|
Kompaniya missiyasini belgilovchi omillarni tushuntiring?
|
bet | 4/4 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 20,55 Kb. | | #264797 |
Bog'liq 1-mavzu S bKompaniya missiyasini belgilovchi omillarni tushuntiring?
Bozor imkoniyatlari ya‟ni, korxonaga aniq mos keladigan imkoniyatlar – bu korxonaning qulay raqobatbardoshlik potensialiga va resurslariga ega bo„lishidir. Imkoniyatlar va xavf-xatar nafaqat korxona vaziyatini belgilaydi, balki harakat yo„nalishini ham ko„rsatadi. Strategiya korxonaga mos bo„lishi uchun7 : 1) Korxona vaziyatiga mos keladigan bozor imkoniyatlaridan foydalanishga yo„naltirilgan bo„lishi lozim; 7 Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach, Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA. 479 p. 129 2) Tashqi xavfdan himoyani ta‟minlashi lozim. Shu sababli SWOT-tahlili yaratiladi. SWOT-tahlili yaratilgandan keyin quyidagi strategik savollarga javob beriladi. 1) Jozibador strategiyani yaratish uchun korxona qanaqa kuchli tomonlarga ega? 2) Korxonaning kuchsiz tomonlari bozor imkoniyatlaridan to„liq foydalanishga xalaqit beradimi? Strategiya korxonaning qanaqa zaif tomonlarini to„ldirishi kerak? 3) Korxona bozor imkoniyatlaridan to„liq foydalanishi uchun qanaqa resurslarga va malakaga ega bo„lishi lozim? Bozor imkoniyatlaridan qaysi biri «eng yaxshi» hisoblanadi? 4) Ishonchli himoyani yaratish uchun tashqi xavflardan qaysi biri rahbarlarni tashvishga soladi va qanaqa strategik harakatlar ketma-ketligini amalga oshirgan ma‟qul? Rahbariyat korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq tasavvur etmaguncha, korxona vaziyatiga aniq mos keladigan strategiyani yaratishga tayyor bo„lmaydi.
8. G. Mintsberg bo’yicha strategiyani belgilash.
G. Minsberg fikricha, strategiya o ‘z ichiga quyi-dagilarni jamlagan: • reja (plan); • usul yoki taktik yo‘l (play); • xulqiy model (pattern of behaviour); • boshqalarga nisbatan nuqtayi nazar (position in respect to others); • kelajak (perespective). Reja - bu oldindan rejalashtirilgan va boshlanishdan to oxirigacha nazorat qilinadigan harakat hisoblanib, rejani tuzuvchilar belgilangan vaqt ichida (masalan, 5 yilga) kompaniya faoliyatining yo‘nalishini aniqlovchi ichki hujjatlar ishlab chiqadilar. Reja turli grafiklar, masalan, yangi mahsulot ishlab chiqish rejasi, moliyalashtirish rejasi, mehnat resurslaridagi o'zgarish-lar va boshqalami o'z ichiga oladi. Usui yoki taktik yo‘l - bu qisqa muddatli strategiyani bildirib. juda ham cheklangan maqsadlari bilan xarakterlanadi. Strategiyaning bu turiga vaqqol misol qilib futbol o'yinidagi siyosatni olish mumkin. Agar raqib jamoa tarkibida juda kuchli o‘yinchi («А» o‘yinchi) bo‘lsa, u holda o‘yinda ishtirok etayotgan boshqa jamoa menejeri «А» o‘yinchiga qarshi o'ynash uchun ikkita o'yinchiga topshiradi. Lekin bu usul faqat o‘sha o‘yin uchun qo‘llanilishi mumkin, keying] o‘yinda esa butunlay boshqa o‘yin strategiyasi qoMlaniladi. Yana shuni aytish kerakki, xuddi o‘sha o‘yinda «А» o‘yinchi umuman qatnashmasa yoki uni almashtirishsa (jarohat olgani uchun), shu zahotiyoq o'yin strategiyasi boshqacha tus oladi. Juda ko‘p kompaniyalar o‘z raqiblarini noqulay ahvolga solib qo'yish maqsadida o‘z mahsulotlari bahosini tushirishliklari to‘g ‘risida e’lon qiladi-yu, lekin aslida bu harakat amalga oshirilmaydi. Yoki korxona rahbariyati ishchidan yana ham unumliroq foydalanish maqsadida uni ishdan bo‘shatish to*g*risida tahdid qilishi mumkin. Xulqiy model strategiyasi - bu xil strategiyaga misol qilib kichik firmalar xulqi, masalan, chiqindilami to‘plash bilan shug‘ullanadigan fmna xulqini olishimiz mumkin. Ular o‘zlari uchun qiyin reja qo‘ymaydilar, ya’ni qancha mumkin bo‘lsa, shuncha metallom sotib oladilar. Agar ularga eski po‘lat armaturalar partiyasi taklif qilinsa, ular o'ylamasdan xarid qilishlari mumkin, lekin eski plastmassa jihozlarini sotib olishmaydi, chunki bu ulaming biznesdagi xulqi tashqarisida boiar edi. Boshqalarga nisbatan nuqtayi nazar (позиция) - yoki pozitsion strategiyaning mazmuni korxonaning raqobatchilariga nisbatan o‘z holati yoki bozordagi ulushini saqlab qolishdan iboratdir. Xuddi shunday holat, masalan, sportda ham ro‘y berishi mumkin. Ringning yangi qirolining birdan-bir maqsadi o‘zining egallagan shohsupasi (tituli-unvoni)ni mumkin qadar uzoqroq, balkim, butunlay saqlab qolishdan iborat. Shu boisdan uning hamma harakati bo‘lg‘usi raqiblami o‘rganish va o‘z formasini muntazam saqlab turishdan iboratdir. K elajak strategiyasi - tashkilot a'zolari madaniyatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan kurs hisoblanib, u korxona ishchilariga bir qancha talablami, masalan, malakali harakat qilish, bir-biriga yordam berish va qo‘llab-quvvatlashlarni bajarishni shart qilib qo'yadi.
|
| |