|
Normurod Norqobilov faoliyati va ijodi
|
bet | 2/2 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 24,33 Kb. | | #261410 |
Bog'liq O1.Normurod Norqobilov faoliyati va ijodi.
Normurod Norqobilov 1953-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Qishliq qishlogʻida dunyoga keldi. U harbiy xizmatdan qaytgach (1971—1973), bir muncha vaqt zavod-fabrikalarda chilangarlik, temiryoʻl vagonlarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi vazifalarida xizmat qildi. Toshkent davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida taʼlim oldi (1976—1982). Normurod Norqobilov 1982—1983-yillarda „Toshkent oqshomi“ gazetasida oʻz faoliyatini boshladi. 1983-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi. Adib „Temur gʻori“, „Ikki daryo oraligʻida“, „Tamaddun izlari“ nomli ekspeditsiya yoʻnalishidagi koʻrsatuvlar tayyorlash jarayonida Oʻzbekistonning bir qancha togʻ-adirlari, qirlari, dala-dashtlarini kezib chiqdi. Bu orqali hayvonot olamini oʻrgandi. Bu ekspeditsiya keyinchalik „Changalzor iti“, „Oqboʻyin“, „Togʻ odami“, „Paxmoq“, „Ovul oralagan boʻri“ nomli qissalarida oʻz aksini topdi. Bulardan tashqari yana „Unutilgan qoʻshiq“, „Zangori qoʻl“, „Yuzma-yuz“, „Temur gʻori“, „Arazchi chumchuq“, „Sariqgul“, „Joʻshqin daryo“, „Bekatdan oq uycha“, „Dasht-u dalalarda“, „Togʻdagi yolgʻiz odam“ nomli roman, qissa, hikoya va maqolalar toʻplamlari chop etildi. Yana bir qator asarlari esa rus, qozoq, qirgʻiz, turk, tatar, ingliz, arab tillariga tarjima qilib oʻgirildi. Bolalarga atalgan hikoyalari qirgʻiz va qozoq maktablari boshlangʻich sinf darsliklariga kiritildi. „Quyosh botmaydigan yurt“, „Belbogʻ“, „Shim yoxud xotinlar janjali“ shu kabi videofilmlar uning asarlari asaosida suratga olindi. Normurod Norqobilov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni va „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan.
2.Normurod Norqobilov qissalarida inson va tabiat munosabati
Normurod Norqobilov qissalarida odam, tabiat, hayvonot olamining o‘zaro murakkab munosabatlari hamda inson va tabiat uyg‘unligi tasvirlangan. Yozuvchi o‘z asarlarida tiriklik hayot mohiyatiga mos qator his-tuyg‘ularni go‘zal bir yo‘sinda ochib berishga harakat qiladi. Badiiy asar ro‘y bergan qiziqarli voqealar tasviridan emas, balki inson ko‘ngli to‘lg‘amlarining mikrotahlilidan iboratdir. Har bir inson olam va odamiyatni o‘z fahmi-farosati darajasidagina anglay oladi. Shuning uchun bugungi adabiyotda odamdan tashqaridagi voqealarga emas, inson ruhiyatida sodir bo‘layotgan ichki kechinma va jarayonlarga ko‘proq e’tibor qaratilayotir. Adibning “Ovul oralagan bo‘ri” qissasida keltirilgan peyzaj tasviri asar qahramoni Cho‘ngkalla xarakteri bilan uyg‘un ifodalangan. Yozuvchi insondagi his-tuyg‘u va odamiylik fazilatlari yo‘qolishini qish chillasidagi qorsiz dasht timsolida jonli gavdalantiradi. Inson gohida his-tuyg‘ulariga asir bo‘ladi, boshqalar qalb tuyg‘ularini his qila olmaydigan, bir ozgina yutuqdan havolanib, atrofida kechayotgan hodisalardan bexabar, befarq, loqayd odamga aylanadi. Buni qarangki, yozuvchi asarida xuddi shu haqda quyidagi fikrlarni yozadi: “Salom mergan qishloqdoshlarining hadyalarini xushnud qabul qilishda davom etarkan, shu tobda o‘ziga ajal timsoli ko‘z tikib turganini xayoliga keltirmasdi. U maqtovlardan mast, hadyalardan baxtiyor edi. Dashtdagi tulki-yu quyonlarga qiron keltiruvchi bu kimsa bo‘rini ilk bor qo‘lga tushurishi edi. Eng muhimi bu insoniy fojialar bo‘rilar xarakterining o‘ziga xos qirralarini namoyon etish bilan ko‘rsatiladi. Qissadagi voqealar rivojida nafaqat insondagi ijobiy fazilatlar, balki salbiy jihatlar ham juda jonli gavdalantiriladi. Teranroq nazar tashlansa, qissa muallif hozirgi kun uchun dolzarb bo‘lgan ekologik tarbiyani ham o‘quvchi ongiga qahramoni Cho‘ngkalla orqali, juda muhim ramziy obraz vositasida singdiradi. Cho‘ngkallaning jufti Oqyol ovchilar qopqoniga tushib, Salom merganning qurboniga aylandi. Vafodorlik timsoli sifatida berilgan bo‘ri tabiatida juda go‘zal his-tuyg‘ular xuddi inson qalbidagi ruhiy holatlarga monand ko‘rsatiladi. Agarda insonda tuyg‘u bo‘lmasa, quyosh haroratsiz, tabiat rangsiz, tiriklik va xayol ruhsizlik kasb etadi. Biz tahlil qilishga urinayotgan mashhur «Ovul oralagan bo‘ri» qissasi zotan insonlar xususida bo‘lmasa, tabiatning yaratig‘i bo‘lgan, o‘z dunyosining mushkulotlari bilan kurashib dasht va o‘rmonlarda yashovchi bo‘ri haqida. Asarda Salom mergan ziddiyatli obraz. Bo‘ri – obrazi konseptual obraz darajasiga ko‘tarilmagani kabi Salom mergan obrazi ham badiiy etilmagan. Bundan kelib chiqadigan ma’no asarda yozuvchi g‘oyasi konseptual darajada ko‘tarilmagan. Asarda Salom mergan bir qator qat’iyatsiz, irodasi bo‘sh, tez havolanuvchi, o‘zgalar fikriga tez og‘ishib ketuvchi shaxs sifatida tasvirlanadi. U tabiatdan fe’li yumshoq inson sifatida keltirilgan bo‘lsa-da, boylikka o‘chlik hissi uning bu hislatlarini ko‘mib tashlaydi. Manmanligi, tajangligi uning muvofaqqiyatiga, erishish yo‘lidagi eng katta muammoli to‘siq ekanligi asarda yaqqol ko‘rsatiladi. Bizga ma’lumki, hayot so‘qmoqlarini bosib o‘tgan inson xarakterini o‘zgartiradi. Talqinlar davomida inson va nabobot olami haqidagi talqinlar tahlil etildi va tabiat va inson dialektik birlikda hayot kechirishiga alohida urg‘u berildi. Adib qissalarida inson tabiatidagi murakkablik bilan tabiat hodisalarini bir butunlikda ko‘rsatadi hamda insonning ko‘ngil mayli bilan ma’naviy olami, odamiylik va insoniy qismat, taqdir yuzma-yuz kelishi tasvirlangan. Xususan, adibning “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasida qoya, buloq, tosh, archa, ayiq, it, inson aro uzviy, tabiiy bog‘liqlikda beriladi. Qissada Ernazar polvon borlig‘i, o‘yfikrlari bilan tabiat odami. U jamiyat tartibotini biladi, fan-texnika taraqqiyotini anglaydi, zamon va odamlar o‘zgarib borayotganini ko‘radi. Lekin, baribir, tabiatning azaliy tartiblari asosida yashashni yoqtiradi. Ernazar polvon katta oilaning qoyaday mustahkam tayanchi, qishloqdoshlarining etakchisi, G‘aybulla merganday aqlli odamning do‘sti. U zaifayu ojizalarni e’zozlaydi, lekin ular bilan hisoblashishni xayoliga ham keltirmaydi. Uning qalb tuzuklari bor, ularga qat’iy rioya qiladi. Er yigitning go‘zalligi qalbida. Ernazar polvonning ayoli o‘g‘illar sonini yana bittaga orttirganida, uning yuragidan quyosh chiqqanday bo‘ldi. Chaqaloqni ko‘rdiyu uning kapalagi uchib ketdi. Yo‘q, bola ta’viya, nogiron emasdi. Aksincha, qosh-ko‘zlari popukday, kipriklari to‘sday qop-qora, betlari, dahani kelishgan. Ota ko‘nglidan zimda xayol kechdi: “Qizbet”. SHu beozorgina fikr ota va o‘g‘il ziddiyatiga, oilaviy fojiaga sabab bo‘ldi. Xushbichim chaqaloqqa O‘sar deb ism qo‘yishadi. U aqlli, tadbirkor yigitcha bo‘ldi, tuman markazida vaqtini o‘tkazdi. Aka-ukalariday kurash tushmaydi. Otasi har qancha gapirmasin, davraga kirmaydi. Tumanda allaqanday sport bilan shug‘ullanadi. Mototsiklda g‘ir etib qishloqqa keladi, g‘ir etib shaharga ketadi. O‘sar beboshlik ko‘chasiga kirib, nasl-nasabining tayini yo‘q ayol bilan tanishadi. Harom-xarishni farqlamay qo‘yadi. Ota erinmasdan markazga borib, o‘sha ayolni ko‘rib qaytdi. Ernazar polvonning dardi-dunyosi zim-ziyo bo‘ldi. “Ichki kechinmalar, tuyg‘ular, hislar in’ikosi orqali inson qiyofasining to‘la namoyon bo‘lishi badiiylikning muhim mezoni. Bu hol, o‘z navbatida, istiqlol adabiyotining o‘ziga xosligini belgilaydi. Normurod Norqobilovning “Qoyalar ham yig‘laydi”, ”Tog‘ odami” qissalari buning yorqin misolidir”31. “Qoyalar ham yig‘laydi” qissasining qahramoni Ernazar polvonning har bir harakati, qadam bosishi, o‘tirishi, atrofiga nigoh solishi, gapirish yo‘sini maqsad sari yo‘naltirilgan, ya’ni bu narsalar u qanday odam ekanligidan dalolat beradi. U o‘z e’tiqodi va aqidasiga ega shaxs. Uningcha, jo‘mardlikning asosi oila, shundan unga qilcha xiyonat aralashishi kerak emas. Shundagina nasl toza bo‘ladi. Nasli toza inson go‘shasiga mehr qo‘yadi. Uni muqaddas deb biladi. Irodasi kuchli, ruhan sog‘lom bo‘lib etishadi. Uning etti pushti shu aqidaga amal qilgan va bu aqidani buzish uning ajdodlari ruhiga xiyonatdir. Lekin o‘g‘li O‘sar bobolaridan meros bu an’anani buzadi. Hatto otasiga qo‘l ko‘taradi. Bundan qoyalar ham g‘azabga kelib, ko‘chkisini ko‘chiradi, qal’aday toshlardan biri uni yiqitadi, so‘ng, chog‘roq xarsang belidan bosadi. Qissa hayotiy haqiqatning badiiy talqini vositasida insoniy falsafadan saboq beradi, kishini ko‘p narsadan ogoh qiladi. Qissa nomidagi ramz bosh obraz tabiatida kechgan iztiroblarga mos tushadi. Ernazar polvon qoyaga taqqoslanadi. Tog‘ qoyalarining o‘pirilishi – tabiat hodisasi. Ernazar polvon oilasidagi noloyiq farzand ham shu holga o‘xshaydi. Ko‘ngil tuyg‘ulari pora-pora qilingan qalb iztirobi esa, barcha azoblardan ham azoblidir. Chunki unda insonning ko‘ngil mayli bilan ma’naviy olami, odamiylik va insoniy qismat, taqdir yuzma-yuz keladi. Albatta, bunday xususiyat barcha odamlar uchun emas, balki jo‘mard insonlargagina xos xususiyatdir. Bu jihatlar Normurod Norqobilovning “Bekatdagi oq uycha”, “Tog‘ odami”, “Qoyalar ham yig‘laydi” kabi qissalarida o‘zining badiiy ifodasini topgan.
3.Normurod Norqobilovning “changalzor iti” qissasidagi qoravoy obrazining dinamik talqini
|
| |