|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
|
bet | 8/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Tushunchalar
|
Sizningcha bu tushunchalar qanday ma’noni anglatadi?
|
Qo’shimcha ma’lumot
|
Tarjimayi hol
|
ma`lum bir shaxsning o‘z shaxsiy hayoti, mehnat va jamoat ishlaridagi faoliyatining bayonidir
|
|
Ariza
|
biror muassasa, tashkilot, xo‘jalik yoki rahbar xodim nomiga iltimos, taklif hamda shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. Hujjatlar ichida ariza ijtimoiy hayotimizdagi eng ko‘p qo‘llaniladigan rasmiy hujjat
|
|
Tushuntirish xati
|
xizmatga oid vazifalar bajarilmaganligi, mehnat intizomi yoki o‘qish jarayoni, muassasa ichki tartib qoidalari va boshqa holatlar buzilganligi sababining bayoni bo‘lib, muassasa rahbari talabi bilan yoziladigan rasmiy hujjat
|
|
Ishonchnoma
|
biror muassasa (tashkilot, korxona yoki xo‘jalik) yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat
|
|
Izoh: Ikkinchi ustunchaga qatnashchilar tomonidan fikr bildiriladi. Mazkur tushunchalar haqida qo’shimcha ma’lumot glossariyda keltirilgan.
«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI»
fanidan
MA’RUZA MASHG’ULOTI
MATERIALLARI
Denov – 2020
1-2-Mavzu: AKT ni ta’limda qo’llanilishi konsepsiyalari.(4 soat)
Reja:
Fanning maqsad va vazifalari.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillar.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari.
Horijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni.
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar.
Boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy olgan. Hozirda qanday soha bo’lmasin, uni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xo’sh, axborot texnologiyalari o’zi nima?
“Axborot texnologiyalari” kursining asosiy maqsadi talabaning kasbiy faoliyati bo’yicha qo’yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy vositalarni to’g’ri tanlash, olingan bilimlari asosida qo’yilgan masalalarni yecha olish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishga qaratilgan.Talabalarni zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish jarayonida amaliy qo’llay olish fanning asosiy vazifasi deb hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi - bu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish uchun turli bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. Lekin hozirgi kunda barchamiz kompyuter, mobil aloqa vositalari, Internet va telekommunikasiya vositalaridan foydalanar ekanmiz ushbu texnologiyalarining markaziy qismi hisoblash mashinasi bo’lganligi sababli axborot texnologiyalarini torroq ma’noda, kompyuter axborot texnologiyalari ma’nosida ishlatganimiz ma’qulroq. Shundan kelib chiqqan holda, zamonaviy axborot texnologiyalari - bu kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning usul va uslublaridir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
|
| |