|
Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari. Reja
|
bet | 3/4 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 101,55 Kb. | | #150994 |
Bog'liq Radioto‘lqinlarning tarqalishi xususiyatlari Reja Radiochastot fayllar Radioqabullashga halaqitlar Radioqabullash shartlari signal maydoni kuchlanganligini absolyut qiymatlari orqali emas, balki signal maydoni kuchlanganligini shovqin maydoni kuchlanganligiga nisbati orqali aniqlanadi. Turli aloqa turlari – radiotelefon, radiotelegraf, radioeshittirishni va boshqalarni amalga oshirish uchun ma’lum minimal signal/halaqit nisbati talab qilinadi. Bu joyda va berilgan to‘lqin diapazonida halaqitlar sathini aniqlashni bilish katta amaliy ahamiyatga ega. Binobarin, ma’lum halaqitlar sathi bo‘yicha talab qilinadigan maydon kuchlanganligini aniqlash mumkin. Faqat tashqi halaqitlar ko‘rib chiqamiz, radioapparaturalarning ichki shovqinlari esa qabullash qurilmalari fanida ko‘rib chiqiladi. Sanoat va atmosfera halaqitlari Sanoat halaqitlari manbalari birinchidan, ishlashi uchqunlash bilan bo‘ladigan turli xil elektr qurilmalar, ikkinchidan, qisqaroq to‘lqinli stnatsiyalarning ishchi diapazoniga tushadigan asosiy chastotaning yuqori garmonikalarini nurlantiradigan radiostansiyalar hisoblanadi. Sanoat halaqitlari, ayniqsa 2000 ÷ 10000 m to‘lqinlar uzunliklarida halaqitlar maydoni kuchlanganligi 1000 mkV/mga etadigan katta shaharlarda sezilarli bo‘ladi. Qisqarorq to‘lqinlarda sanoat halaqitlari kamayadi. Sanoat halaqitlari har bir holda maxsus o‘lchagichlar yordamida aniqlanadi. Sanoat halaqitlarini ularning vujudga kelishi joylarida ham radioto‘lqinlarni nurlanishiga, ham ularning ta’minot o‘tkazgichlari bo‘yicha tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan filtrlash va ekranlashning qo‘llanilishi yo‘li bilan so‘ndirishga o‘rniladi. Atmosfera halaqitlarining asosiy manbai yashinlar hisoblanadi. YAshin razryadi vaqtida aperidik xarakterga yoki so‘nuvchi tebranishlar xarakteriga va t = 0,1 ÷ 3 msek uzunlikka ega bo‘lgan quvvatli tok impulsi vujudga keladi. Bunday impuls uzluksiz chastotalar spektrini hosil qiladi, binobarin, spektrning sinusoidal tashkil etuvchilari amplitudasini chastotaga teskari proporsional kamaytiradi. Eng katta amplituda qiymatiga fg = 1/t 2 chastotada, ya’ni 300 ÷ 10000 Gs dipazonda erishiladi.
|
| |