R. S. Razikov mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi



bet70/83
Sana02.12.2023
Hajmi
#109741
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

Koʻpik. Yonayotgan yuzaga tushgan koʻpik uni qoplab 
olib, kislorod kirishidan toʻsadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik 
yonayotgan yuzani sovitadi. Koʻpik asosan qattiq moddalar va 
yonuvchan suyuqliklarni oʻchirishda ishlatiladi. Koʻpiklar paydo 
boʻlishiga qarab ikki hil boʻladi: koʻpik hosil qiluvchi 
qorishmani havo oqimi bilan mehanik aralashtiruv orqali olina-
digan havo-mexanik koʻpik va ishqor eritmasi bilan kislotani 
aralashishi natijasida paydo boʻladigan kimyoviy koʻpik.
Ma’lumki, yongʻin paytida yonayotgan yuzalarni qoplash 
uchun koʻplab miqdorda koʻpik hosil qilish kerak boʻladi. 
Buning uchun koʻpik hosil qiluvchi modda (penoobrazovatel) 
larni kuchli bosimdagi suv bilan yoki havo bilan aralashtirish 
kerak boʻladi. Bu jarayon maxsus uzluksiz ishlovchi apparatlar – 
koʻpik generatorlari yordamida amalga oshiriladi. Koʻpik hosil 
qiluvchi moddalar kukun holida boʻlib, odatda biror bir 
kislotaning (koʻpincha oltingugurt kislotasining) tuzidan va 
ishqoriy qismi esa natriy bikarbonatning aralashmasidan tashkil 
topadi. Hozirgi paytda koʻpik hosil qilish uchun unumdorligi 
katta boʻlgan koʻpik generatorlari GPS-200, GPS-600 va GPS-
2000 
qoʻllanilmoqda. 
12. 
1-rasmda 
GPS-200 
koʻpik 
generatorining sxemasi koʻrsatilgan.
12. 1-rasm. Koʻpik generatori GPS-200 sxemasi. 1-metall toʻr;
2-qobiq; 3-konfuzor; 4-markazdan qochma purkagich 


138 
Koʻpik hosil qiluvchi qorishma markazdan qochma 
purkagichga beriladi. Qorishmaning tomchilari qobiq 2da konfu-
zor 3 orqali tashqaridan kelayotgan havo bilan aralashadi. Bu 
aralashma metall toʻr 1 kataklaridan oʻtib karraligi 80ga teng 
boʻlgan koʻpik hosil qiladi va uni yongʻin chiqqan yuzalarga 
yoʻnaltiriladi. Oxirgi paytda oʻt oʻchirishda havo-mexanik 
koʻpik hosil qilish uchun quyidagi koʻpik hosil qiluvchi 
aralashmalar ishlatilmoqda: PO-2A, PO-1D, PO-1S, PO-3A, PO-
6K, PO-3AI, “IVA”, TEAS, “Morozka”. “Polyus”. “Sampo” va 
boshqalar.

Download
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R. S. Razikov mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi