Raqamli ta’lim muhitida oliy texnik ta‘limda talabalarini axborot-tahliliy kompotentligini rivojlantirish mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsenti Annotatsiya




Download 17,69 Kb.
bet2/2
Sana15.05.2024
Hajmi17,69 Kb.
#236429
1   2
Bog'liq
RAQAMLI TA

Asosiy qism. Professional ta'limda ishlab chiqarish ta'limi ustasi–bu professional ta'lim muassasasining pedagoglar jamoasi tarkibidagi shunday maxsus shaxski, uning lavozim va xizmat vazifalari xilma-xil va murakkabdir. Ishlab chiqarish ta‘limi ustasi–bu kasbning asosiy o‘qituvchisi, biriktirilgan guruh o‘quvchilarining darsdan tashqari o‘quv- tarbiyaviy ishlari va hayotiy faoliyat tashkilotchisi, mehnat faoliyatiga kirishgan yoshlar murabbiyi. Ishlab chiqarish ta‘lim ustalari biriktirilgan guruhda o‘quv rejaga, asosan, o‘quv va ishlab chiqarish (diplomoldi) amaliyotlarini tashkillashtirishga va o‘tkazishga mas'ul hisoblanishadi.
Malakali pedagog, o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ta'limi ustasi bo‘lish uchun axloqiy va psixologik-pedagogik munosabatlarda namoyon bo‘ladigan aniq shaxsiy va kasbiy xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki, o‘quvchilar murabbiy bilan bo‘ladigan munosabatlarda va o‘quv jarayonidagi hamkorlikdagi faoliyatlarda ishlab chiqarish ta'limi ustasini o‘z kasbining ustasi, mukammal ustoz va mohir pedagog sifatida tan olishadi. Shuning bilan birga, ularning professional ta'lim muassasasida mehnat faoliyati bilan bog‘liq lavozim vazifalari hamda turli mehnat vazifalari ham mavjud. Lekin kasbiy faoliyati turli xil va murakkab bo‘lgan aynan ushbu kasb egalarini oliy ta'lim muassasalarida tayyorlash masalasi yo‘lga qo‘yilmagan. Oliy ta'lim muassasalarida tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan «Professional ta'lim» yo‘nalishi bitiruvchilariga qo‘yilayotgan malaka talablar va o‘quv rejalari tahlil qilinganda, o‘qitilayotgan fan (modul)lar mazmuni ishlab chiqarish ta'limi ustalari faoliyatidan sezilarli darajada farq qilishi kuzatiladi. O‘zbekiston Respublikasi "Ta‘lim to‘g‘risida"gi qonunining 46-moddasida pedagog xodimning majburiyati etib, «...axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi; o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi» belgilab qo‘yilgan. Qonunda ko‘rsatilganidek, ishlab chiqarish ta'limi ustalari xam kasbiy faoliyatda va o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi hamda muntazam ravishda malakalarini oshirib borishi zarurati vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘rsatilgan quyidagi vazifalarni professinal ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ta'limi ustalarning ish faoliyatiga singdirish mumkin deb hisoblaymiz:
«…tarmoqlarida virtual va to‘ldirilgan reallik, sun'iy intellekt, kriptografiya, mashina o‘rganishi, katta ma»lumotlarni tahlil qilish va «bulutli» hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish; axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish; raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o‘rganish imkoniyati);
kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish". Ushu farmon talablaridan ko‘rinib turibdiki, jamiyatda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarga oid zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishligi belgilangan. Demak, professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar hususan ishlab chiqarish ta'limi ustalari ham virtual va to‘ldirilgan reallik, sun‘iy intellekt, kriptografiya, katta ma'lumotlarni tahlil qilish, «bulutli» hisoblash texnologiyalari, masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalari, onlayn kurslar, platformalar, axborot savodxonlik, kompyuter savodxonlik, media savodxonlik, kommunikativ savodxonlik, texnologik innovatsiya va shu kabi tushunchalarni bilishi zarurati tug‘ilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni imzolangandan so‘ng, o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalari sifatida tashkil etilgan texnikumlarda ta'limning halqaro 5-darajaga mos holda «Ishlab chiqarish ta'limi» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Uning o‘quv rejasiga ko‘ra, «Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari» fani orqali umumiy kompetensiyani shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarish ta'limi ustasi kasbining kasb standartida, ushbu kasb egalarining zaruriy bilimlari qatoriga «...o‘qitishni texnik vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini qo‘llab malakali ishchilar (xizmatchilar) tayyorlash, ... elektron o‘quv resurslari va boshqa metodik materiallarga bo‘lgan talablarni, ... zarur bo‘ladigan axborotni izlashning asosiy manbalari va usullarini va hujjatlarni yuriish uchun axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish» kabi vazifalarni o‘zlashtirishi belgilab qo‘yilgan. Ishlab chiqarish ta‘limi ustasining lavozim vazifalari va ish faoliyatidagi kundalik bajarayotgan yumushlariga ko‘ra, bugungi kunda raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajarishadi: 1. O‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, onlayn yig‘ilishlar o‘tkazish.
2. Gurux o‘quvchilari bilan turli masalalarni onlayn muhokama qilish, anketa va so‘rovnomalar o‘tkazish.
3. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, matnlarni tahrirlash, taqdimotlar yaratish. 4. Internetda ma'lumotlarni qidirish, elektron pochta ochish va ma‘lumot almashish. 5. Videoroliklar tayyorlash va internetga joylashtirish hamda o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish.
6. Vebinar tashkil qilish va qatnashish, onlayn kurslarda ishtirok etish.
7. Hisobotlar yaratish va jo‘natish.
Yuqoridagi kundalik vazifalarni bajarish uchun Mikrosoft ofis, videokoder dasturlarida ishlay olish va internetda ma'lumotlarni qidirish, telegramm, google classroom va zoom dasturlarida ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak. Chunki, «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonunda ta‘limning masofaviy shakli ham belgilangan bo‘lib, pedagog karantin davrida yoki onlayn shakldagi mashg‘ulotlarni olib borishda internet orqali darsni tashkillashtirishni bilishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida «…professional ta'lim muassasalari guruh rahbarlarini tayyorlash uchun o‘quvchilar bilan ishlash, ular psixologiyasini o‘rganish va metodik ta‘minlashga qaratilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin» deb belgilab qo‘yilgan [4]. Shunga ko‘ra, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta‘lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan guruh rahbarlarini masofaviy shaklda 72 soatlik malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yilgan. Tasdiqlangan o‘quv rejasiga ko‘ra, «Ish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish» nomli 10 soatik modul kiritilgan bo‘lib, tinglovchilar modul yakunida maxsus bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Professional ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ta'limi ustalari va guruh rahbarligi yuklatilgan pedagoglarning guruhni boshqarishdagi vazifalari bir-biriga yaqinligini hisobga olib, ustalarda ham ushbu zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish lozimligini tushunish mumkin. Mazkur bilimlar kundalik vazifalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish hamda zaruriy bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
Xulosa. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, professional ta'limda ishlab chiqarish ta'limi ustalarining kasbiy faoliyatidagi extiyojlardan kelib chiqib, raqamli kompetenlikkka ega bo‘lish maqsadida o‘z malakasini oshirib borish uchun aniq reja va dastur tuzish taklif etiladi. Demak, ushbu mavzularni ta'lim muassasasida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda alohida kurs tashkil etib, seminarlar ko‘rinishida innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘qitish mumkin.
Download 17,69 Kb.
1   2




Download 17,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli ta’lim muhitida oliy texnik ta‘limda talabalarini axborot-tahliliy kompotentligini rivojlantirish mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsenti Annotatsiya

Download 17,69 Kb.