|
Dunyo axborot oqimlarini nazorat qilish
|
bet | 107/118 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 8,17 Mb. | | #240348 |
Bog'liq R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkeDunyo axborot oqimlarini nazorat qilish.
Hozirgi paytda jamiyatda faol muhokama etilayotgan eng muhim muammolardan biri axborotli qarshi kurash hisoblanadi. Bunday urush axborot quroli yordamida olib boriladi, u “mohir qo‘llarda” telekommunikatsiya va axborot tizimlarini zararlaydigan qo‘rqinchli vosita bo‘lib qoladi. Davlatning telekommunikatsiya va axborot infratuzilmasining muhim ob’ektlarini zararlab, uning mudofaa qobiliyatini keskin tushirib yuborishi mumkin va shu yo‘sinda keyingi “issiq” urush oqibatlarini oldindan aniqlashi mumkin.
Dunyo axborot oqimlarini nazorat qilish. Amerika kriptografiya tarixchisi Devid Kann buyuk hukumatni aniqlash uchun uch mezonni kiritdi (11.10-rasm):
11.10-rasm. Dunyo davlatlarini aniqlash mezonlari
Sivilizatsiyani rivojlanishining zamonaviy bosqichida buyuk hukumat va boshqa qolgan dunyo orasidagi chegarani kuzatish mumkin. Bu birinchi navbatda buyuk hukumatni aniqlashda yangi mezonning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu yangi mezonlar, davlat tomonidan dunyo axborot oqimlarini maksimal darajada nazorat qilishni ta’minlash qobiliyati hisoblanadi.
Bu mezondan foydalanishning muhimligini tushuntirish lozim:
- globallashtirish jarayonlari;
- dunyo sivilizatsiyasini yoppasiga axborotlashtirish va uni davlat, jamiyat va insoniyatning barcha faoliyat sohalariga kirib borishi;
- global elektron (tarmoq) axborot resurslarini yaratish, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat infratuzilmasini tashqi hamda ichki siyosiy faoliyatga va iqtisodning barcha sohalari ishining samaradorligiga, umumgumanitar va ijtimoiy dasturlarni (tibbiyot ham kiradi) amalga oshirishga, ilmiy potensialni oshirish, jamiyatning intellektual-madaniy ommasini saqlashga ta’sir qiladi;
- xalqaro terrorizmning o‘sishi va uning umumjahon stabilligiga putur yetkazishga urinishlari.
Dunyo axborot oqimlarini nazorat qilish (DAONQ) - bu nafaqat radioelektron razvedka (shpionaj) va axborot olish (RER). Bu yangi sifatli RER. Bu RER olib borishning odatiy usullaridan chetga chiqishdir. DAONQ asosida axborotlarni aniqlash va olishni tarmoq prinsiplari yotadi. Bu prinsiplar talab qilinadigan axborot va resurslarga kirishni “engillashtirish/soddalashtirish” maqsadidagi faol tadbirlarni ko‘zda tutadi. Buning uchun xizmat axborotiga maxsus kirish bo‘lishi kerak, u o‘z navbatida telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining normal ishlash qobiliyatini ta’minlaydi.
DAONQning yangiligi yana shundan iboratki, bu yerda gap axborot-telekommunikatsion muhitning yangi shakli, ko‘pincha “kibermuhit” deb ataluvchi haqida boradi. Kibermuhitning paydo bo‘lishi jahon sivilizatsiyasining rivojlanishi va uyg‘unlashishiga ijobiy hamda samarali omillarning ta’siri bilan birgalikda shaxs, jamiyat, davlat va butun insoniyatga yangi tahdid turlarini olib keldi. Shuning uchun DAONQ:
- bir tomondan, bu qarshi kurashishning, ayniqsa axborotli (axborot -texnologik), yangi turining paydo bo‘lishi;
- boshqa tomondan, bu yangi “kibertahdid”ni amalga oshirishda salbiy oqibatlarning aks etishi va ogohlantirish shakli. Bundan tashqari, DAONQ-bu davlat milliy xavfsizligini, oxir oqibatda - jamiyat va shaxs erkinligini ta’minlash bo‘yicha ogoxlantiruvchi choralar.
DAONQ - bu yangi axborot-telekommunikatsiya usullari va ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish usullarini nazarda tutadigan kibermuhitni nazorat qilish. DAONQni to‘liqligi ikkita tashkil etuvchini nazarda tutadi:
- miqdoriy, ya’ni trafikning qanday hajmi nazorat qilinadi;
- sifatli, uzatilayotgan trafikning semantikasi qanchalik aniq tushunilishi. Boshqa so‘z bilan aytganda, uzatilayotgan axborot semantikasiga “singish chuqurligi qanday” (foydalanuvchi (iste’molchi) va xizmat), keyinchalik milliy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xulosaga kelish uchun olingan xabarlarni axborotlashgan tahlil o‘tkazish uchun qo‘llaniladi.
DAONQni to‘lqligini ta’minlovchi bu ikki tarkibiy qism maksimallashtirishni talab qiladi. Agar birinchi tarkibiy qism “o‘zi uchun gapirsa” (dunyo axborot oqimlari qamrab olish maksimal darajada bo‘lishi kerak), ikkinchi tarkibiy qism esa murakkab va bajarilishi qiyin hisoblanadi. Buni bir necha sabablari bor, ularni bir necha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- foydalanuvchilar tomonidan dunyo telekommunikatsiya tarmog‘ining (Internet ni ham kiritib) turli terminalli apparat-dasturiy komplekslarni qo‘llab, ayniqsa bu turli kompaniyalarning amaliy dasturiy mahsulotlariga tegishli bo‘ladi;
- katta miqdordagi korporativ va shaxsiy lokal axborot-hisoblash tizimi va tarmoqlarining yaratilishi bilan, ular tarmoqning turli texnik vositalari, operatsion va amaliy tizimlarini qo‘llaydi;
- telekommunikatsiya kompaniyalari va tarmoq provayderlari tomonidan katta miqdordagi turli xil texnikalarni (texnik vositalar kompleksi) hamda axborotni qayta ishlash, yetkazish, saqlash texnologiyalarini qo‘llash orqali;
- turli ko‘rinishdagi xizmat va tizimlarning ommaviy integratsiyasi bilan (ko‘rinishlari: telefoniya, ma’lumotlar uzatish, faksimil xabarlar, videoinformatsiya; o‘tkazgichli aloqa tizimlari, optik-tolali aloqa tizimlari, sputnikli tizimlar, raqamli radiorele tizimlar, uyali va mobil aloqa tizimlari va h.k.);
- axborotni himoyalashning maxsus dasturiy va dasturiy-apparat komplekslarini keng tarqatish bilan, ba’zida ular malakaviy baholashga to‘g‘ri kelmaydi.
Shunday qilib, DAONQ natijasida qarshi kurashishning yangi shakli, aynan “axborot urushi” paydo bo‘ladi, uning ostida maqsadli harakatlar yotadi, bu harakatlar dushman ustidan axborot va axborot-texnologik ustunlikka erishish uchun uning axborotiga, axborot jarayonlariga, axborot tizimlariga, axborot resurslariga bir vaqtning o‘zida o‘z axborotini, axborot jarayonlarini, telekommunikatsiya axborot tizimlarini himoya qilib turib zarar yetkazishni amalga oshirish.
|
| |