Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Reja: Gazlift usulida ishlatish tavsifi. Ko’targichning ish prinsipi




Download 330,54 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2023
Hajmi330,54 Kb.
#117624
1   2   3
Bog'liq
Gazlift

18.2.Ko’targichning ish prinsipi
Kompressor quduqlariga favvora quduqlariga tushiriladigan nasos-kompressor quvurlari tushirilib, ular bir qator yoki ikki qator qilib jixozlanadi. Ikki qatorli ko’targichda, birinchi qator quvuri (katta diametr) ishchi agentni haydash uchun xizmat qilsa, ikkinchi qator quvuri (kichik diametr) – suyuqlik ko’tarish uchun xizmat qiladi, yoki teskarisi ham bo’lishi mumkin.
18.1-rasm. Kompressor qudug’ining ishlash tarxi.
a-haydashdan oldin quduqdagi suyuqlik sathi; h-statik sath ostida ko’taruvchi quvurning botirilish chuqurligi;
b-suyuqlik quvur ortida ko’taruvchi quvur boshmagigacha bostirilgan holat; v-suyuqlikning ko’taruvchi quvurdan chiqishi.
Agar kompressor usulida ishchi agent sifatida havodan foydalanilsa, qatlam gazi bilan aralashadi va neft bilan birgalikda havo gaz aralashmasi ham chiqadi. Neftni trapda havo gaz aralashmasidan tozalashda, ajralgan aralashmani havoga qo’yib yuboriladi, chunki havo gaz aralashmasi portlovchi (6-15%) hisoblanadi. Bu aralashmani havoga qo’yish bilan Neft tarkibidagi gazni va benzin fraksiyasini yo’qatishga to’g’ri keladi. (Bu yo’qotish qazib olinayotgan neft miqdoriga nisbatan 0,8 dan 20% gacha bo’lishi aniqlangan). Ishchi agent sifatida havodan foydalanish, neft’ konini rasional ishlatish shartlaridan bo’lgan quduqni yopiq ishlatishdan foydalanishga imkon bermaydi.
Ishchi agent sifatida gazdan foydalanish, neft tarkibidagi engil uglevodorodlarni yo’qatishga yo’l qo’ymaydi, quduqni yopiq ishlatishga imkon yaratadi.
Agar quduqdan neft bilan birgalikda suv ham olinsa, ishchi agent sifatida havodan foydalanilsa, barqaror neft emul’siyasi hosil bo’ladi. Agar gazdan foydalanilsa, unga nisbatan barqaror bo’lmagan neft emul’siyasi hosil bo’ladi va ularni ajratish oson kechadi.
18.2-rasm. Havo va gaz ko’targichlari tuzilmasi.
A-xalqa tizimli bir qator ko’targich; b) ishchi muftali xalqa tizimali bir qator ko’targich; v) xalqa tizimli ikki qator ko’targich;
g) xalqa tizimli ikki qatorli poganali ko’targich (biryarimqatorli); d) G.A.Babalyan tuzilishli ko’targich; e-markaziy tizimli bir qator ko’targich.

Download 330,54 Kb.
1   2   3




Download 330,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Reja: Gazlift usulida ishlatish tavsifi. Ko’targichning ish prinsipi

Download 330,54 Kb.