Oriental Renaissance: Innovative




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana14.03.2024
Hajmi0.7 Mb.
#171721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-tashqi-manba-ma-lumotlaridan-foydalangan-holda-kameral-soliq-tekshiruvini-o-tkazish-tartibi
ilhom o\'g\'li
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
197 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
bilan bir qatorda, elektron ma’lumotlar tranzaksiyalarni bilvosita soliqlar bo‘yicha 
ma’lumotlar bilan bog‘lash imkoniyatini ham taqdim etadi va ma’lumotlarning
o‘zaro muvofiqligini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Rivojlangan davlatlar
allaqachon raqamlashtirish jarayonida bir qator muvoffaqqiyatlarga erishganlar.
Shu bilan bir qatorda, ayrim rivojlanayotgan davlatlar tajribasida ham ushbu 
yo‘nalishda ijobiy yutuqlarni kuzatish mumkin. Bunga misol sifatida, Yevropada
Estoniya, Lotin Amerikasida Chili, Osiyoda Singapur va Afrika mintaqasida
Janubiy Afrikani misol keltirish mumkin.
4
Kundan-kunga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi, biznes
yuritish modellarini yangilanishiga ham olib kelmoqda. Maxsulotlarni sotish
yoki xi 
zmatlar ko‘rsatish jarayonlari kompyuter tizimlaridan foydalangan
holda elektron amalga oshirilmoqda (elektron tijorat). Ushbu jarayonlar o‘z
navbatida, yangi soliq risklarining yuzaga kelish ehtimolini kuchaytiradi. 
Raqamlashtirish rivojlanishi bilan yuzaga keladigan risk faktorlari quyidagilardan 
iborat: 
To‘g‘ri soliq yurisdiksiyasini aniqlash imkonini beradigan, ba’zi daromad 
manbalarining jismoniy joylashuvi mavjud emasligi; 
Tovar va xizmatlarni ko‘rsatishda ularni oqimini fizik o‘lchovini nazorat qilish 
mexanizmlarini qo‘llash imkoniyati mavjud emasligi; 
Savdo maydonlari tashkillashtirilgan veb-saytlar masofadan nazorat qilinishi
sababli istalgan joyda, istalgan davlatda joylashishi
Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan tovar va xizmatlarni internet
orqali realizatsiya qilish bo‘yicha yangi biznes modellarining qo‘llanilishi; 
Bank tizimlaridan tashqarida amal qiluvchi to‘lov tizimlarining mavjudligi. 
Ushbu omillar soliq ma’muriyatlaridan soliq risk menedjmentini olib borish
uchun risklarni tahlil qilish vositalarini raqamli iqtisodiyot bilan bog‘lashni talab
etadi. Ushbu yangi yondashuv axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etish va foydalanishga asoslangan elektron soliq ma’muriyatchiligi 
tushunchasini yuzaga keltirib, quyidagilarni tizimli amalga oshirishni talab etadi:
Soliq hisobotlari topshirish jarayonlarini osonlashtirish; 
Soliq munosabatlarini raqamlashtirish choralarini ko‘rish; 
Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi axborotlar ko‘lamini kengaytirish; 
Tahlillarni amalga oshirish jarayonlarini tezlashtirish; 
Soliq to‘lovchilarni soliqqa tortishga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
Soliq ma’muriyatchiligi protsesslari narxini arzonlashtirish. 
4
IMF working paper “Reducing Tax Evasion from Cross-Border Fraud: The role of Digitalization” 2019.



Download 0.7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish