3
KIRISH
Kompyuter grafikasi tasvirlarni yaratish va qayta
ishlashda vosita sifatida
kompyuter qo‘llaniladigan faoliyat sohasi hisoblanadi. Kompyuter grafikasini
qo‘llash sohasiga qarab ilmiy grafika, biznes grafika, konstruktorlik grafika, tasviriy
grafika, badiiy grafika,
kompyuter animatsiyasi, multimediya va boshqalarga
ajratadi. Kompyuter grafikasining turiga qarab rastrli, vektorli va fraktal kompyuter
grafikalarini ajratish mumkin.
Adobe Photoshop dasturi rastrli grafik muharriri xisoblanib Adobe Inc.
kompaniyasi tomonidan Windows va MacOS operatsion tizimlari uchun ishlab
chiqilgan. Photoshop dasturi ko‘p qavatli rastrli tasvirlarni
yaratish va tahrirlash,
maska va ko‘p rang modellarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Ushbu xususiyatlarni
qo‘llash uchun dastur o‘zining PSD va PSB fayl formatlarini ishlatadi. Rastrli
grafikadan tashqari dastur vektorli grafika va 3D grafikalar bilan ishlash uchun
cheklangan imkoniyatlari mavjud. Photoshop dasturi tasvirlarni piksellar to‘plami
sifatida yaratadi. Photoshop dasturining mo‘yqalam, aerograf, pero va qalam kabi
uskunalari yordamida tasvirni rassom kabi xolstda yaratib olish mumkin. Dasturdagi
barcha uskunalarning xususiyatlarini foydalanuvchi
talabiga mos ravishda
o‘zgartirib olish mumkin. Photoshop dasturining ustunlik tomonlaridan biri bu
qavatlarning qo‘llanilishi. Har bir qavatni tasvirning qolgan qismiga ta’sir qilmagan
holda mustaqil ravishda o‘zgartirish va xususiyatlarini belgilab olish mumkin.
Photoshop dasturining asosiy qo‘llanilish sohasiga tasvirlarni retushlash, matn
bo‘laklarini o‘z ichiga oluvchi kompozitsiyalarni
yaratish,
boshqa grafik
muharrirlarda yaratilgan tasvirlarni tahrirlash, dasturning uskunalari va vositalaridan
foydalanib chizish texnikasini taqlid qilgan holda tasvir yaratish kiradi. Photoshop
dasturining asosiy imkoniyatlariga raqamli tasvirlarni qayta ishlash, ranglarni
sozlash, tasvir nuqsonlarini yo‘qotish, ko‘p qavatli tasvirlarni yaratish, fotomontaj,
fotokollajlarni yaratish, retushlash va eski rasmlarni tiklash, eskizlar yaratish,
matnlar
bilan ishlash, teksturalar yaratish, tasvirlarni chop etishga tayyorlash,
tasvirlarning turli standartlari va formatlarini qo‘llash kiradi.