|
Strategiya tushunchasi va uning mazmunini tushuntiring
|
bet | 1/4 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 20,55 Kb. | | #264797 |
Bog'liq 1-mavzu S b
Strategiya tushunchasi va uning mazmunini tushuntiring.
Strategik menejment − tashqi biznes muhitining dinamik o’zgarishiga javob beruvchi menejment fani va amaliyotining jadal rivojlanayotgan sohasi hisoblanadi. Strategik boshqarish nazariyasi amerikalik biznes-tadqiqotchilar va konsalting firmalari tomonidan rivojlantirib kelingan. Hozirgi vaqtda strategiyaning ko’plab ta’riflari mavjud. Strategik boshqaruv nazariyasi markazida “strategiya” tushunchasi yotadi. Strategiya so’zi juda qadimiy bo’lib, yunoncha strategia so’zidan olingan va u “qo’mondonlik san’ati” yoki “qo’mondonlik ilmi” ma’nolarini bildiradi. Tarix shuni ko’rsatadiki, eng iste’dodli va muvaffaqiyatli qo’mondonlar qo’shinni qanday qilib qo’llab-quvvatlash va ushlab tura olishga, shuningdek, qachon jangga kirish, qachon esa xalq, siyosatchilar, diplomatlar bilan muzokaralarga kirishishga katta ahamiyat berganlar. Ularni strateglar deb atalgan
Firma strategiyalarini ishlab chiqish bo’yicha menejerlarning vazifalari nimadan iborat?
Menejer (inglizcha: manager — boshqaruvchi)
1) korxona va kompaniya egalari boʻlmagan, maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassis — yollanma boshqaruvchi.
2) rivojlangan mamlakatlarda kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, maʼmuriy boshqaruvchi kabi rahbar xodimi.
3) obligatsiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni kapital bozorida oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi bank sindikatlari rahbar guruxlari ishtirokchisi. Menejer rivojlangan mamlakatlarda maxsus ijtimoiy qatlamni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Menejer xizmati ishlab chiqarishda va tovarlar muomalasini uyushtirishda zarur omil boʻlib qoladi
Strategik boshqarishnieng maqsadi nimalardan iborat?
Bozorli iqtisodiyot bu o'ta chigal va murakkab jaravonlar tizimidan iborat manfaatlar qarama-qarshiliklari qurshovida keng raqobat maydoniga ega bo'lgan iqtisodiyotdir. Zero, bu iqtisodiyotda mulkdor va tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalariga egalik qiladilar. Shu boisdan, eng avvalo, bular bilan yollangan mehnatkashlar o‘rtasidagi ziddiyat mavjud bo‘lsa, mulk-dor bilan davlat, mulkdor bilan raqobatchilar o'rtasidagi ziddiyatlar ham shu ziddiyatlar olamida ma‘lum o‘ringa egadir. Ma’lumki, bozor subyektlari hisoblanadigan kichik va o‘rta biznes korxonalari faoliyati davrida turli xil holatlami; ya’ni o‘sish davri, turg‘unlik davri va pasayish davrini o'z boshidan kechiradi. Xuddi shu davrlarda firma rahbariyatining asosiy vazifasi korxona bozorda o‘z ulushini saqlab qolishi va kengaytirishi uchun yangi yechim va qarorlar qabul qilishdan iborat. Quyida tavsiya etilayotgan situativ o‘yinlar boMg'usi menejerlarga: • korxona krizis holatini tahlil qilishni; • antikrizis tadbirlar tizimini shakllantirish va samaradorligini baholashni; • korxonaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashni; • kompaniya korporativ strategiyasining mazmunini o‘rganishni; • mavjud bo'lgan strategiyani baholashni; • o‘sish strategiyasini ishlab chiqishni va boshqa ko‘p narsalami o‘rganishga yordam beradi.
|
| |