• Yahudiy marosimlari va bayramlari.
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al -xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali




    Download 34,88 Kb.
    bet3/4
    Sana19.11.2023
    Hajmi34,88 Kb.
    #101559
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Abdullayeva Nasiba Dinshunoslik

    Talmud. Talmud (qad. yahud. tilida lameyd - o‘rganish) miloddan avvalgi IV asrlarda vujudga kelgan va yozma Toradan farqli o‘laroq, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda o‘tib borgan. SHuning uchun Torani yozma qonun, Talmudni esa og‘zaki qonun deb yuritilgan. Talmud Mishna va Gemara kitoblari majmuasi bo‘lib, Mishna ravvinlar tomonidan Tavrotga yozilgan sharhlar, Gemara esa Mishnaga yozilgan sharhlardan iborat. Talmudning Falastin (O‘rshalim) va Vavilon (Bavliy) nusxalari mavjud. O‘rshalim Talmudi eramizning III asrlarida Bavliy talmudi eramizning V asrida tahrir qilingan.
    Unda ilgari yahudiylar uchun noma’lum bo‘lgan o‘ziga xos esxatologik (ya’ni oxirat, qiyomat, marhumlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo) tasavvurlar o‘z aksini topgan. Talmudda yahudiylikning marosimlari, urf-odatlari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular 248 ta vasiyat va 365 ta taqiqni o‘z ichiga oladi. SHuningdek, unda qadimiy yahudiylar orasida din, partiya, guruhlar (saduqiylar, farziylar, esseylar)ning kelib chiqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda bayon etilgan diniy qonun-qoidalar, aqidalar, ko‘rsatmalar yahudiy dinining asosini tashkil etadi.
    Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylar o‘zlarining Yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagogada ham birday olib boriladi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomonida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va Ravvin uchun minbar qo‘yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qilishadi. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boriladi.
    Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Yahudiylikda bir necha tur oziq-ovqatlar, asosan cho‘chqa, quyon, qo‘shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o‘laksaxo‘r qushlar kabi ba’zi hayvon go‘shtlarini eyish taqiqlanadi.
    Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi qullikdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini o‘sha qoni bilan bo‘yab o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
    Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi etti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir – masa eydilar. Masani eyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni (aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi) nishonlanadi.


    Download 34,88 Kb.
    1   2   3   4




    Download 34,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al -xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali

    Download 34,88 Kb.