Quyosh,shamol, daryo,dengiz va okeanlar energiyasi, yerning ichki energiyasi




Download 19.81 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi19.81 Kb.
#88241
Bog'liq
GLOSSARY
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari

GLOSSARIY
Energetika – energetik resurslar,ishlab chiqarish, uzatish, o‘zgartirish, akkumulyasiya qilish, tarqatish va turli ko‘rinishdagi energiyalardan foydalanish tizimlarini qamrab olgan iqtisodiyot, ilm va texnika yo‘nalishi.
Energetik tizim (energotizim) – elektrostansiyalar,bir- biri bilan ulangan va uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida umumiy rejimga bog‘liq elektr va issiqlik tarmoqlari, elektr va issiqlik energiyasini bir turdan boshqa turga o‘zgartirish va taqsimlash rejimini umumiy boshqarish majmuasi
Energiya tashuvchi – turli agregat xolatdagi(qattiq, suyuq va gaz) modda va materiyani boshqa ko‘rinishidagi (plazma, maydon nurlanish va h.k) ma’lum bir zenrgiyaga ega bo‘lib energiya bilan ta’minlash maqsadida foydalanuvchi modda.
Qayta tiklanuvchan yoqilg‘i energetik resurslar – tabiiy jarayonlar natijasida uzluksiz to‘ldirib turiladigan tabiiy energiya tashuvchilar.
Qayta tiklanuvchan yoqilg‘i energetik resurslar, qayta tiklanuvchan energiya manbalariga asoslangan:
- Quyosh,shamol, daryo,dengiz va okeanlar energiyasi, yerning ichki energiyasi
- Barcha ko‘rinishdagi biomassa energiyasi
- Ishlab chiqarish, maishiy qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilinishidan olinadigan energiya
- O‘simliklar biomassasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqish orqali olinadigan energiya
Noan’anaviy qayta tiklanuvchan energiya manbalari – biomassasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqish va gidroenergiyadan boshqa barcha turdagi qayta tiklanuvchan energiya manbalari.
Qayta tiklanadigan energetika - qayta tiklanuvchan energiya manbalarini boshqa turdagi energiyaga aylantirish soha.
SHamol energetikasi - shamol energiyasidan foydalanib mexanik, issiqlik va elektr energiyasi olish bilan bog‘liq bo‘lgan soha.
Gidroenergetika - suv resurslaridan foydalanib mexanik energiya olish bilan bog‘liq bo‘lgan soha.
Quyosh energetikasi - quyosh energiyasidan foydalanib issiqlik va elektr energiyasi olish bilan bog‘liq bo‘lgan soha.
Quyosh yordamida issiqlik bilan ta’minlash - quyosh nuridan isitish, issiq suv bilan va iste’molchilarni texnologik extiyojlarini ta’minlash maqsadida foydalanish.
Quyosh yordamida issiq suv bilan ta’minlash - quyosh nuri energiyasidan, maishiy- kommunal va texnologik zaruriyatlar uchun suvni qizdirib berish maqsadida foydalanish.
Quyosh elementi - quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirishning turli fizik omillariga asosan ishlab chiqarilgan element.
Quyosh fotoelektrik elementi - fotoeffekt asosidagi quyosh elementi.
Quyosh kollektori – quyosh nuri energiyasini yutib uni issiqlik energiyasiga o‘zgartirib beruvchi qurilma.
Quyosh energiyasi konsentratori – nurlarni qaytish va sinish xususiyatlariga asoslangan quyosh nuri oqimi zichligini oshirish uchun optik qurilma.
Quyosh nuri bilan isitishning aktiv tizimi – iste’molchini isitish bo‘yicha yuklamasini to‘la yoki qisman qamrab olish maqsadida quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini qizdirish uchun quyosh energiyasidan foydalanuvchi tizim.
Quyosh nuri bilan isitishning passiv tizimi –quyosh energiyasidan foydalanilgan tizim. iste’molchini isitish bo‘yicha yuklamasini to‘la yoki qisman qamrab olish maqsadida quyosh kollektorlaridan foydalanilmasdan quyosh energiyasini qabul qiluvchi va akkumulyatorlar sifatida bino va inshootlarning konstruktiv elementlaridan foydalanuvchi tizim.
Muqobil energiya manbalari - Qayta tiklanadigan energiya manbalari: quyosh, shamol, termal suvlari, daryo, dengiz, okean suvlarining energiyasi
An’anaviy energiya manbalari - Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari: ko‘mir, neft, tabiiy gaz, yader yoqilg‘i
Qayta tiklanadigan energiya manbalari -Quyosh, shamol, termal suvlari, daryo, dengiz, okean suvlarining energiyasi
Birlamchi energiya manbalari -Qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan energiya manbalari
Yoqilg‘i-energetik resurslar -texnika va texnologiyani taraqqiyoti bo‘yicha xo‘jalik doirasida foydalanish uchun zaxiradagi qazib olinayotgan yoqilg‘i va ishlab chiqarish energiya tashuvchilar majmuasi
Qayta tiklanuvchan yoqilg‘i energetik resurslar - tabiiy jarayonlar natijasida uzluksiz to‘ldirib turiladigan tabiiy energiya tashuvchilar
Fokuslaydigan quyosh kollektori -quyosh energiyasini konsentratsiya qilib issiqlik energiyasiga aylantirish elementi
Yassi quyosh kollektori- quyosh energiyasini konsentratsiya qilmasdan turib issiqlik energiyasiga aylantirish elementi
Quyosh batareyasi- quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirishning turli fizik omillariga asosan ishlab chiqarilgan element
Download 19.81 Kb.




Download 19.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh,shamol, daryo,dengiz va okeanlar energiyasi, yerning ichki energiyasi

Download 19.81 Kb.