• Kalitli sо‘zlar.
  • Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o‘rni




    Download 46,5 Kb.
    bet1/2
    Sana17.06.2024
    Hajmi46,5 Kb.
    #264119
      1   2
    Bog'liq
    Aziz Shukurov maqolasi (2)


    RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
    Shukurov Aziz Baxtiyorovich
    Pastdarg’om tuman 3-son kasb-hunar maktabi
    maxsus fanlar kafedrasi ishlab chiqarish ta’lim ustasi
    ANNOTATSIYA. Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy jihatlariga qaratilgan. Hozrgi kunda raqamli texnologiyalarning zamonamizning iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida katta ahamiyat kasb etayotgan dunyodagi yuqori natijalarga erishgan kompaniyalar o‘rganilib, raqamli texnologiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyotga ta’siri ham batafsil yoritib berilgan.
    Kalitli sо‘zlar.iqtisodiyot, mohiyat, yondashuv, texnologiya, ahamiyat, raqamli texnologiya, telekommunikatsiya, raqamlashtirish.
    ANNOTATION. This article focuses on the main aspects of the development of the digital economy. Insights are given about the importance of digital technologies in the economic development of our time. The world's most successful companies, which are of great importance in the development of the digital economy, are studied, and the impact of digital technologies on the economy of our country is also explained in detail.
    Key words: economics, essence, approach, technology, significance, digital technology, telecommunications, digitization.


    Ushbu maqolada raqamli texnologiyalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqaylik. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda, mamlakatimizda juda katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. O‘tgan asrning so‘ngi yillarida va XX asrning dastlabki yillaridanoq inson faoliyatining eng muhim sohalari bo‘lgan iqtisodiy boshqaruv butunlay o‘zgacha yondashuv va alohida mohiyatga ega bo‘ladi. Odamlarning ijtimoiy hayotga qarashlari ham o‘zgarmoqda. Kompyuter texnologiyalari uzoq vaqtdan beri kundalik hayotning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Zamonoviy texnologiyalar, smartfonlar va kompyuter, planshetlarining paydo bo‘lishi bilan kompyuter texnologiyalarining ta'siri keskin oshdi. Zamonaviy jamiyatning eng ko‘zga ko‘ringan xususiyati raqamli texnologiyalarning odamlarning yashash va ishlash tarziga ta'sirining kuchayishidir. Bu mikroelektronika, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, jamiyat hayotini "raqamlashtirish" ob'ektiv va muqarrar olg'a siljish degan xulosaga kelish mumkini Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib bormoqda va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo‘l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi.Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma'lumotlar hisoblanadi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar hisoblanadi. Bunga misol qilib olishimiz mumkin ya’ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda mehnatning raqamli shakllarini joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun ham yaxshigina foyda keltiradi. Ko‘rishimiz mumkinki bunda: ishlab chiqarish, tovar mahsulotlari va xizmatlarini taqsimlash, ayirboshlash, ulardan foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish so‘nggi o‘n yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu o‘zo‘zidan va nazoratsiz holatda bo‘lgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi va unga asoslangan o‘zlarining ma’lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda. Raqamlashtirishning strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular: bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash texnologiyasi, katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda. Umuman olganda, Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan. shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi. Mamlakatimizda mavjud vazirlik va idoralarda rahbarning aynan raqamlashtirish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilinganligi ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishining bir omilidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra 2023-yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 hamda ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish nazarda tutilgan. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini barcha soha vakillari yaxshi tushunib yetmoqda.Raqamli iqtisodiyot quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: mehnat unumdorligini oshiradi; korxonalar raqobatbardoshliligini oshiradi; ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi; yangi sohalarda yangi ish joylari yaratiladi; yangi biznes turlari paydo bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma'lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
    Xulosa
    Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ma'lum kamchiliklarga va xatolarni inobatga olmagan holda rivojlanayotgan jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bu hodisalarning afzalliklari juda katta va bu afzalliklar ancha muhim hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda takidlab o‘tganimizdek, raqamli texnologiyalar samarali foydalanish o‘z sohalarining narxini va ishlarning samaradorligini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda. Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan vositalarni joriy etish,
    iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda jadallik bilan ortib bormoqda. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, xuddi shunday raqamli qurilmalarning mavjudligi darajasi zamonaviy jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirish - bu jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan jarayon degan xulosaga kelishimiz mumkin. Raqamli iqtisodning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy intellect, mashina vositasida ta’lim berish, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko‘rsatib turibdi. Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo‘lgan bir qator bozorlarning o‘sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini o‘zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o‘zgartirish zarurligini ta'kidlaydi.

    Download 46,5 Kb.
      1   2




    Download 46,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o‘rni

    Download 46,5 Kb.