• Auksion
  • Axborot texnologiyalari
  • Bannernaya reklama
  • Aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar




    Download 4,94 Mb.
    bet174/201
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,94 Mb.
    #232599
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar - ularning emitentining haqiqiy aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar (masalan, Bitcoin [BTC] moddiy va passivlar bilan ta’minlanmagan birinchi va keng tarqalgan kriptovalyutalar).
    Aktivlari bilan ta’minlanmagan tokenlar - ularning emitentining real aktivlari bilan ta’minlanmagan va / yoki faqat raqamli qiymat obyektlariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi tokenlar.
    Auksion - tovarlar va xizmatlarni ochiq tanlov savdolarida sotish, bunda ularning yakuniy narxi belgilanadi.
    Autentifikatsiya - jalb qilingan tomonni aniqlash jarayoni.
    Avtorizatsiya - birinchidan, manbalar yoki xizmatlarga kirish huquqi. Ikkinchidan, karta emitenti operatsiyani yakunlash uchun ruxsat beradigan jarayon. Ushbu jarayon kredit karta cheklovlari bekor qilinmaganligini tasdiqlaydi va ko‘rsatilgan kredit miqdorini saqlab qoladi.
    Axborot texnologiyalari - kompyuter texnologiyalarining dasturiy va texnik vositalarining majmui, shuningdek, ma’lum bir fan sohalarida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ulardan foydalanish funktsiyalarini bajarish uchun usullar.
    Banner - reklama muhiti, bu noshirning veb-sahifasida joylashtirilgan va reklama beruvchining veb-saytiga havolasi bo‘lgan grafik fayl.
    Bannerli ko‘rsatish almashinuvi tizimlari - bu o‘z ishtirokchilari o‘rtasida bannerlarni almashadigan maxsus tizimlardir. Ular odatda o‘z xizmatlari uchun taassurotlarning ma’lum foizini oladilar.
    Bannernaya reklama - o‘z trafigini oshirish uchun vebsaytni reklama qilish usuli, shuningdek, kompaniya, mahsulotlar, xizmatlar va boshqalarning imidjini yaratish vositasi. Bannerlar reklama vositasidir.
    Bank xizmatlari uchun masofadan identifikatsiya (aniqlash) qilish - moliyaviy xizmatlardan foydalanishda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisini aniqlash tizimi, shu jumladan moliyaviy xizmatlarni taqdim etish uchun shaxsiy ishtirokida bir martalik dastlabki identifikatsiya qilish va masofadan turib identifikatsiyalash tizimi.

    Download 4,94 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   201




    Download 4,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar

    Download 4,94 Mb.