|
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi
|
bet | 3/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 44,47 Kb. | | #232989 |
Bog'liq Raqamli hafsizlik masalalari va-kompy.info2. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi
Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.
Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yil - “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash mumkin.
Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi.
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi tasdiqlandi
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.
Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, internet tezligining 10 foizga o‘sishi mamlakat YaIM o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo‘lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish mumkin.
Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etadi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko‘plab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Raqamli iqtisodiyotda IT yordamida tannarxni kamaytirishga, natijada optimallashuvga va samaradorlik oshishiga erishiladi.
"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Raqamli iqtisodiyotda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsiyalar muhim hamda ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda ilmiy sig‘imkorlik yuqori bo‘lgan tarmoqlar ravnaq topadi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratishi bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir.
Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30 foizidan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga blokcheyn texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg‘otganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta’sir ko‘rsatyapti.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi.
Raqamli aktivlar - bu moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobga olinadigan raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir.
Toshkentda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jahonning mashhur “McKinsey” ekspertlarining baholashi bo‘yicha, bugungi kunda jahon YaIMning qariyb 10 foizi raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, shu bilan birga, ularni ishlab chiqish sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30 foiziga teng. Raqamli aktivlarning rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga o‘xshaydi.
O‘z navbatida, raqamli aktivlar rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni muhim. Ijtimoiy tarmoqlar raqamli biznesning taraqqiy etishiga ham keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy ko‘rinishi sifatida mobil to‘lov tizimlarini ko‘rsatish mumkin. Bunda hammamizga ma’lumki, mijozlarning smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog‘langan bo‘ladi. Bu esa mijozlarga onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‘larini erkin o‘tkazish imkonini beradi.
To‘lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng foydalanadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk ob’yektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga egalik huquqiga faqatgina kompaniya ega bo‘ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentlar, kompyuter dasturlariga mutlaq huquq va ma’lumotlar bazasini keltirish mumkin.
Hozirda raqamli aktivlar bilan birga, raqamli aktivlarni boshqarish tizimi ham tez sur’atlarda rivojlanmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
Raqamli aktivlar bo‘yicha global ishtirokchilar sifatida “North Plains Systems Corporation”, “Open Text Corporation”, “Widen”, “Net Xposure, Inc.”, “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-Packard Company”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin.
Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga qaratilishi lozim.
Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu ularning huquqiy himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamli aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy shartlardan bo‘lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi bo‘yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab etadi. Birinchi “onlayn” to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi o‘rtasida keng tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan foydalanilgan. “Visa” va “Master Card” kredit kartalari emitentlari sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini ko‘rish shartlarini talab etishgan.
Jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi trendlarni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki dunyoda buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rnini jadal almashtirishi davrida biz ham asosiy e’tiborni faqat mahsulotlar eksportiga qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn texnologiyalari faoliyatini zamonga hamohang ravishda o‘rganib, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng foydalanishni yangi bosqichga olib chiqishimiz maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.
|
| |