Qurilish bosh planini loyihalash




Download 40.5 Kb.
Sana17.04.2024
Hajmi40.5 Kb.
#199198
Bog'liq
2-mavzu. Qurilish bosh planini loyihalash amaliyot rejasi-fayllar.org
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq

Qurilish bosh planini loyihalash

QURILISH BOSH PLANINI LOYIHALASH


Qurilishning qurilish bosh planlari.Qurilish maydoni yo’llari.Qurilish yuklarini ortish va tushirish.Material elementlarini joylashtirish.

Qurilishning qurilish bosh planlari

Qurilish bosh planini tuzilishi uchun quriladigan bino, inshoot yki kompleksning bosh plani asos bo’ladi. Qurilish bosh planlari asosan ikki xil bo’ladi: butun qurilish maydonining territoriyasini qamrab oluvchi (mikrorayon, kompleks, qurilaytgan korxona) umummaydon bosh qurilish plani va alohida bino yki kompleksga tegishli bir obhektni barpo etish territoriyasini o’z ichiga olgan alohida obhektning qurilish bosh plani

Umummaydon bosh qurilish plani QTEL tarkibiga kirib, loyiha tashkiloti tomonidan bosh pudratchi uchun ishlab chiqiladi va unda kompleksga kiruvchi obhektlarni qurilish plani va qurilish maydonida vaqtinchalik bino va inshootlarning, doimiy va vaqtinchalik kommunikatsiyalarini joylashtirilishi ko’rsatiladi. Umummaydon qurilish plani qurilishni tayyrlov va asosiy davrlari uchun yki variant sifatida tayyrlov davri obhektlarini ajratib olgan holda qurilishni asosiy davri uchun loyihalanishi mumkin.

Ob’ektning qurilish bosh plani IBLning tarkibiy qismi bo’lib, yuqori darajada aniqlashtirilib, qurilish tashkiloti tomonidan yki uning buyurtmasi asosida institutlar tomonidan ishlab chiqiladi. Alohida obhektning qurilish bosh planida umummaydon bosh qurilish planida qabul qilingan qarorlarga aniqliklar kiritiladi. Alohida obhektning qurilish bosh plani qurilishni bir necha bosqichlari uchun yaratilishi mumkin: tayyrlov davri, ―nol tsikli ― ishlari, montaj tsikli, pardozlash va tomypma ishlari.

Qurilish bosh planining vazifasi – qurilish maydonini tashkil etishning eng samarali modelini yaratish va amalga oshirish bo’lib, u ishlaytganlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishishini tahminlovchi sharoit yaratilishini, qurilish-montaj jaraynlarini eng qulay variantda mexanizatsiyalashtirilishini, qurilish-montaj mashinalaridan va transport vositalaridan samarali foydalanishni, mehnatni muhofaza qilish talablariga amal qilinishini ehtiborga oladi.

Qurilish bosh planida barpo etilaytgan binoning va ushbu maydondagi barcha mavjud va loyihalanaytgan inshootlarning masshtabdagi konturi chizilgan bo’lishi kerak. Mavjud va loyihanalaytgan tarmoq va kommunikatsiyalar, shuningdek, bor bo’lgan temir va avto yo’llar ham aks ettirilishi kerak.

Bino karkasini barpo etish uchun ishlab chiqilgan texnologiyaga bog’liq holda, qurilish bosh planida konstruktsiyalar ombori, kerak bo’lgan holda yiriklashtirib yig’ish maydoni ham joylashtiriladi. Material va konstruktsiyalarni omborga tashib kelish uchun mavjud yo’llardan foydalaniladi, zarur bo’lgan holatda qoplamasi IBLda keltirilgan vaqtinchalik yo’llar loyihalanadi. Qurilish bosh planida o’ziyurar mexanizm va kranlarning to’xtash joylari va harakat yo’llari, minorali kranlar va ularning kranosti yo’llari ko’rsatilishi kerak. Shuningdek, konstruktsiyalar montajidagi xavfli zonalar va to’siqlar yki xavfli zonani ko’rsatuvchi belgi-ko’rsatkichlarni joylashtirilishi aks ettirilishi kerak.

Qurilish bosh planini loyihalashning asosiy qoidalari:

Qurilish bosh planida qabul qilingan qarorlar bosh plan va KTEL (IBL)ning bo’limlari bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak.Qabul qilingan belgilashlar amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishi

kerak.

Qurilish bosh planining barcha obhektlari qurilish uchun ajratilgan maydonda oqilona joylashtirilgan bo’lishi kerak.Yuk va inson oqimlarini oqilona tashkil etish mo’ljallangan bo’lishi



kerak;

Vaqtinchalik bino va qurilmalar qurilishga muljallanmagan territoriyada

joylashtiriladi va ular qurilish tugaguniga qadar turadi.

Vaqtinchalik qurilish hajmi doimiy binolar, yo’llar va yer osti komunikatsiyalaridan foydalanish hisobiga minimalg’ bo’lishi kerak.Vaqtinchalik binolar uchun yig’iladigan va bo’laklarga ajratiladigan inventarg’ ko’chma vagoncha va konteynerlardan foydalanish kerak.Yig’ma konstruktsiyalar va ko’p foydalaniladigan materiallar uchun omborlarni ular ko’p ishlatiladigan joyga yaqin joylashtirish kerak.Kranlarni joylashtirilishi barcha qurilish montaj ishlarini qabul qilingan texnologiya asosida va qurilish grafigiga amal qilgan holda bajarilishini kafolatlashi kerak.Obhekt qoshidagi omborlar kranlar ishlaydigan zonada va bevosita yo’lga yaqin bo’lishi lozim.Begonalar kirmasligi uchun qurilish maydoni to’silgan bo’lishi kerak.Sanitar va ekologik normalarga amal qilgan holda, ishlarni xavfsiz va zararsiz bajarilishini tahminlash zarur.Yong’inga qarshi xavfsizlik, yo’llar, yo’lkalar, va ish joylarini yritish kafolatlangan bo’lishi kerak.

Qurilish bosh planlarini loyihalash uchun qushimcha tavsiyalar:

vaqtinchalik binolar va omborxonalarni sanitar holatini ehtiborga olgan holda va ularning uzaro ymon tahsiriga yo’l qo’ymaslikni tahminlab joylashtirish kerak;vaqtinchalik binolar, inshootlar va konstruktsiyalar qurilish maydonidagi doimiy muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalariga yaqin joylashtiriladi;yrdamchi-xo’jalik obhektlarni joylashtirish uchun joy tanlaganda, ularga kerakli vaqtinchalik injener tarmoqlari , vaqtinchalik yo’llar va yayv yurish yo’lkalariga xarajat kam sarf bo’lishiga erishish kerak;konstruktsiyalar, materiallar va uskunalarni ochiq omborlari montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi;yqilg’i va ynuvchi materiallarning ombori boshqa obhektlardan kamida 20...30 m narida joylashtiriladi;konstruktsiya va jihozlarni yiriklashtirish maydoni, yiriklashtirilgan bloklarni montaj zonasiga xavfsiz yetkazilishini tahminlaydigan joylarda quriladi;xizmatchilar binosi, xonalar, vagonchalar – ish yurituvchi, dispetchr, dam olish xonalari, sanitar-xizmat binolari qurilish maydonining kirish qismiga yaqinroq joylashtiriladi;qurilish maydonidagi yo’llar, aylanma yo’llar , avtomobilg’larni burilishi va to’xtab turishi uchun maydonchalar bilan quriladi;doimiy muhandislik tarmoqlarini umumiy kollektorda, yo’lni yuradigan qismidan va kranosti yo’llaridan chetda joylashtirish tavsiya etiladi;er ustida yki yerdan bir oz balandlikda joylashtirilgan vaqtinchalik tarmoqlar doimiy tarmoqlar trassasi chegarasida joylashmasligi kerak.

Konstruktsiyalar omborini loyihalash

Yig’ma konstruktsiyalar omborlarda shtabellarda yki kassetalarda vertikalg’ holda ishlovchi konstruktsiyalar – devor panellari, fermalar va boshqalar joylashtiriladi.

SHtabellar orasidagi o’tish joylari 0.4 dan 1 m gacha kenglikda ko’ndalangiga har 20...30 m da va bo’ylamasiga har 2 shtabeldan keyin tashkil qilinadi.

Transport vositalari va ortuvchi-tushiruvchi mexanizmlar harakati uchun 3...4 m kenglikdagi tor yo’llar kamida har 100 m da barpo etiladi.

Omborlar kengligi shunday hisob bilan olinadikim, elementlar qushimcha ko’tarish va siljitishlarsiz bir marta ko’tarilishi, yahni ular xizmat qilaytgan kranning harakat zonasida bo’lishi kerak.

Yig’ma elementlar omborda, transport vositalarida tashilgan holatidagidek joylashtiriladi. Gorizontalg’ taxlanadigan konstruktsiyalar orasiga yg’och tagliklar va ular orasidagi masofa konstruktsiyalarni ishlash sharoiti bilan bog’liq holda qo’yiladi.

Elementlarni omborda joylashtirilishi alohida, yahni bir tipdagi elementlar bir yerda taxlanadi va guruhli, yahni turli tipdagi elementlar bir yerda taxlanib, ularni montaji kranning bitta turar joyidan amalga oshiriladi.

Qurilish maydoni yo’llari

Qurilish avtoyo’llari, qurilish maydonini umumiy avtomobilg’ yo’llarini tarmog’i bilan bog’lovchi shoxobcha yo’llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo’llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo’llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo’llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo’llar asosiy obhekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi.

Qurilish maydonida yo’llar berk va halqasimon bo’lishi mumkin. Berk yo’llarni oxirida aylanish maydonchalari, o’rta qismida kerakli holatda razhezdlar bo’lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi

3.8 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo’lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar yo’l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo’lsa, yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lishi kerak va yo’lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. (3.2-rasm).

Yuk ko’taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo’lgan og’ir mashinalar qo’llanilganda, yo’lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o’lchovli yuklar yetkaziladigan bo’lsa yo’llar kengligi qo’shimcha oshirilishi mumkin.


Temirbeton yo’l plitalari sifatida plandagi ko’rinishi to’g’riburchakli yoki ponasimon plitalar qo’llaniladi

Maydon ichidagi avtomobil yo’llari:

1 – halqasimon yo’l; 2 – berk yo’l;3 – razhezd; 4 – burilish; 5 – halqasimon yo’lni kengaytirilgan qayriladigan qismi

Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo’llar:

a – izli, to’g’riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o’zi ikkitomonlama; v – transport razhezdida yo’lni kengaytirilishi; g – ponasimon

shakldagi plitalardan; 1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok.

Qurilish yuklarini ortish va tushirish

Qurilish yuklarini obhektga ko’chirishda jo’natiladigan yerda ularni ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo’ladi. Bu operatsiyalar to’liq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va maxsus mashinalar va mexanizmlar qo’llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil ishlashi mumkin yki transport vositalarini konstruktiv qismining bo’lagi bulishi mumkin.

Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj kranlari, tsiklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko’chuvchi lentali konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to’shiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga avtomobil- samosvallar, o’zi yuk tushiruvchi platformali transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi.

Qurilishda kichik o’lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket va konteynerda tashish keng qo’llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga joylashtirilgan yuk to’pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo’lishi kerakki, uni ko’chirish bosqichlarida shakli o’zgarmasin.

Konteyner – ko’p marta qo’llaniladigan inventar qurilma yoki idish. Universal konteynerlar ypiq, ortish va tushirishni tahminlaydigan moslamalar bilan jihozlangan turli kategoriyali yuklarni tashishga mo’ljallangan. Maxsus konteynerlar konstruktsiyasi mahlum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar, pardozlash plitkalari, linoleum, bino sektsiyasi uchun elektromontaj armaturasi va boshqalarni tashish uchun yaratiladi

Ko’p qavatli sanoat binolari yig’ma konstruktsiyalarini taxlash :

a – ustunlar; b – rigellar; v – ypma plitalari; g – zinapoya marshlari




Elementlar

Qatorlar soni,
elementlarni joylashishi

Taxlanish balandligi, m

SHtabellarda







Poydevor bloklari va
yostiqlari, yerto’lalar bloki

4







2.2 gacha
Ustunlar,(kolonnalar)

3...5



Rigelg’, progon,
peremichkalar

3...4

2.0 gacha

Oraypma plita va
panellari

8...10

2.5 gacha

Balandligi 2 m dan baland

Vertikal



yirik devor bloklari





Xona o’lchoviga mos
oraypma panellari

Vertikal,
ytiq



Zinapoya marshlari

5...6 ( zinalar yuqoriga)



Zinapoya maydonchalari

4 gacha



Kassetalarda







Devor panellari, balka (to’sin) lar , fermalar, kran
osti balka (to’sin) lari

1 qator vertikal holatda



http://fayllar.org
Download 40.5 Kb.




Download 40.5 Kb.