Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga asoslangan xizmatlar




Download 4,94 Mb.
bet104/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga asoslangan xizmatlar


Uyali aloqaning ovozsiz imkoniyatlari – bu uyali telefon foydalanuvchisi manzilini aniqlash, mobil telefondan elektron chipta sifatida foydalanish, oqimli translyatsiyalar, onlayn radiouzatishlar va hk.
Bunday xizmatlarning odatiy namunalarini keltiramiz.
Sayohat uchun to‘lash va telefonni elektron chipta sifatida ishlatish . Ushbu xizmat NFC (Near Field Communication) texnologiyasining ommalashib borishiga asoslanadi.
NFC texnologiya o‘rnatilgan mobil telefonlardan metro, avtobus va boshqa jamoat transportida sayohat uchun to‘lashda foyadalanish mumkin.
Mobil telefonning foydalanuvchiga uning joylashgan joyi haqida batafsil ma’lumotni taqdim etish.
Ushbu xizmatlar, shuningdek, LBS (Location - based service) nomi bilan tanish, joyga asoslangan xizmat sifatida tarjima qilinadi.
Joylashuv texnologiyalariga asoslanib, oxirgi foydalanuvchiga pul undiriladigan bir qator mobil savdo xizmatlari mavjud.
Do‘st yoki bolani topish.
Ushbu xizmat oldingisiga o‘xshaydi, faqat bitta ahamiyatli bitta jihati bilan farqlanadi. Foydalanuvchi uning joylashgan joyini aniqlamaydi, lekin do‘stingiz, tanishingiz yoki bolangizning joylashishini aniqlaydi. Foydalanuvchi maxsus so‘rov yuborib, qaysi mamlakatda, qaysi shaharda va hattoki qaysi ko‘chada ma’lum mobil telefonga ega odam borligini aniqlay oladi.
Qutqaruv xizmatlari tomonidan joylashuvni aniqlash
Odamning manzilini mobil telefoni orqali aniqlash xizmati hattoki shaxs manzil xizmatlarini ko‘rsatish uchun biron bir xizmatga obuna bo‘lmagan taqdirda ham, qutqaruv xizmatlari tomonidan ishlatilishi mumkin. Qutqaruvchilar uchun odamning joylashishini aniqlash juda zarur va hatto odamning hayotini saqlab qolish uchun juda ko‘p holatlar mavjud bo‘ladi.
Mobil telefon yaqinida zarur narsalarning mavjudligini aniqlash.
Ushbu xizmat abonent joylashgan joyga eng yaqin bo‘lgan obyektlarning manzillari va telefon raqamlari va obunachilarni qiziqtiradigan toifalar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradi, masalan, restoran, valyuta ayirboshlash shaxobchasi.
Oqimli translyatsiya va onlayn radiouazatishlar
Ushbu xizmatlar zamonaviy uyali tarmoqlarning yuqori tezlikdagi kanallar orqali ovozsiz ma’lumotlarni uzatish imkoniyatlariga asoslangan. Xizmatlar 3G –va undan yuqori tarmoqlarga asoslangan bo‘ladi. Mobil telefonlardan radiostansiyalarni tinglash va televizion dasturlarni tomosha qilish uchun to‘liq qurilmalar sifatida foydalanish mumkin. Ehtimol, video tasvirlarni kuzatuv kameralaridan mobil telefonlarga o‘tkazishga asoslangan bir qator xizmatlarning paydo bo‘lishi mumkin.

Download 4,94 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga asoslangan xizmatlar

Download 4,94 Mb.