|
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexologiyalari instituti
|
bet | 9/9 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 67,74 Kb. | | #249468 |
Bog'liq Meva va sabzavotUzumni saqlash texnologiyasi. Uzum uzilgandan so‘ng uni omborga joylashga alohida e’tibor berish lozim. Saqlashga qo‘yiladigan uzumni uzilgandan so‘ng tezda sovuq joyga joylashtirish lozim. Bunday sharoitda 24 soatgacha quyosh tushmaydigan salqin joyda turishi kerak.
G‘.Isroilov ma’lumotiga ko‘ra, agar uzum 20–25S issiq joyda bir kun tursa saqlanish muddati 15–20 kunga qisqaradi. Uzumning harorati 9–10S ga pasaytirilsa nafas olish intensivligi ikki marta pasayadi. SHu sababli, uzumning sifatli saqlanishini ta’minlash uchun, iloji boricha tezroq omborga joylashtirish lozim.
Uzumni doimiy saqlanadigan joyga joylashtirishdan ilgari dastlabki sovitish bo‘lmasida 5–8S haroratda 8–10 soat saqlanadi. Aks holda uzum bevosita saqlash bo‘lmasiga joylashtirilsa, bo‘lma havosining harorati ko‘tarilib ketadi, natijada bo‘lmada saqlanadigan boshqa mahsulotlarning terlab buzilishiga olib keladi.
Uzumnnng issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lganligi sababli, sovutgichda ancha uzoq vaqt soviydi. Ko‘pincha uzum 5–8 sutka mobaynida soviydi va uning harorati 1 va 0S ga tushadi. Ko‘pincha mahsulotni sovitishni jadallashtirish maqsadida bo‘lmalarga sovuq havo yuboriladi, bu esa sovitish muddatini 2–3 marta qisqartiradi.
Uzumni saqlash usulining uning sifatiga ta’siri
(Z. Korobkina ma’lumoti)
Uzumning navi
|
Saqlash muddati, tun
|
Og‘irligining kamayishi, %
|
Buzilganlari, %
|
Umumiy yo‘qotish, %
|
Erto‘lada saqlaganda
|
Ararati
|
100
|
29,34
|
0,68
|
30,02
|
Msxali
|
108
|
28,04
|
1,97
|
30,01
|
Sovutgichda saqlaganda
|
Ararati
|
200
|
4 12
|
0
|
4,12
|
Msxali
|
200
|
5 02
|
0,82
|
5,84
|
Dastlabki sovitish bo‘lmasi bo‘lmagan omborlarda avval bo‘lmaning 30–40% uzum joylashtiriladi, 3–4 kundan keyin yana ma’lum qismi uzum bilan to‘ldiriladi.
Odatda, uzumning O‘rta Osiyoda yetishtiriladigan xo‘raki navlari 3–5S haroratga chidaydi. SHu sababli saqlash uchun uzum -1–0S hisoblanadi. Uzum saqlash jarayonida ana shu harorat doimiy bo‘lishi lozim.
Havoning nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘ladi. Agar 80% dan kam bo‘lsa, uzumning bandi so‘liy boshlaydi.
Havoning harorati -2S past bo‘lmasligi lozim. Aks holda mevalar muzlab qolishi va moddalar almashinuvi jarayoni buzilishi mumkin. Uzum muzlaganda o‘z xossasini qayta tiklamaydi.
Sovutish batareyalariga yaqin joydagi uzum muzlab qolmasligi uchun batareyalar poliyetilen plyonka yoki qop mato bilan to‘sib qo‘yiladi. Saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan uzumlarni sovutgichlarning ichkari qismiga joylashtirish lozim.
Saqlanadigan uzumning holatini muntazam tekshirib borish uchun ularning eni to‘rt qator yashik enidan oshmasligi lozim. Har qator orasida yo‘lakcha qo‘yilishi lozim. YAshiklarning qavati 10–12 qilib, sovutish va yoritish asboblaridan 50–60 sm, devordan esa 30–40 sm nariga taxlanadi.
Uzumni saqlashda turli xil antiseptik vositalardan foydalaniladi. Bunda oltingugurt va kaliy metabisulfit kabi moddalardan foydalaniladi.
Fumigatsiya yo‘li bilan qisqa muddatli ishlov berishda omborning 1 m3 ga 3–5 g hisobidan oltingugurt yondiriladi. Sulfit angidridni uzum joylashgan bo‘lmaga ballonda ham yuborish mumkin.
Sulfit angidrid gazi ombor havosi bilan aralashib ketishi uchun gaz berish vaqtida ventilyatorni ishga tushirish lozim. Ishlovdan keyin bo‘lma shamollatiladi.
Kaliy metabisulfit esa tabletka holida bevosita uzum joylangan yashiklarga solib qo‘yiladi. U asta-sekin parchalanib sulfit angidrid ajratib chiqaradi. Ana shunday usulda uzumnn saqlashda gazli muhit hosil bo‘ladi.
Uzumni poliyetilen plyonka materiallaridan tayyorlangan qoplarda saqlash ham yaxshi natija beradi. Oz miqdordagi uzumni sun’iy sovutish qo‘llanilmaydigan yertulalardan saqlasa bo‘ladi.
|
| |