saqlanadigan karam navlari yo‘q, shuning uchun bu erda etishtirilgan karam navlarini saqlash muddati cheklangan. erta pishar navlar 3-4 xafta, kechki navlar 2-3 oydan ortiq saqlanmaydi.
Uyum va xandaklarga faqat sog‘lom, barcha yashil barglariga ega bo‘lgan karam boshlari saqlashga joylanadi. Xandakning ostiga karamning to‘kilgan barglarini yozish ma’qul. Ularga karam ildizlari yuqoriga qaratib, shaxmat shaklida joylashtiriladi. Har bir qatorni nam tuproq bilan to‘ldirib boriladi. Uyum va xandaklarning usti 0,3-0,4 metr qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi.
Uyum va xandaklarning har biridagi haroratni uyum termometri orqali kundalik nazorat qilib boriladi. Haroratdan qat’iy nazar har oyda ikki marotaba vaqtinchalik omborlarni 1-2 eridan ochib, karam boshlari tekshirib boriladi.
Ba’zi mevalarni doimiy omborlarda saqlashda ko‘pincha uni tokchalarga ildizini yuqoriga qaratib taxlanadi. Qavatlar qanchalik enli va baland bo‘lsa, karamning saqlanishi shunchalik yomon bo‘ladi. SHuning uchun 1 m eni bo‘lgan tokchalarga bir qator joylab saqlansa u yaxshi natija beradi. Mahsulot tokcha-ning yuqori qavatlarida yaxshi saqlanmaydi, chunki u erda harorat yuqori bo‘ladi. Agar tokchalar eni keng bo‘lsa, uni butun bo‘ylab balandligi 0,6-0,8 m, ya’ni 3-5 qavat karam boshlari taxlanadi.
Olma va nok asosan yashiklarda, ostiga qog‘oz yozib (noklarni o‘rab) mevalar joylanadi, keyin qog‘oz bilan yopiladi, qog‘oz ustidan qirindi to‘ldiriladi va yog‘och bilan mahkamlab mixlanadi. Olmani saqlashdagi harorat 0+10S havoning nisbiy namligi 90-95%. Noklar ham shunday saqlanadi. Sitrus mevalar 6+70S, havoning nisbiy namligi 75-80%. Uzum bir xil etilganda va tarkibida etarli qand to‘planganda teriladi. Saqlash harorati 0-10S va havoning nisbiy namligi 90-95%. Uzumni saqlashga qo‘yishdan oldin 1-2 kun so‘litiladi. Uzum yashik va tokchalarda hamda ilib saqlanadi.
Danakli mevalarni sovutgichlarda 00S atrofida, havoning nisbiy namligi 90-95%. SHaftoli, olxo‘ri va o‘rikning ba’zi navlarini 2-3 xaftadan 1,5-2 oygacha saqlash mumkin. Gilos, olcha va rezavor mevalarni bir necha kungacha, agar yaxshi sharoit yaratilsa bir haftagacha saqlasa bo‘ladi. Ularni uzoq saqlab bo‘lmaslik sababi faqat muzlatib va konservalash yo‘li bilan aholi ta’minlanadi.
Olmaning saqlashga chidamliligi uni saqlashda pishib yetilish xususiyati bilan aniqlanadi. Olmaning ertapishar navlari kam muddatga, kechki navlari esa 7–8 oygacha saqlanishi mumkin. Olma saqlash uchun yashiklarga joylashtiriladi. Bunda olma qog‘ozga o‘ralsa yaxshi saqlanadi. Olma yashiklarga joylashtirilganda ular orasiga qog‘oz yoki qirindi solinsa ham bo‘ladi.
YAshiklar omborga devor tomondan 25–30 sm, yashiklar orasida ikki metrli yo‘l qoldirilib joylashtiriladi. Bir taxda 7–8 ta yashik bo‘ladi. eng yuqoridagi yashik bilan ombor shipining orasida 50–60 sm qolishi kerak.
Olma solingan yashiklar taxlarga shaxmat usulida uchtadan va juft-juft qilib joylashtiriladi. Taxlarga navi, sorti, sifati, katta-kichikligi bir xil bo‘lgan mahsulot joylangan yashiklar terib qo‘yiladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uncha pishmagan olma past haroratda pishib yetilmaydi, aks holda ular qattiqlashib, ta’mi va xushbo‘yligi o‘zgarmaydi. SHu sababli, omborda havoning haroratini olmaning pishganligiga qarab o‘zgartirib turish lozim.
Olmaning sovuqqa chidamli navlari -1– -20 haroratda saqlanadi. Bunday olmalar issiq haroratda uzoq vaqt saqlanmaydi. Pepin shafran, Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap, Rozmarin kabi olma navlari sovuqqa chidamli hisoblanadi. Olmaning sovuqqa chidamsiz navlari 2–4S da saqlanadi. Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan, Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy antonovka navlari sovuqqa chidamsiz navlar jumlasiga kiradi.
Olmani saqlashda havoning nisbiy namligi 85–95% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Omborni sovitishga saqlash haroratiga yetguncha havoni jadal aralashtirib turish orqali erishiladi, bunda taxlar orasida havo oqimining tezligi 0,2–0,3 m/sek bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Olmani omborda saqlash vaqtida gaz muhitini boshqarish muhim hisoblanadi. Bunda ayniqsa past haroratga chidamsiz olmani saqlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig‘ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. SHu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
Olma uzilgandan so‘ng 4–8 soatdan kechiktirmasdan meva omboriga olib kelinishi kerak.
|
| |