Pedagogik tizim asosida nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish




Download 1,09 Mb.
bet10/37
Sana13.06.2024
Hajmi1,09 Mb.
#263494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

2.3. Pedagogik tizim asosida nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy o’rin egallaydi.
Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Shu jumladan “Mehnat ta’limi” fanini o’qitishda quyidagilarga katta e’tibor qaratish kerak:

  • yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlash va uning nazariy asoslarini yaratish;

  • uning printsiplarini ishlab chiqish;

  • pedagogik texnologiyani amalda qo’llash uchun samarali yo’llarini tanlash va hokazo.

Tashxislanuvchan o’quv maqsadlarini qo’llashga o’tilishi, o’qitish texnologiyasida baholashning o’ziga xos yangi mazmunga ega bo’lishiga olib keladi. Maqsad tashxislanuvchan usulda aniqlanar ekan, o’quv jarayonining borishida uning belgilariga ham etalon sifatida qarash mumkin bo’ladi. O’qitish jarayonida joriy baho qaytuvchan aloqa rolini o’ynaydi va etalon maqsadga (yoki uning qismlariga) erishishiga qaratilgan bo’ladi. Agar maqsadga erishilmagan bo’lsa, unda joriy nazorat natijalari asosida o’quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi lozim. Shuning uchun ham, joriy baholar bilimlarni shakllantiruvchi funksiyani bajaradi. Demak, joriy nazoratlar baholanmaydi. Joriy mulohazalar mazmuniy harakterga ega bo’lib, ular o’quvchiga va uning faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritishiga yordam berishi lozim. Yakuniy baho ballarda ifodalanadi. Joriy baho kabi yakuniy baho ham tashxis usulida qo’yilgan maqsadlarning etalon mezoniy belgilari asosida aniqlanadi va shuning uchun ham mezoniy harakterga ega bo’ladi. O’quv jarayoni ham shunga muvofiq yo’nalishga ega bo’ladi. Mezoniy baholash bu usulda o’qitishning asosini tashkil qiladi.
O’quvchilar bilimlarini shakllantiruvchi joriy baholar, ularga fanning har bir bo’limi bo’yicha tavsiya etilgan nazorat topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan maqsad, o’quvchilarda sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilishdir. Bunday test variantlarining biri bo’lim materialini to’la qamrab olgan bir necha savollardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir savol ro’parasida 4-5 ta javoblar (tanlab belgilash uchun) yoziladi. Har bir javob varianti bir qarashda to’g’riga o’xshagan bo’lishi, lekin faqat bittasi aniq to’g’ri bo’lishi zarur. Javoblar A, V, S, D, Ye kabi harflar bilan belgilanadi. Javoblar o’z-o’zini tekshirish blankasiga o’tkaziladi. Uni to’ldirib bo’lgandan so’ng, o’quvchi o’z javoblarini test kaliti bilan taqqoslaydi va qaysi savollarga to’g’ri (noto’g’ri) javob berganligini o’zi aniqlaydi. Javob bera olmagan savollarni o’zi mustaqil ravishda (zarur bo’lsa o’qituvchi yordamida) o’zlashtiradi. Bunda u alternativ o’quv materiallari (o’quv qo’llanmalari, videomaterial, laboratoriya ishlarini bajarish uchun ko’rsatmalar) dan foydalanishi ham mumkin.
Pedagogik texnologiyaning eng muhim yutuqlaridan biri - testlar fondini, o’quv jarayonining borishini to’la qamrab olgan nazorat - tekshiruv topshiriqlar to’plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda anchagina qulaylik tug’diradi. Har bir o’quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o’rnatishga imkon beradi va o’quv jarayonini belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo’naltirib turadi.
Texnologik xarita o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi. O’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda trener o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchini ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Trener-o’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda trener-o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun trener-o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlarni bilishi kerak bo’ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bulishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi trener-o’qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi. Texnologik xaritada ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyati (o’quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo’llaniladigan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita bo’lajak mutaxassislarning mustaqil ishlashiga va ta’lim jarayonini nazorat qilishga yordam beradi.
Texnologik xarita mazmunini faoliyat (texnologik bosqichlar) tashkil etadi va ular quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • ta’lim oluvchilarga o’rganilishi kerak bo’lgan mavzuni e’lon qilish. Uning mantiqiy-tuzilmaviy tartibini namoyish qilish va sharhlash. Yangi material bilan tanishtirish;

  • o’quv elementlarini o’rganish ketma-ketligi va usullarini bayon qilish;

  • ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar to’g’risida axborot berish;

  • testlar va amaliy topshiriqlarning variantlarini, ularni baholash mezonlarini taqdim etish, ya’ni yakuniy nazoratning “ochiqligini” ta’minlash;

  • o’zlashtirilgan bilimlarning ta’lim jarayonida yoki kelgusi kasbiy faoliyatda qayerda kerak bo’lishi to’g’risida axborot berish.

Bu holda “Ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi” ning o’zaro munosabatidagi muammo ham hal etiladi. Ta’lim oluvchi ta’lim beruvchining tayyor bilimlar bilan qurollantiradigan ta’sir obyektidan mustaqil o’quv faoliyatining subyektiga aylanadi. U mustaqil bilim olishga va o’zining o’quv faoliyatini rejalashtirishga, uning natijalariga erishish darajasini belgilashga qiziqtiriladi.
Trener-o’qituvchi tomonidan o’zi o’qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga o’z fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga (choraklar, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv jarayoninig boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko’ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani o’quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqishga imkon yaratadi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga olib keladi.
O’qitish jarayonida o’quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga, pedagogka o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Quyida Mehnat ta’limi fanidan “Texnologiya va dizayn” yo’nalishining “Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi” bo’limidan ba’zi bir mavzular bo’yicha o’tkaziladigan drsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasi keltirilgan. Mavzu: “Duradgorlikda ishlatiladigan yog’ochlar (terak, tog’terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar)”
Mashg’ulotning tyexnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi


Download 1,09 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Download 1,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik tizim asosida nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish

Download 1,09 Mb.