|
Bulutli texnologiyalar: ularning xususiyatlari, imkoniyatlar va kamchiliklar
|
bet | 4/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 94,13 Kb. | | #236218 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari3. Bulutli texnologiyalar: ularning xususiyatlari, imkoniyatlar va kamchiliklar
Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi mexanizmlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida davr talabiga mos keluvchi yangi yo‘nalishdagi texnologiyalar yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan yetarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim paytlarda aynan o‘xshash tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash g‘oyasi o‘tgan asrning 60 yillarida paydo bo‘lsada aloqa kanallarining shiddat bilan rivojlanib borishi va foydalanuvchilar talabining uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007 yildan boshlab ommaviylashib, rivojlanish bosqichiga o‘tdi.
Bulutli texnologiya (ingl. cloud computing) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat ko‘rinishida taqdimetadi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga ―sof‖ ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter ishlov berayotganligi, qanday turdagi operatsion tizim (OT) boshqaruvida amalga oshiralayotganligi kabi savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, bu savollarga javob izlashning zarurati bo‘lmaydi. Ish yuritilishida o‘xshashlik va umumiylikni topib bulutli texnologiyani ―meynfrem‖lar (mainframe) bilan taqqoslash mumkin. Ammo ―bulut‖ning ―meynfrem‖dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, ―bulut‖ hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash (1990 yillarda) bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega bo‘ldi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraladi. Grid-hisoblash bilan bulutli hisoblash arxitekturasi hamda qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra o‘zaro ko‘pgina o‘xshash jihatlarga ega. Shu bilan bir vaqtda, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha egiluvchan platformaga ega bo‘lganligi bois bulutli hisoblash modeli eng istiqbolli texnologiya deb tan olindi. Hozirgi kunda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova resurli bilan ta’minlab beradi. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim1 yoki qo‘shimcha qurilmalar sotib olish va sozlashni talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushib ketadigan korxonalar uchun qulay vosita hisoblanadi. Xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan ―Dokumenti‖, ―Kalendar‖ kabi xizmatlarga o‘xshash ko‘plab bulut xizmatlari keng tarqalish xususiyatiga ega bo‘ldi. Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qo‘llash turli-tuman imkoniyatlarga ega hamda infra tuzilish, xizmat ko‘rsatish va xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin. Bunday muammolarning deyarli barchasi xizmatlar provayderi zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Bunday yondashuv korxona kompyuterlarida turli operatsion tizim (OT) (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni standartlashtirishga imkon beradi. Kompaniya ma’lumotlariga kirishni ofisdan tashqarida yurgan, ammoInternetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodim va mijozlar uchun birdek ta’minlashni osonlashtirib beradi. Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bir qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni yetkazib beruvchi tashkilotga to‘liq bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatni yaratilish tamoyiliga ko‘ra korxona faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderning qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Zamonaviy bulut texnologiyalari nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi ―buyumlar interneti‖ (Internet of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab birgina bo‘g‘inning – bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi. Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalariususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi . Xususiy bulut (private cloud) – korxonaning ichki bulut infratuzilishi va xizmatidir. Bunday bulut korporativ tarmoq doirasida joylashadi. Tashkilot xususiy bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilish buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi mumkin. Ommaviy bulut (public cloud) - bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanishi mumkin, yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari bulutdagi ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, barchamac’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz foydalanayotgan resurslar uchun haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa yechimlarda mumkin bo‘lmagan katta ko‘lamli kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-sayt (tarqalish) usullari qulay-oson va mumkin qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday taqdim etuvchilarga Amazon YEC2 i Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web onlayn-xizmatlarini misol sifatida keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, ommaviy bulutda foydalanuvchi infratuzilishni juda past cheklangan darajada sezilarsiz nazorat qilganligidan, qat’iy xavfsizlik choralari va me’yoriy talablarga mos kelishlikni talab qiluvchi jarayonlarni amalga oshirishga har doim ham muvofiq kelmaydi.
Gibrid bulut (hybrid cloud) – bu infratuzilma tarqatish barcha modellarini o‘z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, gibrid bulut korxonada yaratiladi, ularni boshqarish bo‘yicha mas’uliyat esa korxona bilan ommaviy bulutni yetkazib beruvchi o‘rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‘lgan xizmatlarni taqdim etadi. Xususiy bulut to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan beshta asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni virtuallashtirish xususiy bulut hisoblashning asosi hisoblansada, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarish o‘z-o‘zidan xususiy bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi hisoblanishi uchun, virtual mashina, OT yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot (DT) konteyneri, yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini tahlil qilib boruvchi DT, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ega bo‘lishi zarur. 2. Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash eng katta va asosiy xato tushuncha hisoblanadi. Tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab yetkazib beruvchilar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. ―Bulut‖ o‘zining qayerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari (MIBM) xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resursini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network – VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin. Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali xizmat. Serverli virtuallashtirish – yirik yo‘nalish va shuning uchun xususiy bulut hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Xizmat sifatidagi infratuzilma (IaaS) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda MIBM eng quyi daraja resurslarini foydalanish uchun qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etadi. Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut tez qayta qurish, ko‘lamlanuvchan va samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda ustunliklarga ega. Ikkinchi tomondan, biznes talabi bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST National Institute of Standards and Technology, USA) ―The NIST Definition of Cloud Computing‖ nomli hujjatida bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
talabbo‘yichao‘z-o‘zigaxizmatko‘rsatish (On-demand self-service);
kengyo‘laklikirish (Broad network access);
resurslarniyagonalikka (pul) birlashtirish (Resorce pooling);
tezkorelastikholat (Rapid yelasticity);
o‘lchovli servis (Measured service).
Hozirgi kunda bulutli texnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari deb ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam bulutli texnologiyalar tuzilishinigina emas, balkibutunlay axborot texnologiyalarini aks ettiradi. Xizmat sifatida infratuzilma (Infrastructure as a Service – IaaS) buyurtmachiga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari va saqlash qurilmalariga o‘xshash jismoniy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma xizmatlari zaruriyatiga ko‘ra hisoblash quvvatini taqdim etgan holda ma’lumotlarga ishlov berish markazini to‘g‘ri va samarali jihozlash masalalarini hal qiladi. Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo‘yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu modelda virtuallashtirish usullari qo‘llanganligi sababli resurslardan yanada samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni yo‘qotish riski va joriy etish muddatini kamayishi, avtomat tarzda masshtablanuvchanlik. Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog‘liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar talab qilish ehtimoli mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralarida yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM SmartCloud Yenterprise, VMWare, Amazon YEC2, Win-dows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server kabilarni infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin Xizmat sifatida platforma (Platform as a Service – PaaS) - foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib olingan) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish modeli. Xususan, xizmat sifatida oraliq DT, xizmat sifatida xabarlar almashish, xizmat sifatida integratsiya, xizmat sifatida axborotlar, xizmat sifatida aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service – WaaS), xizmat sifatida ma’lumotlar (Data as a Service – DaaS), xizmat sifatida xavfsizlikk (Security as a Service – SaaS).
Afzalliklari. Yangi versiyalarini sezilarsiz-oson joylashtirish. Sezilarsizlik-osonlik, odatda foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minotni o‘zgarganligi ta’sirini sezilarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his yetmasligini bildiradi. Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM SmartCloud Application Services, Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine kabilarni platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin. Xizmat sifatida ilovalar (Software as a Service – SaaS) ilovalarga xizmat sifatida kirishni e’tiborga oladi, ya’ni, provayderning ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga ko‘ra xizmat kursatish sifatida ishga tushiriladi. Iste’molchi bulutning bazaviy infratuzilmasi, shu jumladan tarmoq, serverlar, operatsion tizimlarni boshqarmaydi. Oxirgi foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (login, parol va shu kabilar) xavfsizligi va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish mas’ulyati yuklanadi. Ilovalar xizmati Internetda ko‘p ishlaydigan foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi ilovalarning eng keng tarqalgan namunasi - GMail, Mail.ru, Yahoo Mail pochta xizmatlaridan iborat. Umuman olganda minglab SaaS ilovalar mavjud va Web 2.0 texnologiyasi tufayli ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Afzalliklari. Apparat ta’minoti va mehnat resurslariga sarflanadigan sarmoyalarni qisqarishi; sarmoyalarni yo‘qotish riskini kamayishi; sezilarsiz-oson yangilanish. Kamchiliklari. Avvalgi ikki modelda bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab yetadi. SaaSga Gmail, Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com, Intuit QuickBooks Online, IBM LotusLive, Unyte, Salesforce.com, Sugar CRM i Webex kabilarni namuna sifatida keltirish mumkin. Rivojlanib borayotgan mobil ilovalar bozorining asosiy qismi SaaSni samarali yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini eng yuqori rivojlanishi hisoblanayotgan bulutli hisoblash yaqin kelajakda o‘tmishga aylanadi degan fikrlar mavjud. Istiqbol bulutli ilovalarda, hozirgidek, nafaqat bitta yetkazib beruvchining infratuzilish va platformasiga, balki turli yetkazib beruvchilarning to‘plangan infratuzilish va platformasiga ustuvorlik berish kutilmoqda. Ehtimol, bulutli hisoblash oxir-oqibat, xizmat sifatida barcha narsa (Yeverything as a Service – YeaaS) konsepsiyalarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
O‘zbekistonda bulutli hisoblash texnologiyalarini rivojlantirilishi "O‘zbektelekom" milliy telekommunikatsiya operatori 2016 yilning avgust oyida yangi "UZCLOUD" ma’lumotlarni uzatish markazini ishga tushirdi. Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta axborot oqimlariga tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan mahalliy kompaniyalar uchun birinchi bo‘lgan ma’lumotlar markazi katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining saqlash hajmi joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil topgan va serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin. Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari turli xatoliklarga katta bardoshlilik va mehnat unumdorligidir. To‘liq O‘zbekiston sharoiti uchun loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. 2016 yilning noyabr oyida aynan shu yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkent" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasida istiqbolli hamkorlik belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda avvaldan foydalaniladi, bu esa tashkilotlarga resurs talab qiladigan mijoz va tarmoq IT-infratuzilmasi, ma’lumotlarga ishlov berish infratuzilmasi muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma autsorsingidan foydalanib xizmatlar iste’molchisi ortiqcha xarajatlardan xalos bo‘ladi. "PaaS" bulut texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy bazaga ega bo‘lgan kam sonli ishlab chiquvchi kompaniyalar loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi. SaaS bulut texnologiyalari O‘zbekistonda endigina joriy etib borilmoqda. Bizning fikrimizcha, bu birinchi navbatda, xususan regionlarda, Internet tarmog‘iga ulanishning past sifati bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p talab qilinadigan xizmatga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli yechimlar jahon bozori jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda va butun dunyo bo‘ylab o‘sish sur’atlari bozor o‘zgarishi aynan SaaS yo‘nalishida kuzatilmoqda.
|
| |