|
Intel protsessorlarining maxsus seriyalari tahlili
|
bet | 4/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #244622 |
Bog'liq Rahmatov Sanjarbek KA 1-mustaqil ishIntel protsessorlarining maxsus seriyalari tahlili.
Intel korporatsiyasining xar bir maxsulot kategoriyasiga o’zining maxsus xos raqamlari berilgan.
Intel korporatsiyasining eng birinchi maxsulotlaridan biri xotira mikrosxemalari (PMOS-chiplar) edi. Ushbu maxsulotga 1xxx nomerlash berilgan edi. 2xxx seriyada esa NMOS mikrosxemalari belgilangan va bu mikroxemalar ishlab chiqilgan. Bipolyar mikrosxemalar esa 3xxx seriyasiga kiritilgan. 4 razryadli mikroprotsessorlar 4xxx belgilanishga ega bo’lgan. CMOS mikrosxemalari 5xxx belgilanishlarni qabul qilgan, Magnit domenlaridagi xotira — 7xxx, 8 va undan ortiq razryadli mikroprotsesorlar va mikrokontrollerlar esa 8xxx seriyaga tegishli edi. 6xxx va 9xxx seriyalaridan foydalanilmagan..
Seriyaning ikkinchi raqami bilan esa maxsulot turlari belgilangan edi: 0—protsessorlar, I—RAM mikrosxemalari, 2—kontrollerlar, 3— ROM mikrosxemalari, 4 —siljituvchi registrlari, 5 — EPLD mikrosxemalari, 6 —PROM mikrosxemalari, 7—EPROM mikrosxemalari, 8 — kuzatish chiplari va impuls generatorlaridagi sinxronizatsiya sxemalari, 9 —telekommunikatsiya uchun ishlatiladigan chiplar.
Seriyaning uchinchi va to’rtinchi raqamlari maxsulotlarning tartib raqamini belgilagan..
8086/88, I86/I88, 286, 386, 486 protsessorlari uchun suzuvchi vegulli sonlar bilan ishlovchi soprotsessorlar ishlab chiqilgan bo’lib ulaning oxirgi raqami “ 7 ” bo’lgan (8087, I87, 287, 387, 487).
Intel kompaniyasi ishlab chiqargan protsessorlar soni juda ham ko’p bo’lgani uchun biz faqat eng birinchi ishlab chiqarilgan 4 bitli mikroprotsessor 4004 ning asosiy tavsiflari va IA-32 arxitekturali mikroprotsessorlarning tuzilishini keltirib o’tamiz. Boshqa protsessorlar xaqidagi ma’lumotlarni esa ilova I da keltiramiz.
4004: Bitta mikrosxemada yig’ilgan eng birinchi protsessor.
1971 yil 15 noyabrda birichi marta namoyish qilingan
- CHastotasi: 740 kGts
4004 ga tegishli bo’lgan Intel firmasining barcha texnik xujjatlarida (jumladan 1971 yil noyabrda chiqarilgan birinchi prospektlarida ham) takt signalining minimal davri 1350 nanosekund deb ko’rsatilgan, bu esa 4004 normal holda ishlashi uchun kerak bo’ladigan maksimal chastota 740 KGts ekanligini bildiradi. Ba’zi bir manbaalarda esa taktli chastotaning noto’g’ri qiymati 108 kGts keltirilgan. Bu qiymat Intel firmasining ba’zi bir internet – sahifalarida ham uchrab turadi. 4004 mikroprotsessorining minimal tsikl vaqti 10,8 mikrosekundni tashkil qilgan (8 ta sinxronizatsiya tsikllarining signali yoki 92 kGts), Ushbu raqamni maksimal takt chastotasi bilan aliashtirib yuborish kerak emas.
Bu yerda Intel firmasining 4 bitli 4004 (197I) dan boshlab oxirgi model-larigacha—64-bitli Itanium2(2002) va Intel Core (2008) protsessorlari keltirilgan. (i7 deb nomlangan protsessorlar oilasidan tashqari). Xar bir mikroprotsessor uchun texnik tavsiflar keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- http://www.myshared.ru/slide/1423152/
- https://www.texnoman.uz/post/tarmoq-tushunchasi.html
- http://hiedtec.samtuit.uz/mod/resource/view.php?id=950
- http://hiedtec.samtuit.uz/mod/resource/view.php?id=1001
- http://tami.uz/matnga_qarang.php?id=208
- https://azkurs.org/pogonali-arxitektura-tushunchasi-pogonali-arxitektura-protokol.html
|
| |