Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari. Reja




Download 101,55 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2024
Hajmi101,55 Kb.
#150994
  1   2   3   4
Bog'liq
Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari Reja Radiochastot fayllar

RADIOTO‘LQINLARNING TARQALISHI XUSUSIYATLARI.

Reja:

1. Radiochastotalarning tasniflanishi.

2. Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari.

3. UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari.


Radiochastotalarning tasniflanishi Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyasiyalangan garmonik YUCH tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9 ta dipazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli dipazon pastdan 0,3 · 10N Gs va yuqoridan 3 · 10N Gs chastota bilan chegaralangan. Dipazonlarga quyidagi nomlar berilgan:

Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari Radioto‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan kuchsizlanishga uchraydi. Uzatkichtan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi. Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning kuchsizlanishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va er sharining qavariqligi yoki do‘ngligi ko‘rinishidagi to‘siqlarda og‘ishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan (2.1-rasm).

Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining E elektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektori perpendikulyar va har ikkala vektorlar to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarni tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi: 1. Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi. 2. Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng. 3. Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga dech kelish bilan radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi. 4. Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.


Download 101,55 Kb.
  1   2   3   4




Download 101,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari. Reja

Download 101,55 Kb.