Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash va hisob kitoblarni taqdim etish Reja




Download 79.5 Kb.
bet4/6
Sana19.12.2022
Hajmi79.5 Kb.
#35919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qo\'shilgan qiymat solig\'ini to\'lash va hisob kitoblarni taqdim etish
Menejment nazariyasi va amaliyotinining shakllanishi hamda rivojlanish bosqichlari, Joyning raqamli modeli va uning turlari, determinatlar, 1-lek, Tayyorladi 63-20 gurux talabasi Komilov Zafarbek Mavzu Gidrost-fayllar.org, 3-nazorat savollari Gidravlika, ANTIVIRUS, Chrome бўйича инструкция (2), Vedemest, СанПиН по питтанию узбекский вариант 0288 10, A.Chertov A.Vorobev. Fizikadan masalalar to plami, 2 RR Mehnat muhofazasi kitobi, 1.Amaliy mashg\'ulot, ABT dan laboratoriya ishi
faol guvohnomalar — soliq to‘lovchilar maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi amal qilayotgan guvohnomalar.
soliq qarzi — ushbu nizom talablari doirasida soliq to‘lovchi tomonidan ikki oydan ortiq vaqt davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzi.
3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda — maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish) davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ariza bilan murojaat etishi shart.
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i faqatgina belgilangan tartibda soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tgan va faol guvohnomaga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha hisobga olinishi mumkin.
5. Soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini uni hisobga olish huquqisiz to‘laydi.
Ushbu talab quyidagi muddatlardan tatbiq etiladi:
davlat ro‘yxatiga olingan paytdan — ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni tanlagan yuridik shaxslar;
majburiyat yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan — soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi Soliq kodeksining 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida belgilangan miqdordan oshgan shaxslar;
majburiyat yuzaga kelgan paytdan — Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tatbiq etilmaydigan soliq to‘lovchilar.
6. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar ketma-ketligini o‘z ichiga oladi:
soliq to‘lovchi tomonidan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani soliq organiga taqdim etish;
soliq xavflarini aniqlash;
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yoxud buni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga individual ro‘yxat raqami berish (keyingi o‘rinlarda QQS-raqam);
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish yagona reyestriga kiritish;
individual ro‘yxat raqami aks ettirilgan guvohnomani shakllantirish va uni qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisiga yuborish;
ushbu Nizomda belgilangan hollarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish.
7. Quyidagilar bilan bog‘liq barcha turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish va foydalanish chog‘ida QQS-raqamini yozib ko‘rsatish majburiy hisoblanadi:
tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilish va realizatsiya qilish chog‘idagi hisob-kitoblar, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar va transport hujjatlari;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va (yoki) uni hisobga olish va qaytarish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob va hisobot.
8. Soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlariga taqdim etiladigan elektron ko‘rinishdagi arizasini ko‘rib chiqish natijalari asosida amalga oshiriladi.

Download 79.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 79.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash va hisob kitoblarni taqdim etish Reja

Download 79.5 Kb.