“Konfidensialnost"("Maxfiylik”) — “Gruppы i kanalы"(“Guruhlar va kanallar”)
bo‘limida joylashgan va ko‘rinishi qo‘yidagicha:
“Kto mojet priglashat menya v gruppы i kanalы"(“Kimlar
meni guruh chatlariga
va kanallarga qo‘sha oladi?”) menyusidagi elementlar:
•
“Vse"("Hamma”) — istalgan kishi sizni guruh va kanallarga qo‘sha oladi.
•
“Moi kontaktы"(“Kontaktlarim”) — faqat sizning kontaktlaringiz ro‘yxatida
mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar sizni guruh va kanallarga qo‘shishi mumkin.
Boshqa sozlamalar kabi, bu bo‘limda ham istisnolarni kiritish mumkin:
“Vsegda razreshat"(“Har doim ruxsat berish”) — kimlarga
sizni guruh va kanallarga
qo‘shishga ruxsat berilganligini belgilash. “Vsegda zapreat"(“Har doim taqiqlash”) —
belgilangan foydalanuvchilarga sizni guruh va kanallarga qo‘shishni taqiqlash.
Qo‘shimcha himoya
Telegram messenjerida shaxsiy profil telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy profilga kirish SMS-kodlar orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan raqamga kod keladi
va uni dasturga kiritish
kerak.
2015 yilning 8 aprel kuni Telegram o‘z blogida
ikki bosqichli kirish tizimini taqdim
etdi. Bu degani, agar ikki bosqichli verifikatsiya o‘rnatilgan bo‘lsa,
profilga kirish
uchun nafaqat raqamingizga kelgan SMS-kodni, balki
qo‘shimcha verifikatsion
parolni ham kiritish kerak. Maxsus tizim foydalanuvchilar profillarining qo‘shimcha
ximoyasi bo‘lib, u qo‘yidagicha o‘rnatiladi. “Konfidensialnost"("Maxfiylik”) —
“Dvuxetapnaya autentifikatsiya"(“Ikki bosqichli tekshiruv”) bo‘limida shaxsiy elektron
pochtani kiriting. Keyin, ko‘rsatilgan pochtaga Telegram
tomonidan maxsus kod
yuboriladi va uni messenjerga kiritish kerak bo‘ladi.