• 2005-2010 yillar : Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi. 2010-2015 yillar
  • 2015-2020 yillar
  • 4.0-Industriya
  • Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    1.5. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari 
    Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan 
    boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd 
    qilishimiz mumkin: 
    1990-2005 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr 
    to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi 
    elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga 
    kelishi va elektron tijorat. 
    2005-2010 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron 
    hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
    2010-2015 yillar
    : Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn 
    imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-
    sekinlik bilan kirib kela boshladi.
    2015-2020 yillar
    : Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib 
    kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi 
    elektron biznes modellarining paydo bo’lishi. 
    2020-2030 yillar
    : Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga 
    oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib
    ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish. 
    4.0-Industriya
    biznesning 
    va 
    mamlakatning 
    global 
    miqyosdagi 
    raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli 
    texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga 
    oshirishdir. Demak, 
    4.0-Industriya
    o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va 
    boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi 
    zanjirlararo (
    insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo

    raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. 
    Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
    sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning 
    global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada 


    52 
    oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy 
    mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq 
    qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi: 

    Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi 
    normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi; 

    Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, 
    tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy 
    ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; 

    Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini 
    ta’minlaydi; 

    Mamlakatdagi 
    turli-tuman 
    kompaniyalarning, 
    firmalarning, 
    davlat 
    korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi; 

    Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil 
    bo’lishiga olib keladi va boshqalar. 
    Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini 
    amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak: 

    O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; 

    Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini 
    yaratish; 

    Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat 
    tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga 
    oshirish; 

    Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini 
    oshirish. 
    Yuqoridagilardan 
    kelib 
    chiqqan 
    holda, 
    mamlakatimiz 
    raqamli 
    iqtisodiyotnning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni misol qilib ko’rsatishimiz 
    mumkin: 
    o
    Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo’lishi; 
    o
    Turli tashkilot va korxonalarning tabiatini o’zgartirishga erishish va 
    shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish; 


    53 
    o
    Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida hizmat qiladigan raqamli 
    platformalar yaratish; 
    o
    Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda 
    o’zgartirish; 
    o
    Iste’molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga 
    moslashtirish; 
    o
    Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining 
    paydo bo’lishi; 
    o
    Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi
    o
    Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta’siri ositida 
    an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi. 
    Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning 
    soni to’rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat 
    sonidan ham ko’payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning 
    tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning 
    internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi 
    jamoalar ishtirokchilariga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish