97
ma’lumotlar almashinish uchun ishlatilganida uning konfidentsialligi ushbu to’lov
tizimi konfidentsialligi darajasiga qaytadi. Demak, agarda siz to’liq anonimlilikni
ta’minlamoqchi bo’lsangiz,
Monero
dan chiqmaganingiz ma’qul. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlardan tushunish mumkinki, qandaydir diler noqonuniy
topilgan pullarni biror bir kriptovalyuta tizimiga joylashtirishdan avval yaxshilab
o’ylab olishi lozim. Pullarni kriptovalyuta tizimiga joylashtirgandan so’ng, u
bemalol uhlay olmaydi, chunki agar u tizimdan ozgina mablag’ni ham bankka
chiqarsa, o’sha zahoti yer sharining qandaydir qismida joylashgan serverda buning
izi qoladi uning siri oshkor bo’lib qolish ehtimoli ancha ortadi.
Mashstablashuvchanlik tizimning o’lchamlar o’zgarishiga moslashuvchanlik
qobiliyatidir. Masalan, tizim katta talab bo’lgan hollarda o’z funktsiyalarini va ish
qobiliyatini ushbu sharoitlarga moslashtira olishi kerak. Ba’zi bir blokcheynlar
uchun konkret masalalarni hal qilish uchun kerakli bo’lgan texnik, iqtisodiy va
energetik resurslarning eksponentsiyal ko’payishi muammo bo’lib qoladi. Masalan,