|
KIRISH
Bitiruv ish mavzusining dolzarbligi
|
bet | 2/37 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,09 Mb. | | #263494 |
Bog'liq Buxoro davlat universitetiKIRISH
Bitiruv ish mavzusining dolzarbligi. Jamiyatimizda XXI asr ma’naviy, tarbiyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy texnik, texnologik sohalar islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshorilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq IX-sessiyasida Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o‘z nutqida hayotimizni hal qiluvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonunlar loyihasiga doir masalalar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Mustaqil respublikamizning rivojlanishi, eng ilg‘or davlatlar safida bo‘lishi, jamiyatimizning yangilanishi va taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan islohotlar taqdiri ko‘p jihatdan zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida 1997 yil «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi nafaqat ta’lim sohasida, balki barkamol avlodni tarbiyalash sohasidagi islohotlar uchun ham fundamental asos bo‘ldi.
Bugungi kunda mehnat ta’limi yo‘nalishlaridagi mavjud o‘quv reja va dasturlarining mazmunini qayta ishlab chiqish, ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali shakl va metodlarini qo‘llash, talabalarning o‘quv-uslubiy tayyorgarligini kuchaytirish, kasbiy-pedagogik mahoratini oshirish shart-sharoitlarini shakllantirish kabi muammolarni echish uchun mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
SHu asosda bo’lajak pedagoglarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi darajasini oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim-tarbiyaning metodologik asoslarini ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonlarini pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazish, erkin shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Pedagogik tizim ichida kechayotgan jarayon pedagogik texnologiya deb yuritiladi. 1971-yilda Yaponiyada pedagogik texnologiya maorifga kirib keldi. Pedagogik texnologiya bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’z ichiga oladigan pedagogik faoliyatdir.
Bugun ixtiyoriy tarzda va amaliyotga tadbiq etilayotgan o’qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish lozim. Ushbu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sug’orish, mazmunini takomillashtirish, tuzish ijodkor o’qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Pegogik tenologiyalar asosida turli shakllarga tushirib dars o’tish o’qituvchilardan katta mahorat talab qiladimi, degan savol tug’iladi.
Agar o’qituvchi quyudagilarga amal qilsa:
a) pedagogik texnologiya oldindan loyihalangan bo’lsa;
b) tayyor loyihani amaliyotga to’g’ri tadbiq eta olsa, katta mahorat talab qilinmaydi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetirishni talab qiladi.
Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo’naltrilgan shakli, usuli va vositalarning mahsulidir. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, aksariyat hollarda o’qituvchi dars jarayonida faqat o’zi ishlaydi, o’quvchilar esa kuzatuvchi bo’lib qolaveradilar. Ta’limning bunday ko’rinishi o’quvchilarning aqliy tafakkurini o’stirmaydi, faolligini oshirmaydi, ta’lim jarayonidagi ijodiy faoliyatini so’ndiradi.
|
| |