Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Reja: Gazlift usulida ishlatish tavsifi. Ko’targichning ish prinsipi




Download 330,54 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2023
Hajmi330,54 Kb.
#117624
  1   2   3
Bog'liq
Gazlift


Quduqlarni gazlift usulida ishlatish

Reja:
1.Gazlift usulida ishlatish tavsifi.
2.Ko’targichning ish prinsipi.
3.Kompressor qudug’i usti jixozlari.
4.Kompressor qudug’ini ishga qo’shish.
18.1.Gazlift usulida ishlatish tavsifi
Neft qudug’ini gazlift usulida ishlatishda favvoralanish sun’iy hosil qilinadi. Bu ikkala usulning bir-biridan farqi shuki, favvora usulida energiya manbayi qatlamdan kelayotgan gaz hisoblansa, gazlift usulida ishlatishda suyuqlikni quduqdan ko’tarib olish yuqoridan haydalayotgan siqilgan havo yoki gaz energiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Agar quduqqa siqilgan havo haydalsa, bu qurilma erlift (yoki havo ko’targich) yoki sikilgan gaz haydalsa gazlift (yoki gaz ko’targich) deb ataladi. Ishchi agentni haydashda compressor qurilmasidan foydalanilsa kompressorli gazko’targich usuli, kompresor ishlatilmasa kompressorsiz gazko’targich usuli deb nomlanadi.
Kompressor usulining asosiy afzallik tomonlari:
1. Jixozlar tuzilishining oddiyligi; Quduqqa murakkab jixozlar tushirilmaydi balki tez echiladigan mexanizmlar tushiriladi.
2. Barcha jixozlarning er yuzasida joylashtirilishi:
3. Ko’p miqdorda suyuqlik olish mumkunligi;
4. Quduq debitini boshqarishning oddiyligi.
5. Ishlatish jarayonida tiqin hosil bo’lishini oldini olish mumkinligi.
6. Quduqda ajralib chiqayotgan gazlar suyuqlikning oqishiga yordam qiladi.
Kompressor usulining afzallik tomonlari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud.
1) Ko’targich va kompessor – quduq tizimining foydali ish koeffisienti kichikligi, dinamik satx kichik bo’lganda 5% dan oshmasligi;
2) Quvurning ko’p ishlatilishi, ayniqsa tiqin hosil bo’lishi mumkun bo’lgan quduqlar uchun.
3) Qimmat baho kompressor stansiyalarining qurilishi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki kompressor usulida ishlatish uchun bir quduqni jixozlash uchun ketgan xarajat nasos quduqlarini jixozlash uchun ketgan harajatdan 3-4 marta ortiq bo’ladi. Quduq debiti pasayishi bilan 1tn neft qazib olish uchun energiya sarfi ko’payadi. Shuning uchun past debitli quduqlarni kompressor usulida ishlatish yaxshi samara bermaydi.

Download 330,54 Kb.
  1   2   3




Download 330,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Reja: Gazlift usulida ishlatish tavsifi. Ko’targichning ish prinsipi

Download 330,54 Kb.