Reja. Informatsion texnologiya va sun’iy aql mantig‘i




Download 45,66 Kb.
bet4/6
Sana19.05.2024
Hajmi45,66 Kb.
#243606
1   2   3   4   5   6
Reja. Informatsion texnologiya va sun’iy aql mantig‘i

Hozirgi davrda informatsion – kompyuterli inqilob jarayoni sodir bo‘lmoqda. Bu inqilob falsafaga, bilish nazariyasiga ta’sir qilmay qo‘ymaydi.
Informatsion – kompyuterli inqilobni ajoyib natijalardan biri “iyetellektual texnologiya” tizimini yaratish bo‘ldi. Intellektual texnologiya turli unsurlardan tashkil topgan.
Bularga: kompyuterlar, dasturlar, bilimni kompyuterda gavdalantiradigan modellar, freymlar kiradi.
Informatsion texnologiyani ma’lumotli yoki bilimli asosini informatsion tizim tashkil qiladi.
Shuni aytish kerakki, o‘ziga xos informatsion tizimlar hayvonlarda, inson faoliyatida, kompyuterlarda mavjuddir.
Informatsion tizim mantiqiy hukmlar tuzish, tahlil va umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, tashqi obyektlarni qilishga qobil bo‘lsa u intellekiual tizim hisoblanadi.
Kompyuterlar mantiqni qonunlari va algoritimlarga asoslangan dastur bo‘yicha operasiyalarni (amallarni) bajaradilar.
Ikki ma’noli mantiq
Ko‘p ma’noli mantiq
Potfizoda Lotari Zodani noaniq ma’noli mantiq ta’limoti. Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan modelni (bu model biron bir xodisa yoki jarayonni tasvirlaydi, ifodalaydi, ma’lumot berdi) gavdalantirilgan bilim deyish mumkin. Informatsion muloqot jarayonida tashqarida gavdalantirilgan bilim axborot shaklida kompyuterda mavjud bo‘ladi. Insondagi bilim “jonli” ya’ni ong osti psixik (ruxiy) jarayonlar, idrok, aql, iroda, maqsad kabi subyektiv omillar va hodisalarni murakkab o‘zaro ta’sirini mujassamlashtirilgan ma’naviy hosila sifatida paydo bo‘ladi.
Kompyuterdagi gavdalantirilgan bilim asosan formal mantiq asosida paydo bo‘lgan ma’lumotlar va modellar tizimdir.
Kompyuterda gavdalantirilgan bilim ma’lum tuzilishiga, strukturaga ega. Bunday struktura kompyuterda sodir bo‘ladigan operasiyalarni ketma-ketligini, bir tahlil qilish va umumlashtirish darajasidan ikkinchisiga bosqichma-bosqich o‘tishini belgilaydi.
A. Nyuelni izdoshi Z.Pilishin intellektual tizimlarga xos bo‘lgan funksional arxitekturalar tushunchasini ishlab chiqdi.
Funksional arxitektura aqliy jarayonni (hisoblash, tahlil qilish, tavsiflash kabi funksiyalarni) amalga oshiradigan, ma’lum tuzilishga ega bo‘lgan operasiyalar (bajariladigan ishlar) tizimdir.

MIYA VA KOMPYUTER ANA SHUNDAY TIZIMLARDIR.


1968 yilda M.Killian semantik turlar uslubini taklif etdi. Bunda u kompyuter uchun tayyorlangan va dasturga kiritilgan atamalarni mazmunini bilan barcha, bir butun matnlar, funksional arxitekturalar mazmuni va ma’nosini oldingi tajriba, yangi kiritilayotgan ma’lumotlar konteksti, turli sharoitlar va omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkinligini hisobga olgan.
Oldingi intellektual modellar, ular asosini tashkil etgan dasturlar aynan, o‘zgarmas ma’noni bildiruvchi mantiqiy predikatlar va hukmlardan tuzilgan. Killiani esa modellarning unsurlari bo‘lgan hukmlar yoki matnlar blokini ma’nosini o‘zgarishi mumkin, degan fikrni bildirdi. Ma’noni o‘zgartiruvchi omil-o‘zgargan vaziyat, o‘zgartirib borayotgan holatdir.
An’anaviy dedektiv xulosa chiqarish chin hukmlardan (asoslardan) faqat chin oqibat, xulosa kelib chiqadi degan da’voga tayanadi.Lekin o‘zgargan vaziyat hisobga olinadigan bo‘lsa, unda xukm va xulosani ma’nosi ham o‘zgarishi mumkin.
Masalan: FILLAR 4 OYOQQA EGA
BETSI – fil

Aytaylik, xulosa chiqarish paytda Betsini oyog‘i operasiya qilindi, amputaksiya qilindi. Unda xulosa yolg‘on bo‘lib chiqadi.


80-yillarni boshlarida sun’iy aql yo‘nalishini asoschilaridan biri Dj.Mokkarti insonlarni fikrlash uslubi yoki jarayoniga yaqin keladigan noaynan mantiq, ma’nosi o‘zgaruvchan hukmlar mantig‘i g‘oyasini olg‘a surdi. Noaynan mantiq, o‘zgargan sharoitlarni hukmlar ma’nosida aks ettirib tuzatish kiritish qoidasini ta’riflaydi.
M.Killian va J.Makkartini g‘oyalari keyinchalik “uchrashib” semantik turlar g‘oyasini keltirib chiqarishda muhim rol uynaydilar.
Matematik model ko‘rinishida semantik turlar belgilar orqali ifodalangan grafalarni tashkil qiladi. Grafadagi chiziqlar uchrashgan bug‘unlarda ma’nolariga qarab tartiblashtirilgan tushunchalar joylashgan.
Tushuncha yoki atamalarni joylashishi mazmun va ma’noga qarab ma’lum tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Kalian va Makkarti g‘oyalari ko‘p jarayonli kompyuterlar tizimida, shunday tizimlar majmuasini funksiyalarini boshqarish ishida tatbiq қilina boshlandi.
Kornegi-Mellan universiteti aspiranti “Teran tafakkur” deb nomlangan kompyuterli shaxmat dasturini yaratdilar. Bu dastur shaxmat reytingida oliy kategoriya malakasiga muvofiq keladigan yuqori o‘rinni egalladi. Jahon chempioni Garri Kasparov bilan o‘tkazilan ikkita matchda “Teran tafakkur” shaxmat dasturi mag‘lub bo‘ldi. Dastur mualliflari Kasparov kompyuterni adashtirishga, xato yo‘l yurishga majbur qilgan holatni vujudga keltirdi deb ta’kidladilar.




  1. Download 45,66 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 45,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja. Informatsion texnologiya va sun’iy aql mantig‘i

Download 45,66 Kb.