Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish




Download 445.5 Kb.
bet9/9
Sana19.02.2024
Hajmi445.5 Kb.
#158998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elbekjon kurs ishi 2
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
2.3. Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish

Texnlogik jarayonlar asosiy va yordamchi qismlarga bo‘linadi. Asosiy jarayonlarda xom ashyolardan beton qorishmasi, to‘rlar, sinchlar va ulardan buyumlar tayyorlanadi. Qo‘shimcha jarayonlarda xom ashyolar va buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi, taxlanadi va x.k.


Texnologik jarayonning asosiy tavsifi-bu aloxida siklning bajarilishi va uning bajarilishi jarayonida buyumning bir postdan ikkinchi postga siljib borishidir. Alohida sikl-bu alohida texnologik jarayonlarning ma’lum ish joyida bajarilishidadir (qoliplarni tayyorlash sikli, armaturalash sikli, quyish sikli va x.k.). Alohida sikllar yig‘indisidan texnologik sikl vujudga keladi.
Alohida sikllarning to‘liq vaqti davomiyligi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Te=T0 · (1+ ) (2.3)
bu erda– Te asosiy va qo‘shimcha jarayonlar vaqti yig‘indisi, min; D- qo‘shimcha vaqt sarfi, T0 nisbatan foiz hisobida.
Alohida sikllarning to‘liq vaqti hamma jarayonlarni bajarish uchun ketgan vaqtlarga hamma vaqt ham teng bo‘lavermaydi, chunki ba’zi jarayonlar bir vaqtda parallel bajarilishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton korxonalarida elementar sikllar ketma-ket keluvchi mexanizatsiyalashgan va qo‘lda bajariladigan jarayonlardan iborat bo‘ladi. SHu sababli mashina va mexanizmlar hamda zveno ishchilari orasida umumiy bog‘lanish bo‘lishi kerak. Hisoblashlar quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Postlarning texnologik hisobiy sxemasini ishlab chiqish.

  2. Aloxida sikllardagi jarayonlarning bajarilish vaqtini tasdiqlash.

  3. Hisoblash parametrlarini aniqlash.

Postlarning texnologik hisobiy sxemasi alohida sikllarni bajarish uchun kerak bo‘ladigan uskunalar va ishlab chiqarish ob’ektlarini bildiradi. SHu sababli postlarning sxemasini ishlab chiqishda undagi jihozlarning ratsional joylanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Asosiy va qo‘shimcha jarayonlarning parallel bajarilishini ta’minlash lozim. YA’ni, betonquygichning bo‘sh yurishi kamroq bo‘lishi, armaturani taranglovchi qurilmalar buyumni armaturalash postidan uzoq bo‘lmasligi kerak va x.k. Hisoblash parametrlariga quyidagilar kiradi: ish hajmi, mashinalarning ishlash va bo‘sh yurish masofalari, texnologik rejimlar, qo‘lda bajariladigan ishlar va ishlarning vaqt me’yori, ishlab chiqarilgan buyumning yuqoriga yoki yon tomoniga siljitilishi vaqti.
Alohida sikllarning davom etish vaqtini aniqlash uchun siklogramma quriladi. Siklogrammada alohida jarayonlarning bajarilish vaqti aniq topiladi. Siklogrammani qurish uchun oldin postlarning sxemasi joylashtiriladi. Siklogrammada ordinata o‘qi bo‘yicha vaqt minutlarda, absissa o‘qi bo‘yicha masofa metrlarda belgilanadi. Siklogrammada mashina va mexanizmlar, ishchilar, shuningdek qolipning buyum bilan birgalikdagi ishlash jarayoni va harakatlanish nuqtalar va chiziqlar bilan belgilanadi.
Absissa o‘qidagi har qanday chiziqning proeksiyasi mashina qancha masofaga xarakatlanganini bildiradi. Agar chiziq absissa o‘qida bir nuqtaga proeksiyalansa, demak mashina bironta jarayonni harakatlanmasdan bajarmoqda, yoki jarayon qo‘lda ishchilar yordamida bir joyda bajarilayotganini bildiradi.
Ordinata o‘qidagi har qanday chiziqning proeksiyasi keyingi jarayonni bajarish uchun ketgan vaqtni bildiradi. Siklogrammadagi liniyalar ordinata o‘qiga nisbatan α burchakga og‘gan bo‘ladi. Burchak qancha kichik bo‘lsa, mashinaning shu masofani bosib o‘tish vaqti shuncha ko‘p bo‘ladi. Mashinaning harakatlanish tezligi siklogrammada burchak α ning tangensi orqali belgilanadi, tgα= .
Misol uchun, betonquygichning ishlash siklogrammasi quyidagicha quriladi: (2.1 rasm).

2.1 rasm. Beton quygichning ishlash sxemasi.

Sxema bo‘yicha betonquygichning vaziyati quyidagicha:


I-beton qorishmasi yuklangan vaqt; II-qolipga beton qorishmasini quyishdan oldingi vaziyat; III-betonquygichning qolipga betonni quyib o‘tganidan keyingi vaziyat. I, II, III-vaziyatdagi nuqtalardan absissa o‘qiga perpendikulyarlar tushiriladi va betonquygichning xarakatlanish masofalari aniqlanadi. Jarayonlarning analitik hisoblashlar asosida topilgan bajarilishi vaqtlari ordinata o‘qi bo‘yicha joylashtiriladi. Ordinata o‘qidagi har bir jarayonning boshlanish va tamom bo‘lish vaqtlari nuqtalaridan perpendikulyarlar o‘tkazilib, absissa o‘qiga o‘tkazilgan perpendikulyarlarda kesishgan kerakli nuqtalar topiladi va x.k. Demak, stklogrammaning “a-b” uchastkasida betonquygichga beton qorishmasini yuklash vaqti ko‘rsatilgan (t1; min); “b-v” betonquygichning qolipga siljib kelishi (masofa l1 ;m, harakatlanish vaqti t2 ;min); “v-g” betonquygichning ishlab turgandagi harakati (t3;min); “g-d”-betonquygichning qorishmani quyish va uni joylashtirishdagi turib qolgan vaqti (t4;min); “d-e”-betonquygichning oldingi I-vaziyatga qaytishi (t5 ;min).
Texnologik jarayonlarni bajaruvchi istalgan mashina va mexanizmlarning ishlash siklogrammasi yuqoridagidek tartibda quriladi.
Download 445.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 445.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish

Download 445.5 Kb.