50
Ko’ngillilik
asosida
berilgan
ishlarni
bajaruvchi
insonlar
–
kraudsorserlardir
;
Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog’ida bulutli texnologiyalar
yordamida amalga oshiriladi;
Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman xududlaridagi
insonlardan iborat
bo’ladi;
Kraudsorserlrning ishlari natijasi iqtidodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan
bog’liq innovatsion g’oyaning amalga oshirilishi (
yechim, loyiha, mahsulot,
mablag’ yoki hizmat
) bo’lishi lozim;
O’zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi
tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog’liq
ravishda tijorat yoki
notijorat ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin.
Masalan, mahsulot yoki hizmatning sifatini oshirishga yo’naltirilgan
innovatsion g’oyalarni qidirishga bag’ishlangan amalni innovatsiyalar
kraudsorsingi texnologiyasi deyish mumkin. Shu o’rinda aytish kerakki,
kraudfunding (
crowdfunding
) moliyaviy kraudsorsing texnologiyasi bo’lib,
uning
yordamida turli xildagi innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy
mablag’lar yig’ilishi mumkin. Bu holda kraudfundingning oxirgi mahsuloti bo’lib,
loyihani moliyalashtirish uchun yig’ilgan mablag’lar tushuniladi. Masalan, 2009
yilda
Vikipediya
o’z rivojlanishi uchun moliyaviy yordamga muhtoj bo’lganida,
on-layn entsiklopediyalarining foydalanuvchilari uning uchun atigi 8 haftada 5,5
million evro yig’ib berdilar. AQSH dagi
Kickstarter
yirik venchur fondi esa 2014
yilning mart oyida turli xil loyihalar uchun bir milliard dollar hajmidagi mablag’
yig’a oldi. Rossiyadagi eng yirik kraudfunding kompaniyasi
Planeta.ru
esa halq
tomonidan turli xildagi loyihalarni moliyalashtirishga 566
million rubldan ortiq
mablag’ yig’ishga erishdi va natijada 2466 ta loyihani muvaffaqiyatli ravishda
amalga oshirdi. Biz ham huddi shunday loyihalarning amalga oshirilish
mexanizmini o’rganib
chiqqan holda, respublikamizda ham shunday katta
loyihalarni amalga oshirishimiz kerak.