|
-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
|
bet | 107/121 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #148537 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
9-modda. Auditorlik tekshiruvi
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va Qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o’tkaziladi.
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi kerak:
aktsiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug’urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar; (O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish hayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablag’larining hosil bo’lish manbalari Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishi bilan kelishib olinadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o’tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo’ladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo’lib to’lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to’lanishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishdan ozod qilmaydi. (O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)
|
| |