Raqamli axborotlami qayta ishlash va yaratish texnologiyasi




Download 112.03 Kb.
bet1/10
Sana07.04.2024
Hajmi112.03 Kb.
#190708
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KIRISH
Reference-346211105004, O\'roqov tamirlash va saqlash, 1-MAVZU, Молия, abdulla-qodiriy-romanlarida-badiiy-asar-poetikasi, Shashka talabnoma ko\'chalar kesimida namuna, Ijara rasm 28-maktab, Талабнома


I. KIRISH

“Raqamli axborotlami qayta ishlash va yaratish texnologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad talabalaming raqamli axborotni kiritish, qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va zamonaviy kompyuter hamda raqamli texnika vositalarida multimediani qo‘1 lagan holda ishlashni o‘rgatishdan iborat.


Birinchi marta “multimedia” atamasi 1965-yilda paydo bo‘lgan va 1970-yillaming oxirigacha ma’lumot taqdim etishning turli shakllaridan foydalangan holda o‘sha davr uchun ekstravagant bo‘lgan teatr tomoshalarini ya’ni kino slaydlari, video va audio qismlari, yorug‘lik effektlari hamda jonli musiqani tasvirlash uchun faol ishlatilgan.
1970-yillaming oxiri va 1980-yillaming boshlarida “multimedia” deganda, tovush yoki “jonli” musiqa bilan birga bir nechta proyektorlardan olingan statik yoki dinamik tasvirlarga asoslangan tasvirlar tushunilgan.
Shunday qilib, multimedia vositalari insonning bir nechta his- tuyg‘ulariga darhol ta’sir qiladi va ma’lumotlami vizual, verbal va audio shakllarida taqdim etdi. Ular chuqurroq his qilinib ta’sir ko‘rsatdi va ushbu turdagi teatr tomoshalariga muvaffaqiyat keltirdi. Inson psixikasining tuyg‘u sohasiga ta’sir qilish qobiliyati, mashg‘ulotning muhim omili hisoblanadi, chunki u bilimlami yanada samarali o‘zlashtirishga yordam beradi. Biroq, faqat oxirgi o‘n yillikda, shaxsiy kompyuterlaming rivojlanishi va ta’limning keng axborotlashtirilishi natijasida multimediali texnologiyalarga talab paydo bo‘ldi.
Multimedianing texnik vositalariga zamonaviy mobil telefonlar ham kiradi, ulardan izohli fotosuratlami yoki video xabarlami yuborish mumkin. “Multimedia” atamasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi va qo‘llanilishi bilan rivojlanishda davom etmoqda.
Ushbu qo‘llanma quyidagi professional kompetentsiyalami (vako- latlami) o‘zlashtirishga yordam beradi:

  • shaxsiy kompyutemi, periferiya qurilmalami, operatsion tizimni va multimedia uskunalarini tayyorlash va sozlashni;

  • shaxsiy kompyuterga turli xil axborot=malliimotlami raqamli va analogli vositalardan kiritishni;

  • raqamli fayllami turli formatlarga o‘tkazishni;

  • audio va vizual tarkibni (kontentni) ovoz, grafik va video muharrirlari yordamida qayta ishlab chiqishni;

  • shaxsiy kompyuter va multimedia uskunalari yordamida original, audiovizual va multimediali komponentlardan taqdimot videolari, media slayd yoki shoular va boshqa yakuniy mahsulotlarni yaratish hamda ijro etishni.

Belgilangan kasbiy faoliyat turi va tegishli kasbiy vakolat
o‘zlashtirish uchun talaba, darslik materialini o‘zlashtirish jarayon,
quyidagi amaliy tajribaga ega bo‘lishi kerak:

  • shaxsiy kompyuteming kabel tizimi orqali, periferik va multimedia uskunalarini ulash;

  • shaxsiy kompyuter, periferik va multimedia uskunalarini ishlash parametrlarini sozlash;

  • raqamli va analog ma’lumotlami shaxsiy kompyuterga periferik hamda multimedia uskunalarining turli xillaridan kiritish;

  • hujjatlami skanerlash, qayta ishlash va tanib olish;

  • media fayllami turli formatlarga aylantirish, fayllami turli xil tahrirlash dasturlariga eksport qilish va import qilish;

  • maxsus muharrirlash dasturlari yordamida audiovizual va multimedia kontentini qayta ishlash;

  • original audiovizual va multimedia komponentlaridan videofilmlar, taqdimotlar, media fayllar va boshqa yakuniy mahsulotlaming slayd-shoularini yaratish va ijro etish.




Download 112.03 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 112.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli axborotlami qayta ishlash va yaratish texnologiyasi

Download 112.03 Kb.