|
reja. Kompyuter va sun’iy aql muammosi
|
bet | 2/6 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 45,66 Kb. | | #243606 |
reja. Kompyuter va sun’iy aql muammosi
Kibernetika fangi paydo bo‘lgandan keyin, kompyuterli tizimlarni yaratishga yo‘l ochildi. Bu esa o‘z navbatida inson tafakkuri va bilish qobiliyatiga qiziqishni kuchaytirib yubordi. Asrimizning 60-70 yillarida kompyuterli tafakkur bormi? “Mashina fikrlay oladimi? Degan savollar bo‘yicha baholar bo‘lib o‘tdi.
Mana shunday izlanishlar, bahslar muhitida, “sun’iy intellekt” yoki “sun’iy aql” deb nomlangan ilmiy yo‘nalish shakllandi. Bu yo‘nalish muammolari bilan fiziklar, matematiklar, tilshunoslar, ruhiyatshunoslar, mantiqshunoslar va faylasuflar shug‘ullana boshladilar.
Mazkur yo‘nalish bitta shaxobchasini tafakkurini kompyuterli modellashttirish muammosi tashkil qiladi. Bu muammo doirasida insonni bilish qobiliyatini kompyuterda ma’lumotni qayta ishlash jarayoni bilan taqqoslash, ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashlikni aniqlash orqali o‘rganish masalasiga katta e’tibor beriladi.
Inson tafakkurini kompyuterda modellashtirish muammosidan maqsad inson aqli bajaradigan axborotni qayta ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi funksiyalarni kompyuterga topshirish edi.
Bunday ehtiyojni keltirib chiqargan omil shuki, inson tobora murakkab, ko‘p sifatli, ko‘p jarayonli, vaqt va makon intervali o‘ta katta yoki uchta kichik obyektlar bilan ishlay boshladi. Bunday obyektlardan olingan ma’lumotlarni, ularni o‘ta ko‘pliligidan, inson aqli qayta ishlashga ojizlik qila boshladi. Asosan sodda mantiqiy qoidalarga asoslangan funksiyalarni kompyuterlarga topshirish inson uchun ijodiy mehnat kulamini oshirar edi. Shunday qilib inson aqlini tahlil umumlashtirish gnoseologik modellar tuzish qobiliyatlarini kompyuterlarga topshirish vazifasi qo‘yiladi, bu vazifani amalda bajarish ishlari boshlanib ketdi.
Inson aqli funksiyalarni EHM va kompyuterlarga topshirish muammosi bilan shug‘ullanish jarayonida sun’iy aql paydo bo‘ldi.
Tabiiy intellekt
Sun’iy intellekt
Sun’iy aql yo‘nalishi doirasida bajarilgan ishlamalar va loyixalarni yaratishdan maqsad – kompyuterlar yordamida axborotlarni ma’lumotlarni qayta ishlash orqali ishonchli bilim va ma’lumot bilan kompyuterdan foydalanuvchilarni qurollantirishdir.
Ishonchli ma’lumot – kompyuterga kiritilgan ma’lumotni dastur asosida qayta ishlab chiqish jarayonini natijasidir.
Sun’iy aql sohasida ishlaydigan tadqiqotchilar kompyuterdan olingan ma’lumotni bilim deb tushunadilar.
AXBOROT - KOMPYUTER - MA’LUMOT
Lekin bu ma’lumot faylasuflar e’tirof etgan bilimi yoki yo‘qmi, ma’lumot moddiy yoki ideal xarakterga ega ekanligi, bilish va uni ifoda etuvchi vositalar nisbati, kabi masalalar bilan sun’iy aql mutaxassislari qiziqishmaydi. To‘g‘ri, sun’iy aql yo‘nalishlarini asoschilari muammoni metodologik yoki falsafiy tomonlarga oid mulohazalarini aytib turishadi.
|
| |