• Bulutli texnologiyalar: ularning xususiyatlari, imkoniyatlar va kamchiliklar Buyumlar internet haqida tushuncha.
  • Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari




    Download 94,13 Kb.
    bet1/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi94,13 Kb.
    #236218
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari


    Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari (Bulutli texnologiyalar, buyumlar interneti, katta ma’lumotlar)
    Reja:

    1. Raqamli iqtisodiyotda texnika va texnologiyalarning xususiyatlari. Kelajak texnologiyalari

    2. Katta ma’lumotlar (Big data) va analitika, ma’lumotlar bazasini tashkil etish

    3. Bulutli texnologiyalar: ularning xususiyatlari, imkoniyatlar va kamchiliklar

    4. Buyumlar internet haqida tushuncha.

    1. Raqamli iqtisodiyotda texnika va texnologiyalarning xususiyatlari. Kelajak texnologiyalari

    Milliy iqtisodiyotlarning yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishi raqamli shakllarining jadal rivojlanishi tomon o‘zgarishi bu sohada nazariy tadqiqotlar va bahs-munozalarning kengayishi uchun ham, milliy iqtisodiyot rivojlanishining texno-raqamli platformasini yaratishga qaratilgan oliy boshqaruv organlarining amaliy dasturiy harakatlari uchun ham dolzarb gipoteza hisoblanadi.
    Raqamli iqtisodiyotning mohiyatga oid tomoni, xuddi yangi iqtisodiyot kabi, raqamli texnologiyalarda inqilobiy o‘zgarishlar, iternetning yaratilishi va jadal rivojlanishi, Hard Ware va Soft Ware sohalardagi innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liq. raqamli iqtisodiyotning mazmunga oid tomoni birinchi navbatda, inson hayotining barcha tomonlarini «raqamlashtirish» namoyon bo‘lish va rivojlanish shakllari xilma-xilligini kengaytirish hisobiga ko‘p sifatli, raqamli iqtisodiyotning mohiyati aniqligi tufayli boy va xilma-xilroq, texnologik, mahsulotga oidva servis innovatsiyalari bilan bog‘liq hisoblanadi. Masalan, sanoat dizaynini kompyuterlashtirish va ishlab chiqarishda konstruktorlik tayyorgarligini modellashtirish kabi innovatsiyalar paydo bo‘lishi murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar, masalan, stanoklar, avtomobillar, poyezdlar, samoletlar, binolar va h.k. loyihasini yaratish va ishlab chiqish siklini sezilarli darajada qisqartiradi. Ko‘pchilik ularni joriy qilish mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishi, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishga olib kelishini kutgan holda kelajak texnologiyalariga (ularning kvintessensiyasi sifatida raqamli iqtisodiyotga) katta umid bog‘lashga moyildir. Ushbu fikr faqat katta qo‘shimcha shartlar bilan adolatdan bo‘ladi, umumiy holatda esa noto‘g‘ri hisoblanadi.
    Yangi texnologiyalar (ishlab chiqarish, moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa) paydo bo‘lishi va joriy qilinishi iqtisodiyot uchun juda ko‘p sonli ijobiy samaralar va natijalarga olib kelishi mumkin:
     mehnat unumdorligining ortishi;
     kapitallashuv ortishi;
     turmush sifatining yaxshilanishi;
     yangi bozorlar shakllantirilishi;
     resurslarni (aktivlar, kapital, vakolatlar) utilizatsiya qilish samaradorligi ortishi;
     raqobatbardoshlik o‘sishi;
     xavfsizlik o‘sishi;
     xalq farovonlini strategik rivojlanish sifatining ortishi. Hozirgi paytgacha, globallashuv jarayoni yakun topmagan ekan, barcha sanab o‘tilgan samaralar shunga olib keladiki, birinchi bo‘lib yangi texnologiyani o‘zlashtirgan mamlakat xalqaro bozorlarda ustunlikni qo‘lgan kiritadi va bu navbatdagi «bozor kuchasini bo‘lib olish»ga olib keladi. Alohida olingan mamlakat nuqtai nazaridan bu darhaqiqat yangi texnologiya joriy qilinishi bilan asoslanadigan iqtisodiy o‘sish sifatida talqin qilinishi mumkin. Lekin jahon iqtisodiyoti ko‘lamida o‘sish joriy qilingan texnologiyaning «qo‘shimcha» kapitallashuvi bilan (siqib chiqarilgan texnologiya kapitallashuvini chiqarib tashlagan holda) chegaralangan. To‘g‘risini aytganda, tan olish kerakki, agarda ular sotuv salohiyatini yana bir bor o‘stirishga tayyor bo‘lmasa, hech qanady texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot ekstensiv rivojlanish modelini hayotga qaytara olmaydi. Shu munosabat bilan tan olish kerak, raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar rivojlanishi na O‘zbekiston uchun, na butun dunyo uchun har qanday faloqatdan qutqaradigan vosita bo‘la olmaydi. Har bir alohida mamlakat uchun bu zaruriy chora bo‘lib, raqobatbardosh darajada qolishga, jahon iqtisodiyotidagi ulushlar paritetini qayta ko‘rib chiqishga va suverenitetni asrashga imkon beradi.
    Hozirgi paytda mamlakatdagi va xorijdagi ko‘plab mutaxassislar va iqtisodchilar yangi iqtisodiyotning, jumladan, uning namoyon bo‘lish shakllaridan biri – raqamli iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish holatiga uzil-kesil tavsif berishga va uni tushunib yetishga harakat qilmoqda. Ko‘plab tadqiqotchilar subyektiv munosabat prizmasi orqali zamonaviy iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy – obyektiv va subyektiv – bu hodisani o‘zicha tushunish va idrok qilishni ajratib ko‘rsatadi. Iqtisodchilar ko‘pincha, diqqat bilan qarab chiqishda sinonim ekanligi ma’lum bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi va o‘z atamalaridan foydalanib iqtisodiyotda yangi alomatlarni ilg‘ash va ularni tezroq tavsiflashga harakat qilishi subyektivdir. Obyektiv jihatdan esa bu ko‘proq zamonaviy iqtisodiyotdagi yangi jihatlar, tomonlar, belgilar, tendensiyalar va qonuniyatlar namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Yangi iqtisodiy hodisalarni o‘rganish va hisobga olish, xususan, raqamli iqtisodiyotni yangi iqtisodiyotning nisbatan mustaqil qismi sifatida ajratish katta qiziqish uyg‘otadi, chunki iqtisodiyotni boshqarish sifati va tezligini oshirish, biznes yuritish qoidalari va huquqiy maydoniga tuzatish kiritish, raqamli texnologiyalar – taassurotlar iqtisodiyoti, MISE-Sanoat, Smart-shahar va h.k. asosida innovatsion mahsulotlar, servislar va xizmatlar hosil qilishga imkon beradi. Iqtisodiyotda yangi tendensiyalar va hodisalarni tahlil qilishga kuchli e’tibor qaratib, NicholasNegroponte, Chris Meer, MohanbirSawhney, DanielSpulber, Don Tapscott, SteveJurvetson, Patricia Seybold kabi amerikalik tadqiqotchilarning asarlariga tayangan holda, mualliflarning «yangi iqtisodiyot» (NewEconomy), «iqtisodiyot 2000», «internet iqtisodiyoti» (InternetEconomy), «net iqtisodiyot», «Web iqtisodiyot», «raqamli iqtisodiyot», «elektron tijorat» (E-economy, e-business), «nomoddiy iqtisodiyot», «buyum ko‘rinishida bo‘lmagan iqtisodiyot» kabi atamalardan foydalangan holda zamonaviy iqtisodiyotning yangi jihatlarini tavsiflashga intilishini qayd etish mumkin. Ushbu atamalar ko‘pincha ko‘pincha global elektron tarmoq (network) shakllanishi, shaxsiy kompyuterlarning global tarqalishi, dasturiy ta’minotni (software) yaratish va uzluksiz takomillashtirish, axborot texnologiyali va raqamli texnologiyalar rivojlanishi, IT-kompaniyalarning nomoddiy mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqarish bilan asoslanadigan iqtisodiyotdagi yangi hodisalarni ko‘rib chiqishda sinonim sifatida foydalaniladi. Ushbu sohada mavjud tadqiqot natijalariga tayanib, raqamli iqtisodiyot predmetli sohasining quyidagi ta’rifini taklif qilish mumkin: raqamli iqtisodiyot bu – mavjudlikning texnoraqamli shakli tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimli yig‘indisi. Iqtisodiy munosabatlarning texnoraqamli tabiati raqamli iqtisodiyotni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilar hisoblanadi. Shunday qilib, agar yangi iqtisodiyot bu – postindustrial iqtisodiyot namoyon bo‘lishining qonuniy shakli, raqamli iqtisodiyot bu – yangi iqtisodiyot namoyon bo‘lishining evolyutsion shakllaridan biri. Demak, «shaklning shakli» sifatida raqamli iqtisodiyot nafaqat yangi iqtisodiyot alomatlari to‘plamiga, balki raqamli iqtisodiyotning sifat jihatidan aniqligini tavsiflaydigan bir qator ajratib turuvchi tomonlarga ega.
    «Industrial» iqtisodiyotda o‘ringa ega bo‘lmagan yangi qonuniyatlar va tendensiyalar paydo bo‘lishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqlikda va uyg‘unlikda o‘zini yangicha namoyon etadigan an’anaviy iqtisodiy qoidalarning yangicha mazmuniga e’tibor qaratadi. Fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish ta’siri ostida bozor iqtisodiyoti qoidalarida, biznes yuritish qoidalarida, an’anaviy iqtisodiy qoidalar va qonuniyatlarning yangicha namoyon bo‘lishida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, elektron tarmoqlar, kompyuterlar va dasturiy mahsulotlar, raqamli texnologiyalar, elektron mahsulot va xizmatlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi yangi iqtisodiyotda quyidagi tushunchalar mazmuni, nisbati va ahamiyatini tubdan o‘zgartiradi: moddiy (buyum holidagi) va nomoddiy (buyum holida bo‘lmagan), geografiya va masofa, zamon va makon, iste’mol qiymati (foydalilik) va qiymat, sifat va son, raqobat va iste’molchilar afzal ko‘rishi, vositachilik va logistika, inson kapital va biznes axloqi, bitimlar va samaradorlikni baholash, xaridorlar va sotuvchilar xulq-atvori, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning yangi munosabatlari, marketing texnologiyalari va sotuv va h.k. Ko‘rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda internet-kompaniyalar va internet-firmalar jadal rivojlanishi bilan iqtisodiyotning barcha sohalariga kirib boradigan va butun iqtisodiyot ko‘rinishini o‘zgartiradigan internet-xizmatalr, mahsulotlar, servislar, provayderlar xizmatlari va h.k. yangi bozori shakllanadi. Shu sababli bizningcha, internet-iqtisodiy va raqamli iqtisodiyotni tor ma’noda – internet-kompaniyalar va firmalarning raqamli texnologiyalari, mahsulot va xizmatlari yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha munosabatlar yig‘indisi sifatida hamda keng ma’noda - asosan uchinchi, to‘rtinchi texnologik ukladga mos keladigan «industrial» iqtisodiyot bilan taqqoslaganda bir qator ajratib turadigan belgilarga ega bo‘lgan va texnologiyalar raqamli formatidan foydalaniladigan global elektron tarmoq sharoitlarida faoliyat yuritadigan har qanday tarmoqlar korxonalari iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyotni farqlay olish maqsadga muvofiq. Yangi iqtisodiyot o‘zining raqamli mazmunida butun dunyo kompaniyalari va shaxslar network tufayli xilma-xil shakllarda o‘zaro bog‘lanishi mumkin bo‘lgan va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bir zumda, vositachilar, masofa yoki bozorlar, jumladan, innovatsion raqamli texnologiyalar, mahsulotlar, xizmatlar va servis bozorlarining geografik joylashuvidan qat’i nazar biznes-munosabatlarga kirishadigan beshinchi va oltinchi texnologik ukladlar yutuqlari asosida jamiyat iqtisodiy rivojlanishining chuqurroq bosqichini tavsiflaydi Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi birinchi navbatda, nafaqat inqilobiy texnologik o‘zgarishlar bilan, balki yangi iqtisodiyotning evolyutsiya qonuniyatlari bilan belgilanadi, zamonaviy menejmentni yangicha boshqaruv tamoyillari va biznesni yuritish qoidalarini hisobga olishga yo‘naltiradi, mahsulot sifati va mehnat unumdorligining o‘sishiga xizmat qiladi, iqtisodiy sikldagi salbiy biroqlarni bartaraf qiladi, inflyatsiya va ishsizlikni pasaytiradi, globallashuv sharoitlarida iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.
    Iqtisodiy jarayonlar globallashuvi jahon elektron tarmog‘ining shakllanishi bilan bog‘liq iqtisodiyotning turli sohalari integratsiyasi kuchayishi tufayli zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishi asosiy tendensiya va tamoyillariga aylanadi. Yangi iqtisodiyotning ushbu qonuniyati bir tomondan, global biznes uchun keng imkoniyatlar ta’minlaydi, boshqa tomondan esa – firmalar va kompaniyalarning iste’molchilar oldidagi javobgarligini tubdan oshiradi. Iste’molchilar qoniqmaganligi zudlik bilan va keng ommaga ma’lum bo‘lib qoladi. Iqtisodiyotning globallashuvi, raqamli iqtisodiyotda zamon va makonning «yo‘q bo‘lishi» ko‘plab ishlab chiqarish omillari va, birinchi navbatda, vaqt omili qiymatining o‘zgarishiga olib keladi. Vaqt, ijtimoiy ishlab chiqarish toifasi sifatida, doimo ishlab chiqarishning qiymat bahosini belgilab bergan. Biroq hozirgi sharoitlarda vaqt «narxi» qiyoslab bo‘lmaydigan darajada o‘sadi. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida «bir lahzalik» aloqalar dunyosida vaqt (uni tejash va bitimlar tezligi) katta, aytish mumkinki, strategik ustunlik va shu bilan bir paytda, har qanday bozorlarda muhim javobgarlik hisoblanadi. Firmaning bozordagi vaziyatni o‘rganish, bitimlar uchun shartlarni baholash, onlayn rejimida qaror qabul qilish va bitimlarni amalga oshirish qobiliyati uning biznes olamidagi muvaffaqiyatlari yoki muvaffaqiyatsizliklarini belgilab beradi. Muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar qatoriga bu sharoitlarda mahsulot ishlab chiqarishda, birinchi navbatda, raqamli biznes texnologiyalari va mahsulotni iste’molchi tomon ilgari surish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishda yaxshilanishga doimiy va uzluksiz o‘zgarishlarni siyosatga kiritadigan kompaniyalarni kiritish lozim. Bunday siyosat fan-texnika taraqqiyotini «raqamlashtirish»ni tezlatish va tashqaridan qaraganda muvaffaqiyatli bo‘lgan an’anaviy kompaniyalar ustidan startegik ustunlikni ta’minlashga imkon beradi. Yangi va ayniqsa, raqamli iqtisodiyot uchun ijtimoiy ishlab chiqarishdagi moddiy-buyum shaklidagi omillarning ham shaklan, ham mazmunan tez o‘zgarishi, ya’ni ularning jismoniy holati va ahamiyati o‘zgarishi xosdir. Masalan, ishlab chiqarish va mahsulotning material sig‘imi faqat so‘nggi o‘n yillikda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida sezilarli pasaydi. Agar shu davrda yalpi ichki mahsulot jismoniy vazni birligini qiymat shaklida baholaydigan bo‘lsak, shuni aniqlash mumkinki, bir funt mahsulot qiymati bu davrda ishlab chiqarishning axborot va raqamli omillari hisbiga qariyb 2 baravar o‘sdi. Shu sababli raqamli va yangi iqtisodiyotning yetakchi tendensiyalaridan biri sifatida ishlab chiqarish va mahsulotlarning moddiy tarkibiy qismlari «yo‘qolishi», buyum holida bo‘lmagan tarkibiy qismlar bilan almashtirilishini hioblash qabul qilingan. Bu yerda, eng avvalo, ishlab chiqarish xarajatlarida axborot-raqamli tarkibiy qismlar roli va ahamiyatining o‘sish tendensiya ko‘zda tutiladi: axborotning o‘zi, raqamli texnologiyalar, xizmatalr, servis va dasturiy mahsulotlar interneti.
    Ijtimoiy ishlab chiqarishni axborotlashtirish va raqamlashtirish jarayoni umumiy tendensiya hisoblanadi, lekin uning o‘zi alohida bir maqsad hisoblanmaydi, u iqtisodiy samaradorlik yuqori ekanligi sababli tezlashadi. Axborot olish, raqamli qayta ishlash va uzatish mahsulotlarni va hatto ba’zida an’anaviy pullarni jismoniy, analogli harakatlantirishdan ko‘ra tobora muhimroq bo‘lib bormoqda. Bundan tashqari, kompaniyalar va firmalar qimmati, ularning raqobatbardoshligi tobora ko‘proq moddiy mulk bilan emas, balki nomoddiy mulk: firmaning raqobatchilardan strategik ustunligini ta’minlaydigan odamlarning bilimlari, inson kapitali, g‘oyalar, sun’iy intellekt va asosiy intellektual mulkning strategik yig‘indisi (g‘oyalar, innovatsion raqamli texnologiyalarga ega bo‘lish) bilan belgilanmoqda. Umumiy inson kapitali (ishchi kuchi) raqamli iqtisodiyotda harakatchan va moslashuvchan bo‘lib bormoqda, bu esa ish beruvchilarga uyushgan ishchi kuchi (jaomat tashkilotlari va kasaba uyushmalari ko‘rinishidagi) qimmatbaho bozorlarini aylanib o‘tish va har bir xodim bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (BigData va ishchi kuchi sifati haqida shaxsiy ma’lumotlar asosida) ishlashga imkon bermoqda. Bu esa ishchi kuchining harakat tezligini oshiradi va inson kapitaliga pul to‘lash bo‘yicha umumiy xarajatlarni pasaytiradi. Mehnat unumdorligining o‘sishi bilan taqqoslaganda ish haqining o‘sishi nisbatan to‘xtab turishi ishchi kuchi bozorining moslashuvchanligi va globalligi hisobiga bandlikni kafolatlash darajasining pasayishi bilan ta’minlanadi. Xodimlar, o‘z tomonidan, raqamli iqtisodiyot sharoitlarida ish haqining o‘sishi bo‘yicha faollikdan ko‘ra barqaror bandlikni tanlashni afzal ko‘rmoqda. Boshqa barcha shartlar bir xil bo‘lganda ish beruvchilar va xodimlar xulq-atvorida ma’lum bir murosaga erishiladi. Iqtisodiy o‘sishni tezlatish tamoyilini raqamli iqtisodiyotning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati deb hisoblash lozim. Network (elektron tarmoq) tufayli muomala va iste’mol sohasida mahsulotning tarqalishi va moslashuvi tezlashadi. Elektron tarmoq va raqamli texnologiyalar tarmoq marketingini yanada samarali qiladi: mahsulot va bozordagi vaziyat haqida axborot zanjirli reaksiya tamoyili bo‘yicha tarqaladi. Shunga ko‘ra birinchi qaror va to‘g‘ri harakat ko‘pincha katta ustunliklar va qo‘shimcha foyda olishni ta’minlaydi. Yaxshi va sifatli tovarlar «online» rejimida virusning jonli tabiatda tarqalishi bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan tezlikda tarqatiladi va sotiladi. «Virusli» marketing istalgan firmaning iqtisodiy o‘sishi tezlashuvini ta’minlaydi. Bunga misol qilib turli mamlakatlarda elektron tijorat va internet-savdo bilan shug‘ullanadigan internet-kompaniyalarni keltirish mumkin.
    Agar XIX asrda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilishga asoslangan bo‘lsa, XX asrda jahon urushlari oralig‘ida va Ikkinchi jahon urushidan keyin boshqaruv texnologiyalarining ommaviy ravishda tarqalishiga tayangan. 1970-yillardan boshlab ularning negizida moliyaviy texnologiyalar faol rivojlana boshladi. Hozirgi kunga kelib, asosiy o‘sish omili rolini yuqori intellektual kognitiv texnologiyalar egallab olmoqda. Yangi raqamli qimmatlar, demak, qo‘shilgan qiymat yaratish har bir internet-kompaniya faoliyati orqali jamiyatdagi boylikning har taraflama o‘sishini asoslab beradi. Qimmatlar yaratish, o‘z navbatida, mavjud bozorlarni bo‘lib olishga bog‘liq. Zamonaviy konsepsiyalar bozor ulushini ta’minlash maqsadida mashhur bo‘lgan mahsulotni tobora ko‘proq ilgari surmoqda va shundan keyin tarmoqdan foydalangan holda u bilan bog‘liq bo‘lgan yangi tovarlar va xizmatlar sotishni rivojlantirmoqda. Mahsulot qimmatining bozor ulushiga bog‘liqligi elektron tarmoqning keng ko‘lamli rivojlanishi bilan asoslanadi. Agar ilgari mahsulot qimmati ko‘p jihatdan uning taqchilligi bilan belgilangan bo‘lsa, hozirgi paytda Network tufayli tezda qoidaga aylanmoqda, tovar narxi pasaymoqda. Iste’mol «standart»larini belgilashga yordam beradigan mahsulot turlari bo‘yicha sotuvdan olinadigan samara bozor ulushidan kelib chiqib, darajali funksiya bo‘yicha o‘zgaradi. Raqamli iqtisodiyot sharoitlarida tarmoq orqali deyarli istalgan narsani – tovarlar, xizmatlar va iste’molchi uchun kerakli bo‘lgan har qanday axborotni topish mumkin. Buning ustiga, yangi foydalanuvchilar bozorni yanada taqsimlash va egallab olish maqsadida o‘zining iqtisodiy siyosatini yuritishi va axborot qo‘shishi mumkin. «Online» rejimida ishlaydigan kompaniyalar samaradorligi, birinchi navbatda, personalning tirishqoqligi, harakat chanligi, chiqishimliligi, qarorlarning jamoaviy ravishda qabul qilinishi va tarmoqdan foydalanuvchilarga (potensial xaridorlarga) BigData texnologiyasi asosida individual yondashuv bilan ta’minlanadi. Global elektron tarmoq paydo bo‘lishi bilan xaridorlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yangi, misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga ega bo‘ldilar, sotuvchilar esa, o‘z navbatida, o‘sish uchun iqtisodiy kuch (salohiyat) yangi manbasini qo‘lga kiritdilar. Raqamli iqtisodiyot sharoitlarida bozorlarda sotuv sharoitlari va narxlarni «jismoniy» o‘rganish, turli magazinlarda va firmalarda narxlarni analogli taqqoslash uchun zarurat yo‘q. Muqobil variant tadqiqotlar bilan bir vaqtda tez aniqlanadi, raqobatchi esa kompyuter «sichqoni» bitta harakati bilan bartaraf qilinishi mumkin.
    Internet-iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning muhim jihati, xususan, biznes yuritish o‘ziga xos texnologiyasi hisoblanadi. O‘ziga xos xususiyat shundaki, bitim «birga bir» tamoyili bo‘yicha va an’anaviy vositachilarsiz yoki axborot vositachilarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shu sababli tovar va xizmatlar qiymatining axborot tarkibiy qismi tobora ortadi. Bunda sotuvchilar ushbu jarayonni tovar qiymati an’anaviy tarkibiy qismlari xarajatlarini amalga oshirishdan ko‘ra rentabelliroq hisoblaydi. Iste’molchilar, o‘z navbatida, ularning xohish- istaklariga muvofiq mahsulotga talablarini individuallashtirishga intiladi. Ta’minlachilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashinish borasida misli ko‘rilmagan sharoitlar yuzaga keladi. Ular uchun, bular uchun ham axborot iqtisodiy hayotning asosiy jihatiga aylanadi.



    Download 94,13 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 94,13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyotning texnologik asoslari

    Download 94,13 Kb.