|
Qurilish materiallari sanoati
|
bet | 2/4 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 287,5 Kb. | | #260174 |
Bog'liq MATERIALLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISHQimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, tog` xrustalli, ametist, nefrit, lazuritlarning ham yirik-yirik zahiralari topilgan. Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sanoati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko`p qo`shma korxonalar paydo bo`ldi. Natijada ko`p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o`sib bormoqda. - Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, tog` xrustalli, ametist, nefrit, lazuritlarning ham yirik-yirik zahiralari topilgan. Mustaqillik yillarida qurilish materiallari sanoati ham deyarli qayta qurildi, zamonaviy uskunalar, yangi texnologiya asosida jihozlantirildi. Juda ko`p qo`shma korxonalar paydo bo`ldi. Natijada ko`p miqdorda va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tez o`sib bormoqda.
- Mamlakat qurilish materiallari sanoatiga oid korxonalarda sement, sement-asbest, devorbop materiallar, ohak, gips, temir-beton konstruktsiyalari, deraza oynalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq xildagi mahsulotlar tayyorlanadi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida qurilish materiallari sanoatining hissasi 5,5 foizni tashkil etadi.
Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va geografiyasi - Qurilish materiallari sanoati o`z ishlab chiqarish xususiyatiga qarab bir qator tarmoqlarga bo`linadi.
- Sement sanoati. Resupblikadagi qurilish industriyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkova sement zavodi (hozirgi Bekobod sement kombinati)dir. 1927 yili O`zbekistonda hammasi bo`lib 7,7 ming t. sement olishga muvaffaq bo`lingan. Respublikaning sementga bo`lgan ehtiyojini ortishi tufayli 1932 yilda Quvasoy sement zavodi ishga tushurildi. Urushdan keyingi yillarda Angren (1947 y.) keyinchalik Ohangaron (1962 y.) va Navoiy (1977 y.) sement kombinatlari ishga tushurildi. Hozirda respublika sement tarmog`ida yiliga 5 mln. t. dan ko`proq sement ishlab chiqaradigan 5 yirik korxona ishlaydi. Sement korxonalarida sementning hamma turlari, shifer, asbosement quvurlar, mineral paxta (vata) va undan tayyorlangan buyumlar, sement qum cherepitsalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Respublikada yiliga 470 mln. shartli taxta (plita) hisobida shifer ishlab chiqariladi. Tekis va to`lqinsimon shiferlar Ohangaron, Quvasoy, Bekobod sement kombinatlarida tayyorlanadi.
|
| |