• Havo-koʻpikli oʻt oʻchirish asboblari
  • R. S. Razikov mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi



    bet72/83
    Sana02.12.2023
    Hajmi
    #109741
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
    Bog'liq
    15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

    Karbonat kislotali 
    oʻt oʻchirish asboblari havo 
    kirmaganda ham yona oladigan moddalardan (paxta tolalari) 
    boshqa har xil moddalarni oʻchirishda qoʻllanadi. Shu bilan birga 
    100 V gacha kuchlanish ostida boʻlgan elektr uskunalarni ham 
    oʻchirishda ishlatish mumkin (12. 2-rasm).
    12. 2-rasm. Karbonat kislotali oʻt oʻchirish asbobi OU-4VSE.
    1-ballon; 2-sifon naychasi; 3-dastak; 4-lukidon;
    5-karnaysimon quvur 
    Suyultirilgan karbonat kislotasi poʻlat ballonga joylash-
    tirilgan loʻkidon hamda sifon naychasi boʻladi. Loʻkidonning 


    140 
    nipelli qismiga karnaysimon plasmassa quvur oʻrnatilgan. 
    Loʻkidonning yon tomonida oʻrnatilgan saqlovchi qopqoq 
    balonni porlashdan saqlash uchun moʻljallangan. Ballon har yili 
    kamida bir marta sinov bosimidan oʻtkaziladi.
    Hozirgi paytda karbonat kislotali oʻt oʻchirish asboblarining 
    OU-1VSE, OU-2VSE, OU-3VSE,OU-4VSE, OU-5VSE va OU-
    8VSE markalari mavjud boʻlib, ular ogʻirligi va hajmi bilan 
    farqlanadi. Saqlash harorati –40
    o
    dan +50
    o
    gacha. Ularni elektr 
    uskunalari, yonuvchan suyuqliklar va gazlarni oʻchirisha keng 
    qoʻllaniladi. Muzey eksponatlari, arxivlar, kutubxonalar va 
    radioelektron apparatlari kabi qimmatbaho va noyob boyliklarni 
    oʻchirishda undan foydalanmagan ma’qul.
    Havo-koʻpikli oʻt oʻchirish asboblari ishqorli elementlar 
    va elektr uskunalaridan tashqari turli moddalarni oʻchirishda 
    ishlatiladi. 12. 3-rasmda OVP-4, OVP-50 va OVP-100 havo-
    koʻpikli oʻt oʻchirish asboblari keltirilgan. Bu asbob yongʻin 
    yuzalarini 50-60 karralik koʻpik bilan ta’minlashi mumkin. Oʻt 
    oʻchirish asbobining qobigʻida koʻpik hosil qiluvchi qorishma, 
    stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan.
    12. 3-rasm. Havo koʻpikli oʻt oʻchirish OVP asboblari. 1-OVP-4; 
    2-OVP-50; 3-OVP-100.


    141 
    Bu asbobni ishga tushirish uchun 12. 3-rasm dastak 2 ni 
    qattiq bosiladi, shunda karbonat kislota solingan ballonchaning 
    membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob 
    qobigʻi ichida bosim hosil qiladi, natijada koʻpik hosil qiluvchi 
    modda sifon orqali karnaysimon ogʻizga chiqib, havo bilan 
    aralashib, koʻpik hosil qiladi.
    12. 4-rasm. Havo ko’pikli OVP-4 asbobi: 1-ballon; 2-dastak; 3-
    karnaysimon quvurcha 

    Download
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    R. S. Razikov mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi